Konveyer transporti transport turi sifatida allaqachonlardan beri
ishlatlishiga qaramasdan karyerlarda yosh transport turi hisoblanadi. Konveyer
metall formalardan tuzilgan bо‘lib, tashuvchi a’zosi sifatida rezina lenta (lentali
konveyer), kurakli zanjir (kurakli konveyer), plastinkalar (plastinkali konveyer)
yoki ariqcha shakldagi (vibratsiyali konveyer) a’zolari ishlatiladi. Karyerlardi
yumshoq, maydalangan (bо‘lak о‘lchami 400 mm gacha) qattiq va yarim
qoyatoshlarni tashish uchun lentali konveyerlar keng qо‘llanilmoqda. Ularning ish
prinsipi shundan iboratki: konveyer lentasida tog‘ jinslari tо‘ldirilib baraban
yuritgich yordamida tortish bilan harakatga keltirilib tashiladi. Konveyr lentasiga
nagruzkani kamaytirish uchun qо‘shimcha tortish a’zolari, pо‘lat arqon, zanjir,
telejkalar qо‘llaniladi. Bunday hollarda lenta faqat kon massasini joylashtiruvchi
idish vazifasini о‘taydi.
Karyerlardagi konveyrlar transporti joylashishi va mо‘ljaliga qarab
zaboydagi, tо‘plovchi, yuk kо‘taruvchi, magistral va ag‘darma turlariga bо‘linadi.
Zaboy konveyerlari pog‘ona ishchi maydonchasiga joylashtirilib, kon
massasini ekskavatordan tо‘plovchi konveyrgacha tashishga mо‘ljallangan.
karyerlarda zaboy fronti sekin-asta siljib borganligi uchun zaboy konveyer
seksiyalari maxsus texnika turbodozerlar yordamida yoki gusenitsalik,
qadamlovchi mexanizmlar yordamida suriladi.
Tо‘plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karyerning yon qismida joylashgan
bо‘lib, ular bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk kо‘taruvchi konveyerga
tashishga mо‘ljallangan. Tо‘plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan о‘z
о‘qiga parallel yо‘nalishda gusenitsali yoki rels yо‘lli izlarda harakatlanadi.
Yuk kо‘taruvchi konveyerlar ishchi bо‘lmagan yoki vaqtinchalik ishchi
bо‘lmagan karyer qismida (transheyalarda yoki yer osti qiya lahimlarida)
joylashgan bо‘lib, karyer ishchi qismidan kon massasini yuqoriga tashishga
mо‘ljallangan. Yuk kо‘taruvchi konveyer yukni tо‘plovchi konveyerdan olib,
oddiy konveyrlarda 18º burchak ostida va maxsus konveyerlarda 50º gacha
qiyalikda karyer borti bо‘ylab yer yuzasiga kо‘taradi. Yuk kо‘taruvchi konveyr
ancha yuqori yuritgchi va konstruksiyaga ega bо‘lib bir yerda muqim о‘rnatilishga
mо‘ljallangan. Kon massasini qattiq jinslarda 14º burchakdan yuqori va yumshoq
jinslarda 18º dan yuqori balandliklarga unumli va xavfsiz kо‘tarish uchun lenta
yuzasi qovurg‘alarga bо‘linib yasaladi yoki yuqoridan bosib turuvchi lenta yoki
zanjirli tо‘r ishlatiladi. Ular materialni pastga surilib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi.
Magistral konveyrlar karyer yuzasida joylashgan bо‘lib, qoplama jinslarni
ag‘darmaga va foydali qazilmalarni boyitish fabrikasiga yoki omborlarga tashishga
mо‘ljallangan.
Ag‘darma konveyrlar ag‘darmalarda joylashgan. Bajaradigan ishiga qarab
ular zaboy konveyerlariga о‘xshab ketadi. Ular ag‘darma fronti deyiladi. Tuzilishi
bо‘yicha qayta yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchilar bilan birgalikda kompleks
hosil qiladi. Qayta yuklovchi uzatuvchi a’zo vazifasini о‘taydi, ekskavatordan
zaboy konveyerigacha yoki zaboy konveyeridan tо‘plovchiga bir gorizontdan
ikkinchisiga, shuning uchun u о‘zi yurar gusenitsali yoki qadamlovchi shakldagi
yurish mexanizmiga ega bо‘lib, qabul qiluvchi va konveyer sо‘ngida tо‘kuvchi
qismlari bо‘lib, bu qism 18º gacha har qanday qiyalikda ishlay oladi. Yassi
tekislikda qabul qiluvchi moslama va tо‘kuvchi qismlari 60º gacha burchakka
burilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: