Fan yuzasidan soatlar yuklamasini hisoblashda avditoriya va mustaqil
ta’lim soatlari 40/60 nisbatda bo’ladi ya’ni 40 soat auditoriya soati bo’lsa 60
soat mustaqil o’zlashtirish uchun soatlar ajratiladi. Fan yuzasidan talaba
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malakaga ega bo’lishi uchun
mustaqil ta’lim mavzularini to’liq o’zlashtirishi lozim.
Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan
- amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik;
- uy vazifalarini bajarish;
- nazariy bilimlarni o’zlashtirish;
-mustaqil ta’lim uchun mo’ljallangan mavzularini o’zlashtirishdan iboratdir.
Tarixiy, matematik va pedagogik materiallar asosida davra suhbatlarni
o’tkazilishini tavsiya etiladi. Bunda talabalar Internet va boshqa manbaalardan
foydalanib o’zlari matematikaning inson turmushidagi o’rni, matematika
metodlarining kasbiy faoliyat sohasiga tatbiqi, matematikaning asosiy bo’limlari
haqida tarixiy va boshqa ma’lumotlar, buyuk allomalar hayoti va ijodi,
matematikaga qo’shgan hissalari kabi mavzular bo’yicha qisqacha ma’lumotlar
bayon qiladilar. Tabiiyki, bunday tadbirlar talabalarda matematika faniga
qiziqishni kuchaytiradi va yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishga zamin
yaratadi. Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo’ljallangan har bir bo’lim bo’yicha
adabiyotlar talaba tomonidan o’rganilishi, mustaqil ish uchun mo’ljallangan
nazariy va amaliy bilim mavzularini o’zlashtirishi, har bir bo’lim bo’yicha berilgan
topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan bajarilishi talab qilinadi.
Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirishda yuqorida keltirilgan asosiy va
qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
F
an yuzasidan berilgan test, topshiriq, oraliq va yakuniy nazorat
savollari ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’tilgan mavzulardan
hamda mustaqil o’zlashtirish uchun berilgan mavzular yuzasidan
bo’ladi!!!!
Mustaqil o’zlashtirish uchun mavzular:
1.
Kesmalarning o‘lchami sifatida qaralgan sonlar ustida arifmetik amallar ta’rifi
va amallar bajarish xossalari.
2.
Zanjirli kasrlar
3.
Dirixle prinsipi.
4.
Irratsional va trassendent sonlar.
5.
Paradokslar va sofizmlar.
6.
Matematik rebuslar.
7.
Matematika etyudlari.
8.
To‘plam quvvati. Sanoqli va sanoqsiz to‘plamlar.
9.
𝝅
soni haqida
10.
e soni haqida
11.
Fibonachchi sonlari.
12.
Turli sanoq sistemalari haqida tushuncha. Pozitsion va nopozitsion
sanoq sistemalari. O‘nli sanoq sistemasidagi nomanfiy butun
sonlarni arifmetik amallarining algoritmi.
13.
O ‘nli sanoq sistemasini targ‘ib qilishda Xorazmiyning roli. Xorazmiy
hayoti va ilmiy merosi haqida ma’lumot olish.
14.
Ikkilik sanoq sistemasining tadbiqi.
15.
Hisoblashning qulay usullari.
16.
Bo‘linish alomatlari.
17.
Yevklid va Eratosfen hayoti va ijodi haqida ma’lumot.
18.
Manfiy son va kasr tushunchasining vujudga kelishi haqida tarixiy ma’lumot.
19.
0‘nli kasrlar va ular ustida arifmetik amallarni bajarish algoritmi.
20.
Taqribiy hisob, absolyut va nisbiy xato, sonlami yaxlitlash usullari.
21.
Aksiomatik usul. Evklid “Negizlari”.
22.
Planimetriya aksiomalarini takrorlash. Sodda geometrik figuralar
ta’riflari, xossalari va alomatlarini o‘rganish.
23.
Noevklid geometriya
24.
Hisoblashga va isbotlashga doir masalalar yechish.
25.
Muntazam ko‘pyoqlilar
26.
Ko‘pyoqlilar, ularning turli kesimlarini tasvirlashga oid masalalar yechish.
27.
Miqdorlarning qadimiy va turli xalqlarga oid nostandart o‘lchov
birliklari haqida ma’lumot yig‘ish. Miqdorlarning etalon birliklari kelib
chiqishi va saqlanishi haqida ma’lumotlar topish.
28.
Miqdorlar orasidagi bog‘lanish turlari va ularga oid misollar.
29.
Tengdosh va teng tuzilgan figuralar haqida ma’lumot. Yuzalarning nostandart
birliklari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
30.
Mashhur qadimiy masalalar