29
Komenskiy, tabiat har bir kishiga ma’naviy kamolot imkoniyatlarini bergan, deb
ta’kidladi, shuning uchun ham u umumiy ta’limning zarurligi to`g`risidagi masalani o`rtaga
qo`ydi. U ishonch bilan: ―Faqat boylar yoki aslzodalarning bolalari uchungina emas, balki
umuman hamma uchun: aslzodalar va aslzoda bo`lmaganlar, boylar va kambag`allar, og`il
bolalar va qizlar uchun barcha shaharlar, katta qishloqlar va joylarda maktablar barpo qilish
kerak‖,-deb yozdi. Tarbiya masalalarida u demokrat sifatida, o`z davrining chinakam
gumanisti sifatida maydonga chiqdi. Komenskiy maktablarni tubdan isloh qilish masalasini
o`rtaga qo`yib, ularni ―insoniylik ustaxonalariga‖aylantirish lozimligini ta’kidladi.U formal
quruq ta’lim metodlarini tanqid qilibgina qolmadi, balki yangi pedagogika asoslarini ham
ishlab chiqdi.
Komenskiy ta’limda ko`rgazmalilik masalasiga katta e’tibor berdi; mashg`ulotlarning
sinf-dars formasini taklif qildi. Uning didaktik prinsiplari hozir ham ahamiyatini yo`qotgani
yo`q. Komenskiy boshqa gumanistlar singari, jismoniy tarbiya masalalari bilan ko`p
shug`ullandi. U inson sog`lig`ining mustahkamlanishi va jismoniy kuchining o`sishi uning
ma’naviy kamoloti uchun bevosita shart-sharoit yaratadi, deb hisobladi. U o`yinlar va
jismoniy mashqlarni bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vositalardan biri
sifatida ham baholadi.
Komenskiy o`z sistemasini qadimgi odamlarning obro`yi va tajribasi asosida emas,
balki bolalarni o`qitish ishida tarbiyaga muvofiqlik va xalq tajribasi asosida ishlab chiqdi. U
tanlab olingan alohida kishilar haqida emas, balki xalq ommasi haqida o`yladi va xalq
ommasi uchun juda ko`p ishlar qildi. Komenskiy fikricha, tabiat har bir kishiga ma'naviy
kamolot imkoniyatlarini beigan, shu sababdan umumiy ta'lim hamma uchun zaruriydir.
Demak, barcha joylarda maktab tashkil qilish va ularda barcha bolalar, jumladan,
kambag'allarning farzandlari ham o'qitilish kerak, degan g'oyani oldinga suradi Komenskiy.
Tomas Mor
(1478-1535). Yangi paydo bo'layotgan kapitalistik tuzumga qarshi ilk
sotsial utopistlar vujudga kela boshladi. Ular orasida ingliz Tomas Morning alohida o'rni bor.
U eski feodal va yangi kapitalistik tuzumlarni butunlay rad etdi. Uning yaxshi davlat tuzilishi
va yangi orol haqidagi qiziqarli «Utopiya» («orzu» ma'nosida) kitobi e'tiborga loyiqdir. Bu
asarda qat'iy kun tartibi (rejim) belgilanib, unga ko'ra ertalab ishlash uchun-2 soat, tushlik va
dam olishga - 2 soat, tushdan so'ng ishlash uchun- 3 soat, kechki ovqat va ko'ngilochar
o'yinlarga - 3 soat, uxlash uchun esa - 8 soat belgilangan. Bolalar tarbiyachilar rahbarligida
aqliy ta'lim, mehnat ta'limi, axloqiy va jismoniy tarbiya kurslarini o'tishlari shart bo'lgan.
Моr utopistlarning harbiy-jismoniy mashqlariga katta e'tibor berib, qurollar bilan suvda
suzish, o'q otish, bolta va boshqa moslamalarni jangda ishlata bilish, oilani himoya qilish
hamda qo'shnilarni dushman hujumlaridan saqlash uchun zarurligini uqtiradi.
Italiyalik
Do'stlaringiz bilan baham: