Shunday qilib, VI asrning 70-80-yillarida Yeniseyning yuqori oqimidan to
Amudaryo bo‘ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha cho‘zilgan
ulkan maydonda ko‘chmanchi chorvadorlarning buyuk turk xoqonligi tashkil
topadi. Bu ulkan saltanat Xitoy, Eron va Vizantiya kabi zamonasining yirik
davlatlari bilan bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishga
harakat qiladi. Bu yo‘lning O‘rta Osiyo hududlaridan o‘tuvchi qismida asosan
Sug‘diylar ipak bilan savdo qilishni nazorat qilar edilar. Ipak matolarning asosiy
xaridori Vizantiya bo‘lib, ipak savdosi Sug‘d savdogarlari va turk xoqonlariga
katta daromad keltirar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |