2.6.2. T o‘sh suyagi
(9-rasm)
To‘sh suyagi -
sternum
uch qismdan:
sopi-manubrium sterni,
tanasi -
corpus sterni,
xanjar-
simon o‘simtasi -
processus xiphoideus
dan iborat bo‘ladi. To‘sh suyagi sopining yuqori qismida
bo‘yinturuq o‘ymasi -
incisura jugularis,
yon tomonida esa o‘mrov suyagi bilan birikadigan o‘yma -
www.ziyouz.com kutubxonasi
10-rasm. Qovurg‘a.
1 - facies articularis capitis costae; 2 - cris-
tae capitis costae; 3 - caput costae; 4 - collum
costae; 5 - tuberculum costae; 6 - angulus
costae; 7 — sulcus costae; 8 — facies articularis
tuberculi costae.
in c isu ra clavicularis joylashadi. T o‘sh suyagining
sopi va tanasi orasida burchak - angulus sterni va yon
taraflarida chin qovurg‘alar birikadigan o‘ymalar - in
cisura costalis bo‘ladi.
T o‘sh suyagining xanjarsimon o ‘simtasi ikkiga
ajralgan holda yakunlanishi mumkin. Uning ichida qon
tomirlariga boy bo‘lgan g‘ovakli modda yaxshi taraqqiy
etgan bo‘ladi. Shu sababdan to‘sh suyagining ichidan qon
quyishda foydalaniladi. To‘sh suyagining ichida suyak
iligi yaxshi taraqqiy etganligi uchun uni boshqa odamga
o‘tkazish mumkin.
2.7. QO‘L SUYAKLARI
Q o‘lga tegishli suyaklar ikki guruhni tashkil etadi: 1) yelka kamari suyaklari 2) erkin holda
joylashgan qo‘l suyaklari (yelka, bilak va qo‘l panja suyaklari).
Y elka k a m a ri su y a k la ri
2.7.1. O ‘m ro v suyagi
(11-rasm)
0 ‘mrov suyagi tana skeletini, q o i bilan birlashtiradi va yelka bo‘g‘imining tanadan uzoqroq
turishini ta’minlaydi. Shu sababdan o‘mrov suyagi jarohatlansa, qo‘l tanaga yaqinlashadi.
0 ‘mrov suyagining o‘rta qismi biriktiruvchi to‘qima holatida suyaklanadi (birlamchi suyaklar),
uning uchlari esa tog6ay to‘qima holatidan so‘ng suyaklanadi. Suyaklanish nuqtasi bitta bo‘lib, to‘sh
suyagiga yaqin uchidan boshlanadi (monoepifezar
suyak). 0 ‘mrov suyagining suyaklanish jarayoni
perixondral va endoxondral holatlarda rivojlanadi.
Unda suyaklanish nuqtasi embrion taraqqiyotining
6-haftasida hosil boiadi. Lekin bu suyakning to‘sh
suyagiga birikadigan uchida suyaklanish nuqtasi
16-18 yoshlarda paydo bo‘lib, to‘liq suyaklanib ketish
20-25 yoshlarda yakunlanadi.
0 ‘mrov suyagining ikki uchi: to ‘sh suyagiga
birikuvchi - extremitas sternalis, kurak suyagining
akrom ion o‘simtasiga birikuvchi - extrem itas ac-
romialis va ular orasida joylashgan tanasi - corpus
daviculae bo‘ladi. Akromial uchida - facies articularis
acrom ialis va to‘sh suyagiga birikish sohasida bo‘-
g ‘im yuzasi - facies articularis sternalis bo‘ladi.
0 ‘mrov suyagining to‘sh suyagiga birikadigan uchi old tarafga yoysimon bo‘rtib turadi va, aksincha,
lateral uchi botiq bo‘ladi. 0 ‘mrov suyagi ostki yuzasining akromial uchida bo‘rtiq - tuberositas
conoideum bo‘ladi.
Il-rasm . O ‘mrov suyagi.
1 - facies articularis acromialis; 2 - linia
trapesoidea; 3 - corpus claviculae; 4 - facies
articularis extremitas sternalis; 5 - extremitas
acromialis; 6 - tuberculum conoideum; 7 - im-
pressio lig. costoclavicularis; 8 - extremitas
sternalis.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |