Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


    16.3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash. Tijorat



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 


269 
 
16.3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash. Tijorat 
banklarining tashqiliy tuzilishi.  
Markaziy  bank  tijorat  banklari  faoliyatini  nazorat  kklish 
funktsiyasini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-
 
bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish 
-
 
banklar xisobotlarini tekshirish ,joylarda tekshirishlar utkazish, 
-
 
bank  operatsiyalarini  bajarishda  normalarga  rioya  qilishni 
nazorat qilish
.
 
Bank  faoliyatini  olib  borishga  litsenziya  (  ruxsat)  berish  orkali 
markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini 
olib borish imkoniyatlarini  aniklaydi.  
Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalarni 
tekshirish,  ichki  audit  xolatiga  baxo  berish  xuquqiga  ega.  Bunda 
avvolom  bor  tijorat  banklarining  aktivlari:  kreditlar  va  kimmatbaxo   
qog’ozlar  holati,    banklarning  likvidliligi  va  barqarorligi  tekshiriladi. 
Tekshirish utkazishdan asosiy maksad: 
-bankning moliyaviy xolatiga obektiv 
baxo
 berish, 
-bankni  boshkarish  sifatiga  va  uning  raxbari  faoliyatiga  baxo 
berish, 
-bankning 
moliyaviy 
axvolini 
va 
uning 
bagkaradigan 
operatsiyalarining samaradorligini ta`minlash bo`yicha choralar ishlab 
chikish, 
-bank  faoliyatining  mavjud  konunlar  va  normativ  xujjatlarga 
muvofik olib borilishini ta`minlash va boshkalardan iborat.  Markaziy 
bank yana tijorat banklarining olib boradigan operatsiyalarining norma 
bo`yicha bajarilishini nazorat qilib boradi 
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, 
kreditorlar,  umuman,  davlat  va  jamiyat  manfaatlariga  jiddiy  daxldor 
bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon 
hisoblanadi.  SHu  vaqt  ichida  bo`lg’usi  ta`sischilar  o`rtasida  o`zaro 
munosabatlar  o`rnatiladi,  bank  ustav  kapitali  uchun  zarur  bo`lgan 
mablag’lar  tayyorlanadi,  rahbar  shaxslar  zarur  hujjatlar  tayyorlaydi, 
tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar. 
Tijorat  banklarini  tashkil  etish  va  tugatishning  huquqiy  asoslari 
“Banklar  va  bank  faoliyati  to`g’risida”gi  Qonunda  ifodalangan.  SHu 
qonunning  2-bobi “Banklarni  tashkil  etish  va  ular  faoliyatini  tugatish 
tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi   . 


270 
 
Banklar  respublika  hududida  o`z  faoliyatlarini  Markaziy  bank 
tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Banklarga  litsenziya  berish  O`zbekiston  Respublikasining 
“Banklar  va  bank  faoliyati  to`g’risida”,  “O`zbekiston  Respublikasi 
Markaziy banki to`g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar 
huquqini  himoya  qilish  to`g’risida”gi  Qonunlar  va  boshqa  qonunlari 
hamda  bankka  me`yoriy  hujjatlarda  belgilangan  talablar  asosida 
amalga oshiriladi.  
Tijorat  banklarini  tashkil  qilish  11  fevral  1999  yilda  qabul 
qilingan  “Banklarni  ro`yxatga  olish  va  ularga  litsenziya  berish  tartibi 
to`g’risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi.  
Ushbu  nizomda  O`zbekiston  Respublikasi  hududida  banklarni 
ro`yxatga  olish  va  ularga  litsenziya  berish  tartibi  hamda  shartlari 
belgilab  qo`yilgan  bo`lib,  tijorat  banklari  ochiq  yoki  yopiq  turdagi 
aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. 
Bank  operatsiyalarini  litsenziyalashga  bo`lgan  zarurat  bankni 
mamlakat iqtisodiy to`lov qobiliyatiga ta`sir etishi bilan bog’liq. Bank 
operatsiyalarini  o`tkazuvni  amalga  oshirishi  va  ro`yxatga  olinishi 
lozim.  Tijorat  bankini  tashkil  etilishida  unga  litsenziya  berilgandan 
keyin  u  litsenziya  asosida  bank  operatsiyalarini  o`tkazish  huquqiga 
ega  bo`ladi.  Agar,  bank  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 
tomonidan  belgilangan  bank  operatsiyalarini  litsenziya  olish  uchun 
ro`yxatdan  o`tmay  faoliyat  ko`rsatsa,  bu  operatsiyalar  qonunga  xilof 
deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. 
Tijorat  banki  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankida  davlat 
ro`yxatidan  o`tgandagina  tashkil  etilgan  deb  hisoblanadi  va  yuridik 
shaxs statusini oladi. 
YUridik  va  jismoniy  shaxslar  tijorat  bankini  ta`sis  etuvchilari 
hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda 
ishtirok etadilar. O`zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati 
to`g’risida”gi  Qonunga  asosan  bank  ustav  kapitalini  shakllantirishga 
davlat  hokimiyat  organlari,  jamoa  birlashmalari,  jamoa  fondlar 
mablag’lari,  shuningdek  kreditga  olingan  mablag’lar  va  garovga 
olingan mablag’lardan foydalanish man etiladi. 
Bank 
ta`sischilari 
o`z 
zimmasiga 
tegishli 
hujjatlarni 
rasmiylashtirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani 
yaratish, 
mijozlar 
ko`lamini 
aniqlash, 
o`tkaziladigan 
bank 


271 
 
operatsiyalar  turini  aniqlash  va  boshqa  qator  masalalarni  hal  etishlari 
lozim. 
Ta`sischilar  ta`sis  shartnomasi  yoki  aktsioner  jamiyatni  to`zish 
shartnomasini  rasmiylashtiradilar.  Bu  shartnomada  bank  boshqaruv 
shakli,  ustav  kapitalining  taxminiy  miqdori  va  ta`sischilarning  ustav 
kapitalidagi  hissalar  ulushi  aniqlanadi.  SHartnomada  tomonlar 
majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi. 
Bankni  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan 
ro`yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan 
keyin bir oy muddat ichida hal etiladi. 
Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aktsiyadorlik 
jamiyati tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy 
shaxslar  bank  muassislari  sifatida  ishtirok  eta  oladilar.  Har  bir 
aktsiyadorning ustav kapitalidagi ulushi “Banklarni ro`yxatga olish va 
ularga litsenziya berish tartibi to`g’risida”gi Nizomda ko`rsatilishicha 
2000 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 
20  %,  2001  yilning  1  yanvaridan  boshlab  13%  ,  2002  yilning  1 
yanvaridan  boshlab  7%  dan  oshmasligi  belgilangan.  SHuningdek 
banklarning  boshqa  banklar  ustav  kapitalida  ishtirokiga  ruxsat 
etilmaydi (ammo sho``ba banklar tashkil etish bundan mustasno). 
Banklarning  aktsiyalarini  olish  qonun  hujjatlarida  alohida 
ko`rsatiladi.  Bank  muassislarining  muhim  xususiyatlaridan  biri 
shundan  iboratki,  bank  aktsiyadorlari  tarkibidan  u  ro`yxatga  olingan 
kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar. 
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo`lishlari 
va  o`z  ustavlari  asosida  faoliyat  ko`rsatishlari  kerak.  Bank  ustavida 
quyidagi moddalar o`z aksini topgan bo`lishi kerak: 
-bankning  (to`la  va  qisqartirilgan)  nomi  va  joylashgan  (pochta) 
manzili; 
-bank ko`rsatadigan operatsiyalari ro`yxati; 
-ustav kapitalining miqdori, muassislar ro`yxati va ularning ustav 
kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi; 
-bankning  boshqaruv  organlari,  ularni  tashkil  etish  tartibi, 
ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma`lumotlar; 
-bank  auditi  tartibi,  shuningdek,  buxgalteriya  hisobi  xalqaro 
standartlariga 
muvofiq 
belgilangan 
hisobotlar 
va 
auditorlik 
dasturlarining maqsadlari ko`rsatmalari. 


272 
 
Bo`lardan  tashqari  bank  ustavida  boshqa  qonun  xujjatlarida 
nazarda tutilgan ma`lumotlar ham bo`lishi kerak. 
Qonunda 
ko`rsatilishicha, 
kreditga 
va 
garovga 
olingan 
mablag’lardan  va  soliqqa  jalb  etilgan  mablag’lardan  bankning  ustav 
kapitalini  shakllantirish  mumkin  emas.  Ammo  alohida  olingan 
xollarda,  qonunlarda  ko`rsatilgan  bo`lsa,  byudjet  mablag’laridan 
foydalanishga ruxsat berish mumkin. 
Markaziy  bank  tomonidan  bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish 
uchun  berilgan  litsenziyani  bekor  qilish  uchun  mavjud  litsenziyani 
shunday  holatga  keltirish  ancha  murakkab  huquqiy  tadbir  bo`lib, 
tijorat banklari faoliyatining to`xtashi va tugatishida muhim asosdir. 
Bank    faoliyatini  to`xtatish  va  banklarni  tugatish  “Banklar  va 
bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-
sonli  “Banklarni  tugatish  tartibi  to`g’risida”gi  Nizomda  ko`rsatib 
o`tilgan.  Jumladan  bank  quyidagi  hollarda  o`z  faoliyatini  to`xtatadi: 
aktsiyadorlar yig’ilishining qaroriga ko`ra, Markaziy bank litsenziyani 
qaytarib  olganda,  bankrot  deb  e`lon  qilinganda  o`z  faoliyatini 
to`xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro`yxatiga 
olish  daftaridan  chiqariladi.  Uni  faoliyati  to`xtatilganligi  matbuotda 
e`lon  qilinadi.  Faoliyatni  to`xtatish  va  uni  tugatish  tartibi  nizomda 
belgilab berilgan. 
Qonunda 
ko`rsatilishicha, 
kreditga 
va 
garovga 
olingan 
mablag’lardan  va  soliqqa  jalb  etilgan  mablag’lardan  bankning  ustav 
kapitalini  shakllantirish  mumkin  emas.  Ammo  alohida  olingan 
xollarda,  qonunlarda  ko`rsatilgan  bo`lsa,  byudjet  mablag’laridan 
foydalanishga ruxsat berish mumkin. 
Bank  tashkil  etilganiga  qadar,  ya`ni  u  davlat  ro`yxatidan 
o`tkazilgunicha  uning  nomidan  amalga  oshirilgan  bank  operatsiyalari 
haqiqiy hisoblanmaydi. 
Bank ro`yxatidan o`tkazilganidan keyin o`n kunlik muddat ichida 
soliq  tortishni  tashkil  etish  uchun  moliya-soliq  organiga  zarur 
hujjatlarni taqdim qilish zarur. 
Bank  ustaviga  qo`shimcha  va  o`zgartishlar  kiritish  uchun  bank 
aktsiyadorlar  yig’ilishi  yoki  muassislarning  qaroriga  muvofiq 
belgilangan  tartibda  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankiga 
murojaat qilinadi va quyidagi xujjatlar: 
-  ustavga  o`zgarishlar  kiritish  haqida  bank  kengashi  raisi 
imzolagan iltimosnoma; 


273 
 
-  bank  aktsiyadorlarining  ustaviga  o`zgarish  va  qo`shimcha 
kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada); 
-  bank  kengashi  raisi  imzolagan  ustaviga  kiritilgan  o`zgarish  va 
qo`shimchalar ro`yxati (3 nusxada) taqdim etiladi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish