134)
рН ни потенциометрик усул билан аниқлаш.
Tana temperaturasi, turli biologik suyuqliklar osmotik bosimi m a’lum qiymatlarga ega bo‘lganligi kabi, orga
nizmning p H
qiymati ham muhim doimiyliklardan hisoblanadi. Masalan, qon p H = 7,36, siydik pH = 5,0
—8,0 me’da shirasining pH
=0,9
—2,0. Tegishli pH qiymatlarining o‘zgarishi patologik jarayonlarga, ya’ni kasallik paydo bo‘lishiga olib keladi. Qon,
siydik,
me’da shirasining reaksiya muhitlarini o ‘rganish diagnostikada, shuningdek,
jarrohlikda va boshqa kasalliklarda
hamda ovqatlanish, dorivor moddalarni qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. p H ni potensiometrik aniqlash usuli aniq
va ishonchlidir. Bu usulni
, biologik suyuqliklaming p H ini boshqa usullar bilan aniqlab bo’lmaydigan
hollarda ham
qo‘llash mumkin. M asalan, rangli va loyqasimon moddalarni, ya’ni qon, hujayra suspenziyasi kabilaming pH qiymatini
titrimetrik analiz usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi
, faqat potensiometrik usul yordamida aniqlash mumkin. Potensiometrik
usulining bunday afzalliklari, uni biokimyoviy, klinik hamda sanitariya-
gigiena laboratoriyalarida keng qo‘llanishiga imkon
beradi. Potensiometrik titrlash usuli galvanik elem entlarning elektr yurituvchi kuchini (EYUK) aniqlashga asoslangan.
Potensiometrik usul bilan turli biologik sistemalardagi ionlarning miqdori va redoks jarayonlarning potensial qiymatlari,
biologik suyuqliklarning p H qiymati aniqlanadi. Sistemaning EYUK oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida sistemaning
redoks potensiali o‘zgarishi hisobiga o‘zgaradi, kislota
-
asosli reaksiya yoki cho‘kma hosil bo‘lishi bilan boradigan
reaksiyalarda ionlar konsentratsiyasi o‘zgarishi hisobiga o‘zgaradi. Masalan, kislotani ishqor bilan
titrlashda vodorod
ionlarining konsentratsiyasi asta-sekin kamayadi, ekvival
ent nuqtada esa keskin kamayib, so‘ng yana sekin o‘zgaradi.
Sistemaning EYUK ham shunga mos ravishda o‘zgaradi. Eritmalarning pH qiymatini aniqlash
- analiz qilinayotgan
eritmaga aniqlash elektrodi tushirilib uning potensial qiymati p H ga bogiiqligini solishtirishga asoslangan. Sistemaning
potensial qiymati aniqlash elektrodi va potensial qiymati ma’lum elektrod (normal vodorod, kalomel) dan tuzilgan
zanjirning EYUK.bo‘yicha aniqlanadi. Potensiometrik titrlashda o ‘lchovchi va solishtiruvchi elektrodlarnin
g potensiallari
farqi biJan q o ‘shilayotgan ishchi eritmaning hajmi o‘rtasidagi bog‘lanish kuzatiladi. Eritmalarning pH qiym atini
potensiometrik usulda aniqlash kimyoviy va biokimyoviy laboratoriyalarda katta ahamiyat kasb etadi. Bu usul bilan
loyqa, ran
gli, indikatorlar yordamida ekvivalent nuqtani aniqlash qiyin bo‘lgan, ko‘p jinsli, kichik konsentratsiyali kuchsiz
elektrolit tutgan bilogik suyuqliklaming pH qiymati aniqlanadi. Keyingi vaqtda eritmalarning pH qiymati EYUK ni
kompensatsion usulda aniqlash prinsipiga asoslangan yarimavtomat va avtomat p H metrlar yordamida amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |