Chuqur Kuyish (3-daraja)
Teri qattiq shikastlanib, kuyib qorayib ketgan go‘shtning chiqib
qolishi yoki kimyoviy moddalar tanaga tegib bir necha soat mobaynida
ham paydo bo’lmaydigan kuyishlar, yoki tananing ko’p qismining kuyishi
chuqur kuyishga kiradi. Jarohatlangan odamni tez tibbiy hizmat markazi-
ga olib boring. Kuygan joyini toza latta yoki sochiq bilan yopib turing.
Agar tibbiy yordam olishning iloji bo‘lmasa, kuygan joyni yuqorida aytil-
gandek davolang.
Agar
vazeliningiz
bo‘lmasa, kuygan joyni ochiq qoldiring. Uni faqat
chit yoki choyshab bilan chang va pashshalardan saqlash uchun ustini
berkitib qo‘ying. Lattani juda toza saqlang va kuygan joydan chiqayotgan
qon yoki suyuqlikdan kir bo‘lib qolganida har safar uni almashtirib turing.
Penitsillin bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |