O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKU’TETI
TARIX YO’NALISHI
201-GURUH TALABASI
NASRIDDINOVA SANOBARNING
“TARIXIY TOPONIMIKA”
fanidan
“Arab geograflari: Muqaddasiy, Istaxriy, Ibn Havqal asarlarida toponomik
ma’lumotlar”
mavzusida yozgan
R e f a r a t
ILMIY RAHBAR: Z.SH.MADRAHIMOV
Namangan-2014
Mavzu: Arab geograflari: Muqaddasiy, Istaxriy, Ibn Havqal asarlarida
toponomik ma’lumotlar
.
Reja:
Kirish
1.
Muqaddasiy va uning “Ahsan at-taqosim” asarida berilgan toponomik
ma’lumotlar.
2.
Istaxriy va uning “Kitob masolik ul-mamolik” asarida berilgan toponomik
ma’lumotlar.
3.
Ibn Havqal va uning “ Kitob ul-masolik va-l-mamolik” asarida berilgan
toponomik ma’lumotlar.
Xulosa
KIRISH
Dunyodagi hamma narsaning o’z nomi bor. Insonlar bir joyni ikkinchisidan,
bir ko’chani yonidagi bir ko’chadan, tog’-adirlarni, shahar va qishloqlarni bir-
biridan farq qilish uchun nomlar o’ylab chiqarganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumi
davrida nomlar juda kam bo’lgan, keyinchalik aholi paydo bo’lib, qo’yilgan
nomlar ham ko’p vaqtlar o’tishi bilan boshqa nomlarga o’zgartirilib yuborilgan
yoki butunlay yo’q bo’lib ketgan. Bu voqeani hozirgi vaqtda ham aniq ko’rishimiz
mumkin. Ayrim shahar va qishloqlarning eski nomlari o’rniga yangi nomlar
qo’yiladi, bu eski nom nima uchun yo’qotildi-yu, nima uchun yangi nom qo’yildi,
buning sabablarini ham aniqlash mumkin. Sobiq ittifoq davrida paydo bo’lgan
geografik nomlar aksari kommunistik partiyaning rahbarlari va partiya hamda
davlat yugurdaklarining nomlaridan iborat mafkuraviy nomlar edi. Mustaqillik
yillarida bunday toponimlar bekor qilinib, joylarning tarixiy nomlari tiklandi va
sof xalqona toponimlar paydo bo’ldi. Mana shunday joy nomlarini, geografik
nomlar yoki toponimlar deb ataladi. Toponimlarni esa toponimika fani o’rganadi.
Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o’rganadigan fan hisoblanadi.
Toponimika atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, “topos” – joy , “onom” yoki
“onima” – nom degan ma’noni bildiradi.
Toponimika faniga qiziqish Yevropada XIX asrning oxirlaridan kuchaydi.
Toponimikaga oid maxsus asarlar paydo bo’ldi va geografik nomlarni
o’rganadigan komissiyalar tashkil etildi.
1917- yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o’rganilmay, uning
vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Sobiq ittifoq davrida toponimika
faniga e’tibor kuchayib, toponimik materiallarni to’plash va qayta ishlash sohasida
jiddiy ishlar boshlandi. Toponimikaning fan sifatida tarkib topishida rus
olimlarining xizmatlari katta. Bunday olimlarga misol sifatida A.P.Dulzon,
A.K.Matveev, E.M.Murzayev, V.A.Nikonov, A.I.Popov, V.N.Toporov va
boshqalarni keltirish mumkin.
Bu davrda O`zbekiston toponimlarini o`rgangan va O`zbekiston
toponimikasi rivojiga katta hissa qo`shgan bir qancha o`zbek toponimist olimlar
yetishib
chiqqan.
Jumladan,
Ya.G`ulomov,
M.Yo`ldoshev,
H.Hasanov,
A.B.Ahmedov, R.G.Muqminova kabi olimlar katta ishlarni amalga oshirgan.
O`zbekistonning VII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bo`lgan tarixi
ko`proq va deyarli arab tilidagi yozma manbalarda yoritilgan va bu an`ana
keyincha ham Temuriylar davrigacha davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval arab
xalifaligi
tarkibida
so`ngra
Somoniylar,
Qoraxoniylar,
G`aznaviylar,
Xorazmshohlar davlatlarini boshdan kechirdi.
O`zbekiston joy nomlarining o`rganilishiga “arab geograflari” nomlari bilan
mashxur olimlar katta hissa qo`shgan. Arab eografiyasi ayniqsa X asrda keng
rivojlandi. Bu davrda Muqaddasiy, Istaxriy, Ibn Havqal, Ibn Rusta, Ibn Xurdodbeh
kabi olimlar va boshqalar yetishib chiqdi. Mazkur muarrixlar yurtimiz hududini
umummusulmon olami, arab xalifaligi bir qismi sifatida yoritganlar. Arablar
tomonidan yurtimizga berilgan nom Movarounnahr – daryoning u yog`idagi
mamlakat mazmunii bildiruvchi jug`rofiy nom bizgacha yetib kelgan bo`lib,
asosan arab mualliflari asarlarda keltirib o`tilgan.