Loyihalash metodi –
o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzu, muammo,
masalani aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan
ishlarni rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadni va uni bajarish qanday
natijaga olib kelishini loyihada aks ettirish hamda uni amalga oshirishni
o‘rgatadigan metod.
Mavzuni o‘rganishdan qo‘yilgan maqsad
– mavzuni o‘rganish
tufayli erishiladigan natijani oldindan fikran belgilash.
Malaka
- shaxsning o‘zi egallagan bilimlari asosida ma’lum bir
faoliyatni yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, samarali bajarish
qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |