Modellashtirilgаn аmаliy o‘yin metodining muhim tomonlari
Bu jihatdan ham modellashtiruvchi o‘yin metodi katta ahamiyatga
ega. O‘yinlarning afzalligi shundan iboratki, o‘yin ishtirokchilari o‘ziga
u yoki bu rolni olib, harchand qiziqishlari bir-birinikiga mos tushmasada
o‘zaro muloqotga kirishadilar, natijada ziddiyatli vaziyat yaratilib,
ehtirosli holat yuzaga keladi va bu o‘yinga qiziqish uyg‘otadi. O‘yin
ishtirokchilari beixtiyor ravishda o‘yin davomida o‘z xislatlarini
namoyon qiladilar. Bunda ular olgan bilim, kasbiy o‘quv
malakalarinigina emas, balki umumiy iqtidorini, o‘z tabiatidagi mavjud
jur’at, tezkorlik, kirishimlilik, tashabbuskorlik, faollik kabi xislatlar bor
yoki yo‘qligini ham namoyish etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |