Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

Pulning paydo bo`lish sabablari. 
 
Tarixiy  kategoriya  sifatida  pulning  paydo  bo`lishi  va  rivojlanish 
jarayonining  boshlanishi  miloddan  avvalgi  7-8  ming  yillarga  to`g’ri 


21 
 
keladi. Keyinchalik, pulning tabiati ularning bajarish funktsiyalarining 
shakli, turlari va usullarida o`zgargan. 
Ma`lumki,  pul  tovar  ishlab  chiqarish  va  ayirboshlashning 
uzoq  vaqt  rivojlanishi  natijasida  vujudga  keldi

Pul  paydo 
bo`lishining ob’ektiv zaruriyati tovar ayirboshlash ehtiyojlari bilan 
vujudga  kelgan  hamda    ishlab  chiqarish  kuchlari  va  ishlab 
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq bo`lgan. Pul 
paydo  bo`lishi  mehnat  taqsimoti  bilan  bog’liq.    Birinchi  yirik 
mehnat  taqsimoti,  ya`ni  chorvachilikdan  dehqonchilikni    ajralib 
chiqishi  va  shu  munosabat  bilan  tovar  xo`jaligining  rivojlanishi 
tufayli  mahsulot  qiymatining  ifodasi  bo`lmish  pulni  keltirib 
chiqardi. 
Ishlab 
chiqarishning 
rivojlanishi, 
tovar 
turlarining 
ko`payishi  almashuv  jarayonining  yanada  rivojlanishini  taqozo 
qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o`zaro  muloqotda bo`lib, 
tovarning egasi o`z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash 
jarayoni  biror  o`lchov  birligi  bo`lishini  taqozo  qilgan.  Tovar 
muomilasining 
ekvivalent 
rivojlanish 
jarayonida 
umumiy 
ekvivalent  shaklini  har  xil  tovarlar  o`ynagan.  Har  bir  jamoa  o`z 
tovarini  ekvivalent  sifatida  o`rtaga  qo`ygan.  Lekin  jamiyat 
taraqqiyoti    shu  tovarlar  ichidan  pulni  tovarlarning  tovari  deb 
e`tirof etgan. 
Pulning iste`mol qiymati shuki, u o`z funksiyasini   bajarib 
iqtisodiyot  mushkulini  oson  qiladi  (vositachi  sifatida).  Pulning 
qiymati    (qadr  qiymati)  deganda  pul  birligining  xarid  qilish 
qobiliyati,  ya`ni  unga  qancha  tovar  va  xizmatlar  xarid  etish 
mumkinligi tushuniladi. 
Pulni qiymati metal pulni  zabt etish yoki qog’oz pulni bosib 
chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, 
balki  pulni  muomilaga  kiritish  sarflaridir.  Pulni  qiymati  narxga 
bog’liq,  narxlar  ko`tarilib,  ketsa,  uni  qiymati  (qadri)  pasayadi  va 
aksincha. 
Umuman  pul  insoniyat  kashfiyotlari  ichida  eng  oddiy,  eng 
tushunarli    hamda    eng  murakkabi  bo`lib  hisoblanadi. 
Insoniyatning  butun  yutuqlari  ham,  fojialari  ham  pul  bilan 
bog’liqdir.  Inson  faoliyatini  eng  muhim  xarakatga  keltiruvchi 
kuchlardan biri pul bo`lib kelgan  va shunday bo`lib qoladi. 


22 
 
Taniqli 
davlat 
arboblaridan 
biri 
ta`kidlaganidek, 
«Davlatning    salohiyati  uning    harbiylari  yoki    zambaraklarining 
qudrati  bilan  emas,  balki  milliy  valyutaning  mustahkamligi  bilan 
belgilanadi. 
Bunga 
shuni 
qo`shimcha 
qilish 
mumkinki, 
korxonaning  mavqei  unda  necha  kishini  ishlashi,  ishlab 
chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy 
barqarorligi bilan belgilanadi». 
Yaxshi 
ishlayotgan 
pul 
tizimi 
jamiyatning 
barcha 
imkoniyatlaridan  to`liq  foydalanish  imkoniyatini  beradi,  aksincha 
yomon  ishlayotgan    pul  tizimi    pul    muomilasini  izdan  chiqarib 
ishlab  chiqarish  darajasidagi  keskin  pasayishlar,  iqtisoddagi 
bandlikka    va  bahoga,  pulni  sotib  olish  qobiliyatini  pasayishiga 
salbiy ta`sir ko`rsatadi. 
Tarixiy manbalarga ko`ra birinchi qog’oz pullar XII – asrda 
Xitoyda  chiqarilgan.  Shuning  bilan  birga  700  yillarda  kumush 
tangalar  chiqarilgunga  qadar  Buxoro    davlatida  qog’ozdan  pul 
sifatida foydalangan. Umuman tarixda birinchi tangalar VII – asrda 
kichik  Osiyodagi  Lidiya    mamlakatida  zabt  etilgan.  K.Marks, 
A.Smit  va  D.Rekrdolarning  tadqiqotlariga  tayangan  hoda  pulni 
vujudga  kelish  jaryonini  qiymatning  quyidagi  shakllari  bilan 
bog’laydi: 
1. Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli. 
Bu tovar ishlab chiqarishning dastlabki davriga to`g’ri kelib 
tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bunda mahsulot 
ayriboshlash  uchun  ishlab  chiqarilmagan,  lekin  uni  ortiqchasi 
tasodifiy  shaklda  ayirboshlangan.  Tasodifiy  ayirboshlash  mehnat 
mahsulotining  tovarga  aylanganligini  ifodalaydi.  Ayriboshlash 
natijasida  tovar  mahsuloti  o`ziga  teng  qiymatli  ekvivalent 
mahsulotga  ayriboshlanadi.  Ayriboshlash  jarayonida  iste`molni 
qondirish  birinchi  darajali  masala,  tovarlar  qiymatini  taqqoslash 
esa ikkinchi darajali  masala sifatida qaralgan. Masalan,  1  bolta = 
20 kg don. 
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish