I-bo‘lim. O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoitlari


 Irrigatsion sizot suvlari



Download 435,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.01.2022
Hajmi435,37 Kb.
#371353
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yTwbuk1Y5NZNVvoXcOdauuhcdfxnfzyUqpgB0hPn

1.2.3. Irrigatsion sizot suvlari 

O‘zbekiston sharoitida, sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik sharoit keskin 

o‘zgarishlarga  uchragan.  Tabiiy  jaryonlar  o‘rnini  sunʼiy,  xo‘jalik  faoliyati  bilan 

bog‘liq jarayonlar egallaydi. Sizot suvlari atmosfera yog‘inlari, yer usti oqar suvlari 

(daryolar), yer osti suvlari oqimlari, irrigatsion suvlar, sho‘r yuvish suvlari, bosimsiz 

sizot  suvlaridan  pastda  joylashgan  bosimli  suvlardan  kelib  qo‘shiladigan  suvlar 

hisobiga  ozuqa  oladi.  Sug‘orish  maydonlarida  sizot  suvlarining  ozuqa  olishida 

irrigatsion  suvlar  va  pastdagi  bosimli  suvlar  katta  rol  o‘ynaydi.  Sug‘orishdan 

bo‘ladigan  infiltratsiya  hisobiga  sizot  suvlarining  ustida  infiltratsion  suvlar 

to‘planadi. Ularni irrigatsion sizot suvlari deb yuritiladi.  

Irrigatsion  sizot  suvlari,  xususan  sizot  suvlaridan  faqat  hosil  bo‘lishi  bilan 

emas, balki harakati bilan farq qiladi. Ular sizot suvlari yuzasida yotadi va ularga 

bosim bilan taʼsir qiladi. Ular infiltratsiya bo‘layotgan yerlarda sizot suvlari sathini 

ko‘taradi  va  pastga  qarab  tik  harakat  hosil  qiladi.  Bu  ikki  xil  suvlar 

minerallashganligi  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Xususan  sizot  suvlarini 

minerallashganligi 

yuqori 


bo‘lsa, 

irrigatsion-sizot 

sizot 

suvlarining 



minerallashganligi past darajada boʼladi. Sizot suvlari yuzasida minerallashganligi 

past bo‘lgan yerlarda ko‘p vaqtlarda (hollarda) chuchuk, turli qalinlikka ega bo‘lgan 

irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘ladi.  

Birinchidan, agar sug‘orish dalalari ostida minerallashganligi past irrigatsion-

sizot  suvlari  hosil  boʼlsa,  sug‘oriladigan  tuproqlarda  sho‘rlanish  jarayoni  deyarli 

kechmaydi,  tuzi  yuviladi  va  qulay  meliorativ  holat  vujudga  keladi.  Ikkinchidan, 

hosil  bo‘lgan  minerallashganligi  past  irrigatsion-sizot  suvlari,  suv  tanqis  yillari 

sug‘orish suvlarining qo‘shimcha manbai bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uchinchidan, 

ayrim  hollarda  minerallashganligi  yuqori  suvlar  hosil  bo‘lishi  mumkin,  va  ular 

yerlarni  qayta  sho‘rlanishiga  sababchi  bo‘ladi.  O‘zbekistonning  sug‘oriladigan 




maydonlari  ostida  24,32  km

3

  irrigatsion-sizot  suvlari  zaxiralari  mavjudligi 



aniqlandi.  Ulardan  minerallashganligi  0-1,0  g/l  bo‘lgan  suvlar  -  0,6234  km

3



minerallashganligi 1-3,0 g/l bo‘lgan suvlar - 15,93 km

3

, minerallashganligi 3-5,0 g/l 



bo‘lgan  suvlar  4,4  km

3

,  minerallashganligi  5-10  g/l  bulgan  suvlar  2,8  km



3

  va 


minerallashganligi 10-20 g/l bo‘lgan suvlar 0,6 km

3

 irrigatsion-sizot suvlari mavjud. 



Jami  24,3  km

3

  zahiradan  iborat  [23].  Irrigatsion-sizot  suvlari  hosil  bo‘lishini  har 



doim  ham  ijobiy  hodisa  deb  bo‘lmaydi.  Аyrim  hollarda,  sug‘orish  taʼsirida 

irrigatsion-sizot  suvlarini  hosil  bo‘lishi,  pastki  chuqurliklarda  to‘plangan  (mavjud 

bo‘lgan)  suvda  yaxshi  eriydigan  tuzlarni  yer  yuziga  qarab  harakat  qilishiga  olib 

keladi  va  tuproqlarda  qayta  sho‘rlanishni  paydo  bo‘lishiga  olib  keladi  Yangi, 

irrigatsion-sizot  suvlari  hosil  bo‘lishi  vaqtida,  qishloq  xo‘jaligi  uchun  noqulay 

sharoit-bu  ularning  barqaror  emasligidadir.  Irrigatsion-sizot  suvlari  xususan  sizot 

suvlarini bosadi va bosimlar farqi hisobiga pastga qarab harakat qiladi va xususan 

sizot suvlarini pastga va yon atrofga tarqalishiga (bosilib kirishiga) olib keladi. Sizot 

suvlari  bilan  o‘simlik  qobig‘i  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlik  turli  xil  ko‘rinishda 

amalga  oshadi.  Sizot  suvlari  kapillyar  g‘ovaklar  orqali  tuproqning  ildiz  tizimi 

rivojlangan  chuqurligiga  yetib  boradi  va  uni  ozuqlantiradi.  Bu  ijobiy  omil 

hisoblanadi.  Аgar  sizot  suvlari  yer  yuziga  yaqin  joylashgan  bo‘lsa,  tuproqdagi 

g‘ovaklar  suvga  to‘ladi,  ular  havoni  o‘tkazmaydi  va  natijada  o‘simlikning 

rivojlanishi  susayadi  yoki  o‘ladi,  yoki  hosildorlik  kamayadi  Osma  sizot  suvlari 

sugʼorish  maydonlarida biror-bir qonuniyatga bo‘ysunmay  tarqaladi, va dalalarda 

turli  kattalikdagi  maydonchalarning  meliorativ  holatini  buzadi.  Qayta  sho‘rlanish 

sodir  bo‘ladi.  Lekin  osma  sizot  suvlari  dalaning  hamma  yerida,  hamma  ekinlar 

ekilganda  ham  hosil  bo‘lavermaydi.  Osma  sizot  suvlari  hosil  bo‘lishi  uchun 

aeratsiya  mintaqasida  kichik  qalinlikdagi  tarqalish  maydoni  chegaralangan,  suvni 

yomon  o‘tkazadigan  yoki  o‘tkazmaydigan  gilli  qatlamchalar  bo‘lishi  shart. 

Ikkinchidan  sug‘orishdan  shimilayotgan  suvning  miqdori  (W)  qatlamchaning 

filtratsiya  koeffitsientidan  katta  bo‘lishi  kerak  (W>>K).  Demak,  bug‘lanish  sizot 

suvlari yuzasidan sodir bo‘lmaydi, balki kapillyar hoshiya yuzasidan sodir bo‘ladi. 

Shu  sababli  zovurlarda  sizot  suvlar  sathini  pasaytirayotganda,  faqat  sizot  suvlari 




chuqurligiga  emas,  balki  uning  tepasida  hosil  bo‘lgan  kapillyar  hoshiyaning 

chuqurligiga eʼtibor qaratish kerak.  

 

 

                         




Download 435,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish