Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
9-MODUL. KREDIT MUNOSABATLARINING 
RIVOJLANISH BOSQICHLARI. 
 
9.1. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari. Kredit 
munosabatlarining rivojlanish bosqichlari.  
9.2.  Sudxo`rlik  kreditining  yuzaga  kelishi.  Tijorat  krediti  va 
bank kreditining paydo bo`lishi.  
9.3.  Kredit  munosabatlarining  yuzaga  kelish  sabablari  va 
shart-sharoitlari.  
 
         9.1. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari. 
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari. 
 
Korxonalarda  asosiy  va  aylanma  fondlarining  doiraviy  aylanishi 
jarayonida  ularda  kreditga  ehtiyoj  tug’iladi.  SHunga  asosan  kredit 
takror  ishlab  chiqarish  jarayonining  uzluksizligini  ta`minlash 
zarurligidan  kelib  chiqadi,  degan  shartga  asoslangan  holda  kredit 
berilishi  kerak.  Ammo  bunda  qo`shimcha  resurslarga  muhtojlik 
o`zo`zidan  avtomatik  tarzda  kredit  berilishi  kerakligini  ifodalamaydi. 
Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham 
mavjud bo`lishi kerak. 
  Iqtisodiyotni  rivojlantirishning  muhim  yo`nalishlaridan  biri 
kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli 
muhim  shartlar  va  qonunlarga  asoslangan  holda  kreditlash  jarayonini 
amalga oshirishlari zarur. 
Kredit   
bu  vaqtincha  bo`sh  turgan  pul  mablag’larini  pul  egasi 
yoki boshqalar tomonidan  ma`lum  muddatga, haq to`lash sharti bilan 
qarzga  olish  va  qaytarib  berish  yuzasidan  kelib  chiqqan  iqtisodiy 
munosabatlar yig’indisidir. 
  Kredit  yordamida  tovarmoddiy  boyliklari,  turli  mashina  va 
mexanizmlar sotib olinadi, iste`molchilar mablag’lari etarli bo`lmagan 


171 
 
sharoitda to`lovni kechiktirib, tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil 
to`lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. 
  Kredit  iqtisodiy  kategoriya  bo`lib,  ijtimoiy  munosabatlarning 
aniq bir ko`rinishi sifatida yuzaga chiqadi. 
  Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab 
chiqarish mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi 
o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir. 
  Kreditning  mohiyati  uning  ichki  belgilarini  ochib  berishga 
qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish – bu uning sifatlarini, muhim 
tomonlarini,  iqtisodiy  munosabatlar  tizimining  bir  elementi  sifatida 
ko`rsatuvchi asoslarini bilish demakdir. 
  Iqtisodiy  kategoriya  sifatida  kreditning  mohiyati  ko`pgina 
iqtisodchi  olimlar  tomonidan  o`rganilib  chiqilgan  va  ular  tomonidan 
kreditning mohiyati bo`yicha turlicha fikr bildirilgan.  
Kreditning  vujudga  kelishi  reallikka  aylanishi  uchun  muayyan 
sharoitlar  bo`lishi  zarur.  SHu  masala  bo`yicha  ba’zi  iqtisodiy 
adabiyotlarda  keltirilgan  fikrlarni  taxlil  qilib,  iqtisodchilar  tomonidan 
kreditning  yuzaga  kelishining  quyidagi  shartlariga  ko`proq  e’tibor 
berilganini ko`rsatib o`tish mumkin. Kredit munosabat bo`lishi uchun: 
birinchidan,
  kredit  munosabat  ishtirokchilari  -  qarz  beruvchi  va 
qarz  oluvchi  -  xuquqiy  jixatdan  mustaqil  sub’ekt  bo`lishi  kerak 
Mustakil  sub’ekt  sifatida  xar  ikkala  tomon  bir-biri  bilan  o`za`ro 
alokalardan  kelib  chiquvchi  majburiyatlarni  bajarishini  moddiy 
jixatdan  kafolatlay  olishi  kerak  Majburiyatlarni  bajara  olish 
qobiliyatini  xisobga  olgan  xolda  mustaqil  xuquqiy  sub`ekt  sifatida 
tomonlar itisodiy munosabatga kirishishlari kerak. 
ikkinchidan,
 qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga 
mos  tushgan  taqdirdagina  kredit  zaruriyatga  aylanadi.  Bu  manfaatlar 
avvalambor,  ob`ektiv  jarayonlar,  o`z`aro  manfaatlarni  taqozo  etuvchi 
anik vaziyat bilan bog’liq. 
O`zining tarixiy rivojlanishida kredit bir necha bosqichlarni bosib 
o`tgan.  

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish