144
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda maqollar
Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan faqat
chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlarini,
dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z ustida tinmay
ishlashni talab qiladi. Jumladan, iqtisodiy fanlardan dars berishda xalq
pedagogikasi yutuqlaridan keng ravishda foydalanishni bilish ham
muhim ahamiyatga ega.
Xalq pedagogikasi asrlar davomida shakllangan, rivojlangan bo‘lib,
xalq tomonidan yaratilgan hayotiy an’analar, udumlar, marosimlar,
bayramlar va boshqalarda o‘z aksini topgan, tarbiyaning eng dolzarb
masalalarini hal qilishga qaratilgan umumbashariy, umuminsoniy g‘oya
va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Iqtisodiy qarashlar ma’lum bir davrda xalqning an’analari, udumlari
yaratilgan tajribalar orqali kishilarga ta’sir etgan bo‘lsa, diniy
qarashlarning shakllanishi tufayli ular diniy nuqtai nazardan axloqiy
normalar, qonun-qoidalarda mujassamlashgan va kelgusi avlodga
yetkazilgan.
Xalqning ta’lim-tarbiya borasidagi tajribalari, qarashlarini o‘zida
mujassamlashtirgan, etnopedagogikada alohida o‘rganiladigan, durdona
fikrlar bu maqollardir. Xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur ma’noli
gaplar – maqollardir. G.Fuller fikricha “ Maqollar katta ma’noni uch-
to‘rt so‘z bilan ifodalanadigan shaklidir”.
Maqollar odamlarnining hayoti va turmushi jarayonida to‘plagan
tajribalari, dunyoqarashi, o‘zi yashab turgan ijtimoiy hayotga
munosabati, hayotning ibratli saboqlari, shaxsning ruhiy holati, umid va
orzularini ifodalaydi. U xalqning kuzatuvi va xulosasi tufayli yuzaga
keladi. Shuning uchun ham yoshlar tarbiyasiga, ayniqsa ularning axloq
va odobiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qodir. Qadimdan maqollar
tarbiyalovchi rol o‘ynagan. Bir tomondan pedagogik g‘oya, ikkinchi
tomondan tarbiyaviy ta’sir, ta’lim berish funksiyasini bajargan. Shu
tufayli ta’lim-tarbiyada samarali metod sifatida ularni keng qo‘llash
ijobiy natija beradi.
Maqollar bu o‘tmish emas, balki xalqning doimiy yangraydigan
jo‘shqin ovozi. U bugunnigina emas erta uchun ham ahamiyatini
yo‘qotmaydi. Maqollarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u
tinglovchiga o‘git-nasihat yo‘sinida badiiy o‘xshatishlar orqali aytiladi.
Yoki keng ma’noli fikrni osongina tushunishga yordam beradi.
145
Barcha xalqlarda mehnatga yo‘llash, halollik pedagogikaning bosh
vazifasi. Ular maqollarda ham o‘z ifodasini topadi. Tarixiy va pedagogik
tajriba shuni ko‘rsatadiki, mehnat shaxsni axloqiy, aqliy, jismoniy kamol
topishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Dangasalik xalqlar tomonidan hayot
kechirishga yot bo‘lgan xislat sifatida doimo qoralangan. Mehnat orqali
tarbiyalash insonning ulug‘vor, mehnatsevar, izchil va mas’uliyatli
bo‘lishiga olib keladi
Xalq mehnatni jamiyat taraqqiyotidagi rolini hisobga olibgina
qolmay, mehnatni uning natijasini qadrlashga o‘rgatgan. Barcha
xalqlarda mehnat, halollik ulug‘langan. Ularni iqtisodiy pedagogikada,
iqtisodiyotni o‘rganishda muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin.
Shu bilan birga shunday maqollar borki, ular iqtisodiyotdagi
murakkab kategoriyalarni osonlik bilan tushunishga yordam beradi.
Masalan, iqtisodiyotda marjinal (me’yoriy) naflilikning pasayib borishi
mavjud, Ne’matning navbatdagi birligini xarid qilib, tasarrufidagi
tovarlarni ko‘paytiradigan xaridor uchun ular qadrining pasayishi bilan
bog‘liq. Kundalik hayotda ham qadr-qimmat tushunchasi, odatda
cheklangan kamyob ne’matlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ehtiyojlar
to‘yingan sari nafliligi kamayib boradi. Ular nisbatan murakkab
tushunchalar bo‘lib ularni o‘rganishda naflilik nazariyasi mohiyatini
ifodalovchi
Do'stlaringiz bilan baham: