N. X. Shomirzayev tibbiyot fanlari doktori, professor



Download 15,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/306
Sana16.01.2022
Hajmi15,63 Mb.
#373889
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   306
Bog'liq
Odam anatomiyas,F.Bahodirov

canalis  sacralis
 
bo‘shlig‘i  bo‘lib,  pastki  uchidagi  kanaldan 
chiqish teshigiga 
-  hiatus sacralis 
deyiladi.
8-rasm. Dumg‘aza suyagi.
1 ,4 - processus articularis superior; 2 -  foramena sacralia 
dorsalia; 3 -  canalis sacralis; 5 -  tuberositas sacralis; 6 -  crista 
sacralis  intermedia;  7 -  crista sacralis  mediana;  8  -   facies 
auricularis;  9 -  crista sacralis  lateralis;  10 -  cornu sacrale; 
11 -  hiatus sacralis.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2.5.7. D um   u m u rtq a la ri
Dum umurtqalari -  vertebrae  coccygeae  3  tadan  6  tagacha bo‘lib,  katta yoshdagi  odamlarda 
o ‘zaro qo‘shilib, dum suyagi -  os cocsygis ni hosil qiladi. Birinchi dum umurtqasi sohasida ko‘ndalang 
o ‘simtalar -  processus  transversi  saqlanib  qoladi.  Shu  sohada yuqori  bo‘g ‘im  o ‘simtasi  bo‘lib, 
co rn u a coccyges deyiladi.  Qolgan sohalarda ko‘ndalang va bo‘g‘im o‘simtalari uchramaydi.
U m urtqa po g ‘onasi  sohasida  egriliklar mavjud.  K o‘krak va  dum g‘aza  umurtqalari  soha- 
sidagi egriliklar orqa tarafga qaragan bo* lib, kifoz -  kyphosis deb ataladi. Bo‘yin va bel sohalari- 
dagi egriliklar old tarafga yo‘nalib, lordoz -  lordosis deb ataladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bu 
egriliklar bo'lmaydi va umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘zaro qo‘shilib turadi.
Bola boshini tik ushlay boshlagan davridan bo‘yin lardozi, tik turib va yura boshlagan davridan 
bel lardozi hosil bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasidagi egriliklar yurish, sakrash jarayonidagi yengil harakatlami ta’minlaydi.
B a’zi paytlarda yon tarafga ham egriliklar hosil bo‘lishi mumkin va bunday holatga skalioz -  
skoliosis deb ataladi. Bu holat uzoq muddat o‘tirib qolish, bolalaming bir tomonga qiyshayib yozishi 
yoki biror ishni bajarishi natijasida paydo bo'lishi mumkin (bunga maktab yoshidagilaming skaliozi 
deb ataladi). Ko‘pincha skalioz holati o‘ng tarafga, ba’zan chap tarafga yo‘nalgan bo‘ladi.
Keksalarda lordoz va kifoz holatlari yo‘qoladi, chunki bu davrda umurtqalar tanasi orasidagi 
elastik  halqalar  yupqalashib,  umurtqa  pog‘onasi  qisqaradi  hamda  oldinga  bukiladi  va  ko4krak 
sohasida orqa tarafga yo‘nalgan bukilma (keksalardagi bukrilik holati) hosil bo‘ladi.
2.6.  KO‘KRAK  QAFASI
Ko‘krak qafasi -  compages thoracis ko‘krak umurtqalaridan, qovurg‘alardan, to‘sh suyagidan 
ulardagi bo‘g ‘imlar, boylamlar va mushaklardan hosil bo‘ladi.
K o‘krak  qafasining  ustki  sohasidagi  teshik  a p e rtu ra   thoracis  superior,  ostki  sohasidagi 
teshik  a p e r tu r a   th o ra c is  in fe rio r  deb  ataladi.  Ostki  teshik  sohasidagi  qovurg‘alardan  ho­
sil  b o ‘lgan  ravoq  arcus  costalis  deb  ataladi  va  ostki  teshik  sohasida  ko‘krak-qorin  to‘sig‘i  -  
d iafrag m a joylashadi.  Ostki  teshikning  oldingi  sohasida,  to‘sh  suyagi  ostida  burchakli  o ‘yma 
bo‘lib,  angulus  infrasternalis  deb  ataladi.  Ko‘krak umurtqalari  ichki yuza tarafga egilgan bo‘lib, 
uning ichki  chetida, qovurg‘alarga o‘tish sohasida,  o‘pkalaming orqa yuzasi kirib turadigan egat -  
sulci pulm analis bo‘ladi. Qovurg‘alar orasidagi bo‘shliqlar spatia intercostalia deb ataladi. Ko‘krak 
qafasining kengligi oldingi-orqa ko‘rsatkichlardan katta bo‘ladi. Uning ichida ichki a’zolar (yurak, 
o‘pka, qizilo‘ngach va h.k.) joylashadi va uning shakli shu a’zolar tuzilishiga ta’sir qiladi. Ko‘krak 
qafasi mushaklari va o‘pkasi yaxshi taraqqiy etgan odamlaming ko‘krak qafasi kesilgan konus shaklida 
bo‘lib, bu holda ostki teshik sohasi va angulus infrasternalis kattaroq, ko‘krak qafasi kengroq bo‘ladi. 
Bunday ko‘krak qafasi o‘pkani havoga to‘lgan holatini eslatganligi uchun inspiratorli ko‘krak qafasi 
deb ataladi. Aksincha ko‘krak qafasi mushaklari va o‘pka zaifroq taraqqiy etgan bo‘lsa, ko‘krak qafasi 
tor va uzun bo‘lib, oldingi orqa ko‘rsatkichlari kichikroq bo‘ladi. Bunday ko‘krak qafasi o‘pkadan 
nafas chiqargan holatni eslatib, eksperator holatdagi yoki yassi ko‘krak qafasi deyiladi.
K o‘krak  qafasining  uchinchi  turi  silindrsimon  deb  atalib,  awalgi  ikki  ko‘krak  qafaslarining 
oraliq shakliga ega bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 15,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish