Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


- rasm.Mintaqaviy rivojlanish  banki



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
 
21.8- rasm.Mintaqaviy rivojlanish  banki
1
 
 
Bozor  iqtisodiyoti    sharoitida  iqtisodiyotini  rivojlantirishda 
mintaqaviy  rivojlanish  tashkilotlari  ham  muhim  rol  o`ynaydi. 
Mintaqaviy  rivojlanish  banklari  o`z  mintaqalariga  boshqa  xalqaro 
tashkilotlarga  nisbatan  imtiyozli  kreditlar  ajratish  orqali  uni 
rivojlantirishni  nazarda  tutadi.  Bunday  rivojlanish  tashkilotlariga 
Evropa  tiklani  va  taraqqiyot  banki,  Osiyo  taraqqiyot  banki, 
Amerikaaro  taraqqiyot  banki,  Afrika  taraqqiyot  banki,  Islom 
taraqqiyot banklarini kiritishimiz mumkin. 
Evropa  tiklanish  va  taraqkiyot  banki  ETTB  —  1991  yilda 
tashkil  topgan  va  unga  56  ta  mamlakat  a`zo.  ETTB  Markaziy  va 
SHarkiy  Evropa  mamlakatlariga  bozor  iktisodiyotiga  o`tish  bo`yicha 
isloxotlarni o`tkazishda ko`maklashish maqsadida tuzilgan. 
 
ETTBning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat: 
-
 
infratuzilmani rivojlantirish; 
 -turli 
xususiy 
va 
xususiylashtirilgan 
korxonalarning 
loyihalarini moliyalashtirish va kreditlash. Bunda resurslarning 60% i 
xususiy sektorga, 40% i davlat sektoriga mo`ljallangan; 
 - xususiy kapital qo`yilmalarga kafolatlar berish; 
                                                           
1
 Муаллиф томонидан мустақил ишлаб чиқилган 
 


344 
 
-
 
iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilishini  qayta  qurish  yuzasidan 
tavsiyalar ishlab chiqish; 
-
 
aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish. 
Bank  uchun  xususiy  sektor  rivojlanishi,  xususiylashtirish 
jarayoni,  to`g’ridan-to`g’ri  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish,  moliya 
muassasalari  hamda  sanoat  sektorini  tashkil  etish  va  mustahkamlash, 
kichik  biznesni  rivojlanishini  qo`llab-quvvatlashga  qaratilgan  ustuvor 
loyiha 
va 
dasturlar 
bo`lib 
hisoblanadi. 
Bank 
xususiy 
va 
xususiylashtirilgan  korxonalar  taklifi  homiylar  salohiyati  yuqori 
bo`lishi va biznes reja- larining ishonchli bo`lishini talab qiladi. 
Boshka  rivojlanish  banklaridan  farqli  ravishda  ETTB  siyosiy 
tuzilmalarni kreditlashda ishtirok etmaydi va xususiy sektorni qo`llab-
quvvatlash va loyihaviy moliyalashga ixtisoslashgan.
 
Bank  takdim  etadigan  kreditining  eng  kam  mikdori  5  mln. 
evroni  tashkil  etadi.  Foiz  stavkalari  asosiy  bozor  stavkasi  (odatda, 
LIBOR)  va  marjadan  tashkil  topadi.  Kreditlar  bo`yicha  foiz  suzib 
yuruvchi  (svop  operatsiyalarini  qo`llagan  xolda)  yoki  kat`iy 
stavkalarda  belgilanadi.  Marja  miqdori  kredit  shartlaridan  kelib 
chikadi.
 
ETTB  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  loyihalar  soni  200-2013 
yillarda  265  tadan  302  tagacha  ortgan.  2013  yilda  ETTB  tomonidan 
amalga  oshirilgan  loyihalarning  umumiy  qiymati  12,9  mlrd.evroni 
tashkil etgan.
 
2013  yilda  ETTB  tomonidan  ajratilgan  mablaglarning  38%  i 
moliya  sektoriga,  27%  i  korporativ  sektorga,  17%  i  infratuzilma 
soxdsiga va 18% i energetika sohasiga yo`naltirilgan.
 
Osiyo  taraqqiyot  banki  (OTB)  —  1966  yilda  tashkil  topgan  va 
unga  57  tamamlakat  (41  ta  hududiy  va  16  ta  hududdan  tashqari 
mamlakatlar) a`zo. OTB ga a`zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani 
bo`yicha  iqtisodiy  va  ijtimoiy  masalalar  bo`iicha  komissiyasidagi 
barcha  mamlakatlar  va  Osiyo  mintaqasidagi  boshqa  mamlakatlari 
(agar  ular  BMT  yoki  uning  ixtisoslashgan  agentliklariga  a`zo 
bo`lsalar)  uchun  ochiq.  A`zolikda  mavjud  bunday  keng  imkoniyatlar 
OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga 
olib  keldi,  ularga  bank  aktsiyalarining  qariyb  37%  i  va  ovozlarining 
35% i to`g’ri keladi.
 
Xalqaro  tiklanish  va  taraqqiyot  banki
  (XTTB,  ing.  International 
Bank for Reconstruction and Development) -  Jahon bankining asosiy 
kredit  tashkiloti  bo`lib    keng  miqyosda  Jahon  banki  nomi  bilan 


345 
 
tanilgan.  Ushbu  bankga  a`zo  bo`lish  uchun  ariza  taqdim  etgan 
mamlakat  avvalo  XVFga  a`zolikka  kirgan  bo`lishi  lozim.  Bankning 
barcha  qarzlari  a`zo  davlatlar  hukumatlari  tomonidan  kafolatlanishi 
kerak.  Qarzlar  bo`yicha  har  olti  oyda  o`zgaruvchi  foiz  stavkasi 
belgilanadi.  Hozirgi  vaqtda  mazkur  stavka  6-7%ga  teng.  Qarzlar 
asosan 15-20 yil muddatga, asosiy qarz summasi bo`yicha to`lovlarni 
3-5 yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish davlat xukumatining 
kafolati olingandan so`ng amalga oshiriladi
1
.
 
XTTB  –  1944  yilda  Bretton-Vudsdagi  (AQSHning  N’yu-
Xempshir  shtatidagi  shaharcha)  Xalqaro  valyuta  –  moliyaviy 
konferentsiyada  XVF  bilan  bir  vaqtda  tuzilgan  davlatlararo 
investitsiya  institutidir.  Bir  vaqtning  o`zida  bankning  nizomi  ham 
bo`lib  qolgan  XTTB  haqidagi  Bitim  1945  yilda  rasmiy  jihatdan 
kuchga  kirgan,  bank  o`zining  faoliyatini  1946  yildan  boshlagan. 
XTTBning  shtab-kvartirasi  –  AQSHning  Vashington  shahrida 
joylashgan.
 
XTTB    2013  moliya  yilida  20,6  mlrd.AQSH  dollari  hajmidagi 
kredit  resurslarini  zahira  qildi,  ushbu  ko`rsatkich  2009  moliya  yiliga 
nisbatan 52,8% oshgan.
 
XTTBning  asosiy  maqsadi  –  a`zo  mamlakatlarga  uzoq  muddatli 
kredit  va  qarzlar  berish  hamda  xususiy  investitsiyalarni  kafolatlash 
orqali 
ularning 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishga 
ko`maklashish 
hisoblanadi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish