3.2. Dizel yonilg‘ilarining ekspluatatsion sifatini
bildiruvchi fizik-kimyoviy xossalari
Dizel yonilg‘isining asosiy fizik-kimyoviy xossalariga
zichlik, bug‘lanuvchanlik, qovushqoqlik xossalari kiradi. Dizel
yonilg‘isining
zichligi
20°C da
0,780–0,860 g/sm
3
bo‘lib,
haroratning o‘zgarishiga bog‘liq o‘zgaradi. Dizel yonilg‘isining
zichligi purkalish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Yonilg‘isining
zichligi qancha katta bo‘lsa, uning sirt tarangligi shuncha katta
bo‘ladi. Bunday yonilg‘ining havo oqimi ta’sirida parchalanishi
(tomchilar katta bo‘ladi) va bug‘lanishi yomon bo‘ladi. Natijada
kerakli tarkibdagi yonuvchi aralashma olib bo‘lmaydi va yonilg‘i
to‘liq yonmasligiga olib keladi. Zichlik areometr asbobida
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |