[CoF 6 ] 3- paramagnit kompleks hosil qilishi va
[Co(CN) 6 ] 3- ning diamagnit
kompleks hosil qilish sababini ligandlarning spektrokimyoviy qatori asosida
tushuntirish mumkin. CN
-
ioni kuchli maydon hosil qiluvchi ligandlar qatorida
joylashganligi uchun uning parchalanish energiyasi anchagina yuqori bo’ladi(26 –
jadval). [CoF
6
]
3-
yuqori spinli kompleksga kirib paramagnit xossaga ega.
[Co(CN) 6 ] 3- da bo’lsa elektronlarning joylashuvi boshqacha yuzaga keladi.
F -
ioni kuchsiz maydon hosil qilganligi sababli kompleks hosil qiluvchi d-
orbitallarning ajralish energiyasi kichik bo’ladi. Shuning uchun elektronlar Xund
qoidasiga binoan dastlab bo’sh orbitallarga bittadan joylashadi. CN
-
ioni kuchli
maydon hosil qilganligi sababli kompleks hosil qiluvchi d-orbitallarning ajralish
energiyasi katta bo’ladi, shuning uchun elektronlar dastlab energiyasi kichik
bo’lgan d
ε
orbitallarga joylashadi, natijada unda juftlashmagan elektronlar
qolmaydi.