Axborotlarni yig‘ishga mo‘ljallangan metodlarga jadval
tuzish
va ulardan foydalanish ham kiradi (alohida metod sifatida to‘xtalib
o‘tdik). Bu metod ayniqsa iqtisodiy fanlardan statistika, buxgalteriya
hisobi, tahlil kabi fanlarda keng qo‘llaniladi. Jadval tuzish, qo‘yilgan
maqsadga ko‘ra uning ega, kesimini aniqlash qoidalari statistika fanida
o‘rganiladi. Biz esa ulardan fanni o‘quvchi-talabalar ongiga yetkazish
metodi, fanni o‘rganishda qanday tarzda qo‘llashga ahamiyat berishimiz
darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |