Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo`llanilib kelinmoqda. 1.
Qisqa muddatli kreditlash;
2.
Uzoq muddatli kreditlash.
Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir
yilgacha bo`lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab
chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy
aylanishining uzluksizligini ta`minlaydi. Bizga malumki, aylanma
fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ishlab chiqarish
sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar
aylanishining tabiiy o`lchovi sifatida xizmat qiladi. SHuning uchun
ham, bir yil qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo`lib
xizmat qiladi.