Laboratoriya ishlari quyidagicha bajariladi:
Benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlarni borligini
aniqlash uchun probirkaga 30–40 mm balandlikda benzin quyilib,
shuncha miqdorda kaliy permanganat (margansovka) suvli eritma-
sidan qo‘shiladi va 10–15 sekund davomida yaxshilab aralash-
tiriladi.
Tindirilgandan so‘ng probirka ostki suvli qismida och malina
rang hosil qilsa, to‘yinmagan uglevodorodlar yo‘qligi, to‘q sariq
rang hosil bo‘lsa, to‘yinmagan uglevodorodlar borligini ko‘rsatadi
va ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |