102
TAYANCH SO’Z VA IBORALAR
Jimoniy tarbiya tarixi
o’quv fani sifatida
.
Bu ilmiy o’quv fani bo’lib, jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport sohasidagi
maxsus bilim va ma’lumotlarni olishga qaratilgan asosiy fan hisoblanadi, bu tizimni
boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o’rgatadi.
Jismoniy tarbiya tarixining boshqa fanlar bilan bog’liqligi haqida
.
Jismoniy tarbiya fani bir qancha fanlar bilan bog’liq holda o’rganiladi, bular:
pedagogika tarixi, O’zbekiston tarixi, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti, sotsiologiya,
falsafa, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish va h.k.
Jismoniy tarbiya
- insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo’naltirilgan pedagogik
jarayon bo’lib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga,
uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog’liq
bo’lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: