Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   274
Bog'liq
Bul va banklar

21.4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki. 
ETTB  ning  asosiy  maqsadi-Evropa  mamlakatlaridagi  oldingi 
sobiq  sotsialistik  davlatlarning  iqtisodiyotini  ko`tarishga  va  xususiy 
tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirishga  qaratilgan.  ETTB  asosiy 
kreditlash ob`ektlari qilib xususiy firmalarni yoki davlat korxonalarini   
xususiylashtirish  va  qayta  shakllangan  kompaniyalar,  qo`shma 
korxonalarni olgan. 
CHet  el  banklari  bilan  boshlangan  dastlabki  hamkorlik  1991  yil 
ETTB xamda TIF Milliy bank o`rtasidagi shartnoma bilan izohlanadi. 
O`zbekistonda  xalqaro  moliya-kredit  muassasalari  ishtirokidagi 
xalqaro moliya institutlari kredit resurslari ulushi kattadir. O`zbekiston 
ETTB  a`zolari  orasida  2493  aktsiyaga  egalik  qilib  69-o`rinni 
egallaydi.  O`zbekistonda  ETTB  har  bir  sohani  moliyalashtirishda 
ishtirok  etmoqda.  ETTBning  bosh  maqsadi  Markaziy  va  SHarqiy 
Evropa,  Rossiya  va  Markaziy  Osiyo  mamlakatlariga  rejali 
iqtisodiyotdan  –  bozor  iqtisodiyotiga  o`tishda,  xususiy  tadbirkorlikni 
rivojlantirishda  yordam  berish,  iqtisodiyot  tarmoqlarida  iqtisodiy 
islohotlarni 
o`tkazishga 
ko`maklashish, 
monopoliya 
va 
markazlashuvga 
qarshi 
kurashishda, 
mamlakatlarning 
tezroq 
integratsiyalashuvida  ularga  moliyaviy  jihatdan  ko`maklashishdan 
iborat. 
Osiyo 
taraqqiyot 
banki 
(OTB) 
Birlashgan 
millatlar 
tashkiloti(BMT)ning  Osiyo  va  Tinch  Okeani  bo`yicha  iqtisodiy  va 
ijtimoiy komissiyasiga a`zo davlatlarning tashabbusi bilan 1966 yilda 
asos  solinib,  Osiyo  va  Tinch  Okeani  hududida  joylashgan 
davlatlarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishiga  ko`maklashishni 
nazarda  tutadi.  1966  yil  Manilada  o`tkazilgan  Osiyo  iqtisodiy 
hamkorligi  bo`yicha  Konferentsiyada,  Osiyo  taraqqiyot  bankiga  asos 
soluvchi Bitim qabul qilindi va u 1966 yil dekabr oyidan kuchga kirdi. 
Bank  OTBga  a`zo  mamlakatlarga  iqtisodiy  rivojlanish  bo`yicha 
investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  moliyaviy  va  texnik 
yordam ko`rsatadi. O`zbekiston 1995 yil 31 avgustda OTBning to`liq 
a`zosi  bo`ldi.  OTB  O`zbekiston  Respublikasida  o`z  faoliyatini 
ravnaqini quyidagi yo`nalishlarda ko`rmoqda: 
-  Iqtisodiy  islohotlarga,  shu  jumladan,  moliya  institutlarining 
institutsional o`zgarishlariga yordam ko`rsatish; 
- Sarmoyani iqtisodiyotga yo`naltirish; 
- Kambag’allikni kamaytirish va atrof muhitni qo`riqlash. 
Osiyo  taraqqiyot  banki  bilan  faol,  rejali  moliyaviy  va  texnik 


349 
 
jihatdan  hamkorlikni  tashkil  etish  hamda  OTB  liniyasi  bo`yicha 
moliyalashtirish  uchun  taklif  etilgan  investitsiya  loyihalarini  amalga 
oshirish maqsadida O`zR Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 16 yanvar 
27-f-sonli  farmoyishiga  asosan  OTB  bilan  hamkorlik  qiladigan 
muassasalararo 
komissiya 
tuzilgan. 
Mazkur 
farmoyishda 
belgilanganidek,  OTB  faoliyati  O`zbekistonda  asosan  qishloq 
xo`jaligi,  infratuzilmani  qayta  qurish  (temir  yo`llar,  avtomagistral), 
tog’-kon  sanoati,  gaz  quvurlarini  o`tkazish,  turizmni  rivojlantirish, 
sog’likni saqlash va ekologiya, iste`mol mollarini ishlab chiqarish va 
bank tizimini rivojlantirishga yo`naltirilgan. 
Hozirgi 
kunda 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotida, 
shuningdek, 
iqtisodiyotga  jalb  qilinayotgan  xorijiy  investitsiya  va  kreditlar  ichida 
Xalqaro tiklanish va Taraqqiyot banki (XTTB) alohida ahamiyat kasb 
etmoqda.  XTTB  1944  yilda  BMTning  konferentsiyasida  tashkil 
etilgan  va  1946  yil  iyundan  boshlab  faoliyat  yurita  boshlagan.  U 
Xalqaro  Rivojlanish  Assotsiatsiyasi  (XRA),  Xalqaro  Moliya 
Korporatsiyasi (XMK), Xalqaro Investitsiyalarni kafolatlash Agentligi 
kabilarni bilan hamkorlik qiladi. 
O`zbekiston  Jahon  banki  va  XRAga  1992  yil  sentyabrda  a`zo 
bo`lgan.  Jahon  banki  mamlakatimizda  hukumat  tomonidan  amalga 
oshirilayotgan  islohotlarni  hamda  boshqa  moliyaviy  va  texnik 
yordamlarni qo`llab-quvvatlaydi. 
Bugungi  kunda  mamlakatimizda  bank  tizimi  sohasidagi 
hamkorlik samarasi yanada oshib bormoqda. Mamlakatimiz hukumati 
va tijorat banklari dunyoning eng mashhur hamda moliyaviy jihatdan 
barqaror rivojlangan chet el banklari bilan hamkorlik o`rnatmoqdalar.  
Misol  uchun,  2003  yil  sentyabr  oyida  O`zbekiston  Islom 
Taraqqiyot  Banki  (IsTB)  ga  a`zo  bo`ldi.  Bugungi  kunda 
hukumatimizning  «Islom  taraqqiyot  banki  bilan  hamkorlikni 
rivojlantirishga  doir  chora-tadbirlar  to`g’risida»gi  qaroriga  muvofiq 
amaliy ishlar olib borilmoqda. 
IsTB  davlatlararo  kredit  tashkiloti  sifatida  tashkil  etilgan  bo`lib, 
unga musulmon davlatlari a`zo hisoblanadi. Ushbu bank fors ko`rfazi 
mamlakatlarining  neft  daromadlari  hisobiga  tashkil  etilgan  ilk 
moliyaviy  institutdir.  1973  yil  dekabrda  musulmon  davlatlari  Moliya 
vazirlari Konferentsiyasida IsTB bo`yicha kelishuv imzolandi va 1975 
yil  oktabrda  bank  o`z  faoliyatini  boshladi.  Bankning  asosiy  maqsadi 
qilib a`zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat 
qilish belgilandi. 


350 
 
Xulosa  qilib  aytganda,  keyingi  yillarda  mamlakatimizning  eng 
yirik  va  rivojlangan  banklari  chet  el  banklari  va    boshqa  xalqaro 
moliya-kredit  tashkilotlari  kredit  yo`nalishlari  orqali  loyihalarni 
moliyalashtirishda  jonbozlik  ko`rsatmoqdalar  jumladan,  xalqaro 
moliyaviy  institutlar  mablag’lari  hisobiga  kichik  va  xususiy 
tadbirkorlik  investitsiya  loyihalari,  shuningdek,  kichik  va  xususiy 
tadbirkorlik  sub`ektlariga  xizmat  ko`rsatuvchi  infratuzilmalarni 
zamonaviylashtirish  va  tashkil  etish  loyihalarini  moliyalashtirish 
orqali  mamlakatda haqiqiy  mulkdorlar sinfini shakllantirishga, kichik 
va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarni yanada rivojlanishini ta`minlashga 
erishilmoqda  va  natijada  milliy  iqtisodiyot  rivojlanishi  tezlashishiga 
ma`lum ma`noda erishish imkoniyati yaratilmoqda. 
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish