Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Mahbuba Xamidova O’zbekiston davlati va huquqi tarixi (o’quv qo’llanma).
Toskent., “Sharq”, 2005-yil.
2.
Shamsuddinov R, Karimov Sh Vatan tarixi.- T., “O’zbekiston Respulikasi
Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi”, 2009-yil.
3.
Hasanov A. Makka va Madina tarixi T., “Mehnat”, 1992-yil.
4.
Muhammedov H Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi. II qism.- T.,
“Toshkent Davlat yuridik istituti”, 2005-yil.
5.
Abdirahimova N.A, Isakova M.S, Suleymonova Z.M Davlat muassasalari
tarixi. –T., “Sharq”, 2007-yil.
6.
Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – T., SHarq, 2000-yil.
7.
Eshov B O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.-T., “O’zbekiston
Milliy Universitet”, 2012-yil,
8.
Sagdullaev A. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat
taraqqiyoti. – T., Akademiya, 2000-yil.
9.
Alimova D.A, Rtveladze E.V O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari.-
T., “Sharq”, 2001-yil.
10.
Sagdullayev A.S, Eshov B O‘zbekiston tarixi. II-nashr.-T., “Universitet”,
1999-yil.
Xulosa
Hozirgi vaqtada tarixchi olimlar tomonidan o’lka tarixi uning boy madaniyati
aholining turmush kechirish tarzi, azaliy qadryat va an’analarini bilishga
shuningdek, davlatning siyosiy hokimiyatining tashkil topishi va faoliyatini
chururroq o’rganishda ilmiy tahlillar orqali yoritishga dav’at etmoqdalar. Shu
nuqtai nazardan ham “O’rta Osiyo va O’zbekistonning davlat muasasalari tarixi”
nomli o’quv-uslubiy qo’llanmada ham ilmiy tahlillar, manbalarga e’tibor
qaratilgan holda yozilganligi bilan ahamiyatlidir.
Davlat va davlat muasasalari tarixini, O’rta Osiyodagi turli qabilalarni ilk
davlatchilik an’analarini biz zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” orqali
bilib olamiz. “Avesto”da ijtimoiy-iqtisodiy hayotni, hokimiyatni boshqarishning
axloqiy, hukmdorlarning xislatlarini, siyosiy huquqiy muammolariga oid ko’plab
masalalarni keng yoritilganligini ko’rishimiz mumkin.
Bu ta’limotdagi siyosiy huquqiy qadryatlarning g’oyat muhim xususiyatlaridan
biri insoniyatga qirg’in keltiruvchi urush va mojoralarning qoralanganligi tinch-
totuv yashash, sulhparvarlik kabi g’oyalarni ilgari surganligini ko’ramiz.
“Avestoda” xalq faravonligini ta’minlash diniy odatlarni ado qilish shuningdek,
hukmdor, qabila va qabilalar ittifoqining vazifa vakolatlari ularning xislatlariga
ham urg’u berib o’tilgan. Masalan: Yerni odil hukmdor pokiza qalb egasi, ezgu
niyatlar bilan boshqarilishi kerakligi uqtiriladi. Umuman Zardushtiylik ilgari
surgan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy fikrlar harbiy demokratik tipidagi
qabilalar birlashmasi emas, balki boshqaruvning markazlashgan tizimi va uning
faoliyatiga asos bo’lgan qonunlar, qat’iy tartib - intizomga tayanadigan davlatlarga
asoslanishi kerakligi ko’rsatiladi. Qo’llanmada “Avesto”ni yaratilishi va undagi
odatlar, davlat hokimiyati amaldorlarning vazifa va vakolatlari ham o’z aksini
topgan.
Ahamoniylar va yunonlarni O’rta Osiyoga qilgan bosqinchilik yurishlari,
mahalliy qabila rahnamolarining ularga qarshi harbiy harakatlari natijalarini
bilishga imkon beradi. Bunda tashqari, ushbu qo’llanmada ahamoniylar,
yunonlarning davlat boshqaruv odatlarining kirib kelishi satrapliklar faoliyati,
ularning majburiyatlari, soliq yer egaligi sud-jazo organlari faoliyati hamda harbiy
qo’shin tuzulishi ta’minoti bo’yicha ma’lumot berilgan.
Shuningdek
uslubiy-qo’llanmada
Qang’, Eftaliylar, Turk xoqonligi
davlatlarining tashkil topishi ularning boshqaruv apparati, davlat amaldorlarining
vazifalari va nomlanishini hamda o’zbek xalqining etnik shakllanishida bu
xalqlarning jamiyatda tutgan o’rniga baho berilib o’tilgan. Qolaversa arablar davri
tarixi, davlat tuzimining ham yoritilib o’tilganligi, undagi boshqaruv tizimlari,
huquqiy munosabatlarga ham urg’u berib o’tilgan. Ushbu o’quv-uslubiy
qo’llanmani keng kitobxonlar hukmiga havola etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |