Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarida jismoniy tarbiya va sport
Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrika mamalakatlarida qadimgi an'analarning uzoq
saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyatning sekin rivojlanishiga olib
keldi. Shunday bo'lsada, eski an'analar zamirida yangi an'analar paydo bo'la boshladi.
Osiyo mamlakatlari. O'rta asrlarda qadimgi jismoniy madaniyat tajribalari Hindistonda
keng tarqaldi. Bunda kurash, kamondan o'q otish, yugurish, ot o'yinlaridan foydalanildi.
Milliy raqslar bilan birgalikda xatxa-yoga (hind gimnastikasi), ya'ni gavdaning harakat
me'yorlari, marosim (ritual) o'yinlari va boshqalar ommalasha boshladi.
Xitoy. Dehqonlarning «sariq ro’mollilar» deb atalgan mashg'ulotlari III-V asrlarda
davom etib kelgan. Bunda qurolsiz jang usullari avjiga chiqqan. Chunki hukmdorlar aholidan
qurollarni yig'ib olgan va ularni ishlatishni taqiqlagan edi. VI asrda Xitoy gimnastikasi (ushu)
tez rivoj topdi. Bunda qo'l va oyoqlarni ishlatib jang qilish, kaft va uning qirralari bilan urish
amalga oshirilgan. Min sulolasi hukmronligi davrida ushu keng rivojlangan edi. Unda 20
xildan ortiq qurollar va tayoqlar qo'llanilgan. Lekin o'q otish qurollarining paydo bo'lishi bu
turlar taraqqiyotini ancha pasaytirdi. Shunga qaramasdan, ushu mashqlaridan davolash
maqsadida foydalanish davom etgan. Xitoyda, shuningdek, ot ustida chavgon yugurish va
hindlarga xos xatxa-yoga bo'yicha musobaqalar o'tkazilib turilgan.
Yaponiya. O'rta asrlarda Yaponiyada jismoniy madaniyatning rivojlanishi Samuraylar
institutining tashkil etilishi bilan bevosita bog'liqdir. Samuraylar mayda dvoryanlarning
harbiy-feodal tabaqasi bo'lib, ularning jismoniy tarbiya tizimi (busido) xilma-xil kurash
turlari: sumo, jiu-jitsu va karate, bitta yoki ikkita qilich - kendo bilan jang qilish san'ati, nayza
ishlata bilish (noginata), piyoda va otda yugurishda kamondan o'q otish, marosim
bellashuvlar, turli xil to'p o'yinlari kabi mashqlarni o'ziga mujassamlashtiigan.
Markaziy Amerika xalqlari. Yevropaliklar mustamlaka qilib olgan davrlaigacha bu
mintaqada inklar, mayya va aseteklar davlatlari mavjud bo'lgan. XII asrlarda bu
mamlakatlarda ma'lum darajada jismoniy tarbiya tizimi mavjud bo'lgan. Bunda davlat
miqyosida va oila sharoitida tarbiya berish amalga oshirilgan. Tashkil qilingan maktablarda
o'yinlar va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishgan. Kamondan o'q otish, tayoqlarni
(nayza) uloqtirish, qilich va qalqon bilan ishlash karatega o'xshash kurash kabi harbiy-
jismoniy tayyorgarlik amalga oshirilgan. Inklar va aseteklarda uzoq masofalarga yugurish
hayotiy ehtiyoj bo'lib hisoblangan. Ko'pchilik o'yinlar va mashqlar bu xalqlarning diniy
marosimlari, urf-odatlari bilan bog'liq bo'lgan. Shuningdek, qabilalararo o'yinlar, diniy
bayramlar, tantanalar, atletik musobaqalar tashkil etilgan. Butun jismoniy tarbiya tizimi
aborigen xalqlarning mehnat, harbiy va hayotiy turmushida katta o'rin tutgan.
Yevropaliklarning bosqinchilik, talon-taroj qilish, o'ldirish, majburlash kabi harakatlari
Amerika xalqlarining jismoniy madaniyat tizimi rivojlanishiga salbiy ta'sir etgan.
Afrika mintaqasidagi xalqlar. O'rta asrlarda Afrika xalqlari orasida mehnat, harbiy ishlar
va ijtimoiy turmush orqali jismoniy madaniyat shakllari belgilangan. Jismoniy tarbiya oilada,
ovchilar tomonidan qabilada va «xudo»lar uyida berilgan. Ko'pincha musobaqalashish
shaklida amalga oshirilgan. Bunda kamondan o'q otish va tayoqlarni mo'ljalga tekkizish
(viyel), ustunga kim o'zarga tirmashib chiqish kabilar qo'llanilgan. Raqslar bilan birgalikda
harbiy mashqlar qo'shib o'rgatilgan. Yoshlarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadida oilada
yoki «xudo»larning uylarida qabila, urug' boshliqlari rahbarligida turli xil an'anaviy
marosimlar tashkil etilgan. Bunda kurash, nayza va lappak uloqtirishdan keng foydalanilgan.
O'g'il va qizlardan iborat yoshlarni tarbiyalash tizimida tamtam sadolari ostidagi an'anaviy
(ritual) raqslar, turli harakatli o'yinlar, akrobatik mashqlar asosiy vosita sifatida xizmat qilgan.
An'anaviy marosimlar kurashsiz, chidamlilik, epchillik, jasurlikni tarbiyalovchi sport
turlarisiz tashkil etilmagan. Bu, o'z navbatida, xalqlarning jipsligi, inoqligi, ahilligini
ta'minlashga xizmat qilgan. Bosqinchilik va mustamlakachilik tayziqi Afrikada milliy
jismoniy madaniyatining ancha susayishiga sabab bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |