Asosiy vositalarning yuqorida sanab o‘tilgan baholash natijasida vujudga keladigan
qiymatlari buxgalteriya hisobi milliy standartining (BHMS) 5-sonli standartida keltirib o‘tilgan.
Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda haqiqiylik va bir xillik prinsipiga rioya qilinishi
shart.
Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘larining so‘mda baholanilishini to‘g‘ri amalga
oshirilishini talab etadi.
Xo‘jalik mablag‘larining baholanishida bir xillik prinsipi quyidagicha namoyon bo‘ladi.
Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks
ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: