– o‘qitish jarayonida egallash lozim bo‘lgan
bilim, ko‘nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri. Ta’lim sifatini nazorat qilish
– o‘qitish mazmuni va natijalarining
davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish. Tafakkur
- inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o‘rab
olgan dunyodagi o‘zaro bog‘langan narsa va hodisalarning bilish
jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal
qilish, ma’lum bo‘lmagan voqea-hodisalarni qidirish, kelajakni ko‘ra
olish. Tafakkur tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo‘ladi.