1.2. Korxonaning umumiy holatini qiyoslama baholash.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
11
Bitiruv malakaviy ishni bajarishda Jomboy tuman fermer xo’jaliklarining
umumiy ma’lumotlaridan, ayrim monografik tadqiqotda esa “Yulduz” fermer
xo’jaligining hisobot ma’lumotlaridan foydalanildi va tahlil etildi.
Bitiruv malakaviy ishimizning obyekti bo’lib, « Yulduz» fermer xo’jaligi
va uning hisobot ma’lumotlari hisoblanadi. Ushbu fermer xo’jaligi yuridik
shaxs maqomiga egan mustaqil xajalik yurituvchi subyektdir. U Samarqand
viloyati Jomboy tumani hududida joylashgan. Ushbu xo’jalik asosan g’alla va
paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishga muljallangan xo’jalikdir. U o’zini o’zi
moliyalashtiruvchi, mukstaqil balansga ega bo’lgan korxonadir.
Xo’jalik sug’oriladigan maydonda g’alla va paxta yetishtiradi. Ushbu
fermer xo’jalik sharqdan “Ozod Po’latov” fermer xo’jaligi , shimoldan “Vohid
va Shohsanam” fermer xo’jaligi, g’arbda “Sarcha uchquni” fermer xo’jaligi bilan
janubdan “Shokir O’raqov” va “Komil raxmonov” fermer xo’jaligi bilan
chegaradosh. Xo’jalik Samarqand shahridan 20 km, Jomboy tumani markazidan
8 km uzoqda joylashgan.
Fermer xo’jaligini ixtiyoridagi jami 108 gektar maydon bo’lib ularning
hammasi haydaladigan maydonlardan iborat. 2011 yildagi ekinlar orasidagi
taqsimoti quyidagilardan iborat: don yekinlari 77 gektarni, paxta 19,7ga., 11,3
gektarni boshqa ekinlar tashkil qilgan. «Yulduz» fermer xo’jaligi tekis maydanda
joylashgan bo’lib harorat 38-46
0
gacha qishda -5;-10
0
gacha sovuq bo’ladi, yer
osti sizot suvlari 4-5 metr chuqurlikda joylashgan. Fermer xo’jaligi asosan
g’alla va paxta yetishtirish bilan shug’ullunadi. « Yulduz» fermer xo’jaligi
barcha mustaqil xo’jalik yurituvchi subyektlar singari moliyaviy hisobot tuzadi
va tegishli tashkilotlarda, ya’ni ststistika, soliq va moliya organlariga tegishli
tartibda hisobotlar topshiradi. Fermer xo’jaligida 12 ta xodim faoliyat ko’rsatadi,
shu jumladan bitta rahbar, bitta hisobchi va 10 nafar doimiy ishchidan iborat.
« Yulduz» fermer xo’jaligi yuqorida aytganimizdek g’alla va paxta ishlab
chiqarish bilan shug’ullanadi. Xo’jalikning umumiy holatini baholash va tahlil
etib xulosalar yozish uchun uning 2009- 2011 yillardagi hisobot
ma’lumotlaridan foydalandik.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
12
«Yulduz» fermer xo’jaligi asosan g’alla va paxta yetishtiriladigan maydon
salmog’i 94,8 foizni tashkil qiladi. Xo’jalikning umumiy holatining taraqqiyoti
shu ikki tarmoqning taraqqiyotiga bog’liqdir. Shuning uchun xo’jalik bo’yicha
umumiy xolatiga baho berish uchun shu ikki tarmoq ko’rsatkichlaridan
foydalandik, ya’ni ulurning asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan tannarx, mehnat
unumdorligi ekinlar hosildorligi foyda va rentabillik kabi ko’rsatkichlardan
foydalandik. Xo’jalikning umumiy holatiga baho berish uchun zarur bo’lgan
ma’lumotlarni 4- jadvaldan ko’rish mumkin.
4-jadvaldan ko’rinib turibdiki, xo’jalik foaliyatining umumiy holati 2011
yilda 2009 yilga nisbatan pasaygan. Bu to’g’risida pul tushimining, foydaning
hamda rentabillikning kamayishi ma’lumot beradi. Pul tushimini taxlil qilayotgan
davrda 1076 ming so’mga yoki 98,7% ga, yalpi foyda 1370 ming so’mga yoki
95,3%ga, rentabillik esa 3%ga kamaygan.Bu xo’jalik umumiy holatining
pasayganligini ifodalaydi. Ammo shuni qayd qilish kerakki, mavjud imkoniyatlardan
yetarli darajada xo’jalik foydalanilgan yoki boshqacha ifodalaganda fermer
xo’jalikning rentabelligi tumanning o’rtacha ko’rsatkichlaridan ancha yuqori
Rentabellikni yanada oshirish uchun tannarxni pasaytirish choralarni ko’rish zarur.
4-jadval
Jomboy tuman «Yulduz» fermer xo’jaligi umumiy holatini ifodalovchi
ko’rsatkichlarning qiyoslama tahlili.
№
Ko’rsatkichlar
2009
yil
2010
yil
2011
yil
o’zagrishi
miqdoriy
(+;-)
nisbiy
%
1
Asosiy fondlarning birlamchi
qiymati, ming so’m
76542
82195
62124
-14418
81,2
2
Asosiy fondlarning eskirishi
qiymati, ming so’m
14872
17151
11099
-3773
74,6
3
Mahsulot sotishdan tushgan pul
tushumi, ming so’m
80230
76850
79154
-1076
98,7
4
Mahsulot sotishdan tushgan sof
tushumi, ming so’m
80230
76850
79154
-1076
98,7
5
Sotilgan mao’sulotlar tannarxi,
ming so’m
51165
46158
51459
294
100,6
6
Mahsulot sotishdan kelgan yalpi
foyda, ming so’m
29065
30692
27695
-1370
95,3
7
Paxtani sotishdan tushgan
tushum, ming so’m
47954
46920
31896
-16058
66,5
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
13
8
Sotilgan paxta tannnarxi, ming
so’m
30125
29076
17116
-13009
56,8
9
Paxtani sotishdan olingan yalpi
fayda, ming so’m
17829
17844
14780
-3049
82,9
10 Debitorlik qarzlari, (yil oxirida)
shu jumladan o’tgani
3393
2092
1049
-2344
30,9
11 Kriditorlik qarzlar, (yil oxiri)
shu jumladan o’tgani
18736
12505
3040
-15696
16,2
12 Xo’jalik bo’yicha rentabillik, %
57
66
54
-3
punktga kamaygan
13 Paxta rentabilligi %
63
43
76
13
punktga oshgan
Manba: «Yulduz» fermer xo’jaligining 2010-2011 yil hisobotlari.
Xo’jalikning umumiy moliyaviy holatinining yaxshilanganligini debitorlik va
kriditorlik qarzlarning kamayganligi orqali ham isbotlash mumkin.Debitorlik
qarzlari xajmi 2011 yilda 1049 ming so’mni tashkil qilgan, ya’ni shu davrda
debitorlik qarzlar 30,9% ga kamaygan. Kreditorlik qarzlar hajmi ham keskin
kamaygan. 2011 yilda kreditorlik qarzlari so’mmasi 3040 ming so’mga yoki
16,2%gacha kamaygan.
Fermer xo’jalik paxta xom ashyosi yetishtirishdan yuqori rentabellikka
erishmoqda, bu ko’rsatkich keyingi yillarda ham oshib bormoqda.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
14
2-BOB.XARAJATLARNING IQTISODIY MOHIYaTI, DASTLABKI, SINTETIK
VA ANALITIK HISOB, TANNARXNI TAHLILI
2.1. Xarajatlarning iqtisodiy mohiyati, turkumlanishi va hisobning vazifalari
Mustaqillik yillarida davlat mulki xususiylashtirilib, hissadorlik jamiyatlari,
qo’shma korxonalar, mas’ulyati cheklangan jamiyatlar vujudga keldi. Shu bilan birga
ushbu korxonalar turli xil xo’jalik yuritish shakli sifatida: fermer xo’jaliklari, kichik
korxonalar, mikrofirmalar va boshqa xo’jalik yuritish shaklidagi korxonalar sifatida
faoliyat ko’rsatib, ularda mehnatni tashkil etishning turli shakllari qo’llanilmoqda.
Shu kabi iqtisodiyotimizdagi o’zgarishlar, faoliyatlar tubida bir maqsad turibdi, bu
ham bo’lsa iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirish.
Ushbu maqsadga erishish uchun korxonalar bir maromda, barqaror rivojlangan holda
faoliyat ko’rsatishlari lozim. Buning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar
o’z faoliyatlari natijasida ma’lum darajada, navbatdagi ishlab chiqarish jarayonini
davom ettirishlari uchun foyda olishlari lozim bo’ladi. Natijada, tabiiyki, har bir
korxona foyda olishni ko’paytirish yo’llarini izlab topishga harakat qiladi. Foydani
qanday bo’lishiga esa xarajatlar hajmi bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun
xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish korxona
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
15
moddiy resurslari va boshqa xarajatlari ustidan qanday nazorat o’rnatishga yordam
beradi.
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish bilan
bog’liq xarajatlarga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yoqilg’i, amortizasiya
ajratmasi, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq
boshqa xarajatlar kiradi.
Agar bir xil mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning jami
summasini ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlasak, ishlab chiqarilgan bir
birlik mahsulotning tannarxini topamiz. Tannarx ko’rsatkichi korxona faoliyatida
muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U qancha past bo’lsa, ishlab
chiqarish rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi. Tannarxga korxonaning hamma
xarajatlari qo’shilmaydi, ba’zi xarajatlari boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Masalan, korxonaning asosiy faoliyat daromadlari hisobidan davr xarajatlari
qoplanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha
ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari
bo’yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda
mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish
bilan bog’liq xarajatlarni o’z vaqtida, to’laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan
birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari
va pul mablag’lari ishlatilishi ustidan nazoratni o’rnatishdir.
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi islohoti amalga oshirilishi eng asosiy
masalalar bo’yicha o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. 1999-yilda «Mahsulot(ishlar,
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom»ning qabul qilinishi mamlakatimiz
buxgalteriya hisobida tubdan o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Ushbu Nizom
xarajatlarning mohiyati, korxonaning hisobot davridagi foydasi bilan bog’liqligidan
kelib chiqib taqsimlashni belgilab berdi. Bunday taqsimlash bozor iqtisodiyoti
xususiyatlaridan kelib chiqadi va buxgalteriya hisobi tizimimizni xalqaro miqyosda
qo’llanilayotgan «Direkt-kosting» hisob tizimiga ancha yaqinlashtirdi. Xarajatlar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
16
hisobining aynan shu tizimga yaqinlashtirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida
buxgalteriya hisobi bajarishi kerak bo’lgan vazifalardan kelib chiqadi.
Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobining asosiy
vazifasi tegishli foydalanuvchilarni axborot bilan ta’minlashdir. Foydalanuvchilarni
ichki va tashqi guruhga bo’linishi esa hisobning moliyaviy hamda boshqaruv
hisobiga bo’linishiga olib keladi. Xarajatlar haqidagi ma’lumotlar, birinchi navbatda,
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun zarurdir, ya’ni:
Mahsulot sotishdan tushgan tushum - Xarajatlar = Foyda
Bunday axborot kreditor, investor, bank, soliq inspeksiyasi kabi tashkilotlar
uchun katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, korxonaning daromad (foyda) solig’ini
xarajatlar haqidagi axborosiz hisoblash mumkin emas.
Korxona va uni boshqarish nuqtai nazaridan esa xarajatlarning umumiy
summasi, alohida ishlab chiqarish bo’linmalarining unumli hamda unumsiz
xarajatlari va boshqalar haqidagi axborotlar yig’ishni talab etadi. Shunday qilib,
xarajatlarni hisobga olish ham moliyaviy hisobning, ham boshqaruv hisobining eng
muhim qismlaridan biri ekan. Mana shu asosda xarajatlar hisobi oldidagi vazifalarni
aniqlash mumkin.
Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi foydalanuvchilarni korxona faoliyatining
moliyaviy natijalari, uning moliyaviy holati, xususan, mulkiy holati hamda to’lov
qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak, bu jihatdan, xarajatlar hisobi
oldida quyidagi vazifalar turadi:
-korxona faoliyati bilan bog’liq barcha xarajatlarni o’z vaqtida to’laligicha
hisobga olish;
-xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida hisob schyotlarda hamda hisobot
shakllarida to’g’ri aks ettirish va soliqlarni hisoblash uchun yetarli darajadagi
ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan,
ikki yoqlama yozuv asosida hisobga olish yetarlidir. Boshqaruv hisobining eng asosiy
xususiyati esa uning ma’lumotlari boshqaruv uchun foydaliligidir. Jumladan,
boshqaruv hisobi xarajatlar haqida shunday batafsil ma’lumotlarni berishi kerakki,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
17
toki uning asosida eng to’g’ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo
bo’lsin. Bu sohadagi xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda xarajatlar hisobi
haqidagi ma’lumotlarni korxona quyidagi holatda shakllantirishi kerak:
-xarajatlarni ularni paydo bo’lish joylari bo’yicha hisobga olish;
-xarajatlar hisobini javobgarlik markazlari bo’yicha tashkil qilish;
-xarajatlarni ularni paydo bo’lish obektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni
alohida mahsulot turlari bo’yicha jamlab berish.
Bu vazifalar boshqaruv hisobining asosiy vazifasini bajarishga imkon beradi.
Masalan, xarajatlarni ularning paydo bo’lish joylari va javobgarlik markazlari
bo’yicha hisobga olish eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon
yaratadi.
Fermer xo’jaliklarining o’simlikchilik tarmog’i asosiy tarmog’i hisoblanib,
aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni ozuqa va qayta ishlash
sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlaydigan muhim soha hisoblanadi. Fermer
xo’jaliklarining o’simlikchilik tarmoqlariga paxtachilik, Paxtachilik, sabzavotchilik,
bog’dorchilik, polizchilik, yopiq gruntda mahsulot yetishtirish va boshqa tarmoqlar
kiradi.
O’simlikchilik tarmog’ida buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish muhim
ahamiyatga ega. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda o’simlikchilik tarmog’ida
ishlab chiqarish jarayonlarini mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan
xarajatlarni qoplash davrini uzoqligi, ishlab chiqarishni tabiiy omillarga bog’liqligi
kabi omillar ta’sirini hisobga olish lozim.
O’simlikchilik tarmog’idan mahsulotlar olish uchun sarflanadigan xarajatlarga
urug’lik, o’g’it, mehnat haqi, ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar, o’simliklarni
himoya qilish vositalari, asosiy vositalar amortizasiyasi, ishlab chiqarishni boshqarish
va tashkil etish xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Xarajatlar tarkibi O’zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmatlar)
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»da belgilab qo’yilgan. Ushbu Nizomga
muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo’linib hisobga olinishi belgilangan:
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
18
-mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
-mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo’yicha hamda favqulodda xarajatlar
alohida hisobga olinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita material xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga
ega bo’lgan ustama xarajatlar.
Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri,
ya’ni bevosita o’tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Bilvosita, ya’ni egri xarajatlar deb,
hisobot oyi davomida yig’ib-taqsimlovchi schyotlarda hisobga olinib, tannarxni
kalkulyasiya qilishda, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko’rsatkichga
mutanosib ravishda taqsimlash yo’li bilan qo’shiladigan xarajatlarga aytiladi.
2.Davr xarajatlari (operasion xarajatlar):
a) mahsulot sotish xarajatlari;
b) ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari;
v) boshqa operasion xarajatlar va zararlar;
3.Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar:
a) foizlarni to’lash bo’yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operasiyalar bo’yicha kurslardagi salbiy farqlar;
v) qimmatbaho qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash natijasidagi
zararlar;
g) moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar;
4.Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq to’lagunga qadar
foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish
va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
19
va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Yuqoridagi xarajatlar
iqtisodiy mazmunga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
-ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;
-ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
-ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
-asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar
amortizasiyasi;
-ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi:
- Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy o’rniga qarab:
asosiy va doimiy xarajatlar.
- Tarkibiga qarab:
kompleks va bir elementli xarajatlar.
- Tannarxga o’tkazish usuliga qarab:
to’g’ri va egri xarajatlar.
- Ishlab chiqarish hajmiga qarab:
o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar.
- Yuzaga kelishiga qarab:
doimiy va bir vaqtli xarajatlar.
- Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab:
ishlab chiqarish va tijorat xarajatlar.
- Samaradorlikka qarab:
samarali va samarasiz xarajatlar.
Fermer xo’jaliklarida xarajatlar hisobining quyidagi asosiy vazifalari mavjud:
1. Fermer xo’jaliklari boshqaruvchilarini har bir ekin turi bo’yicha o’z vaqtida
ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan
ta’minlash.
2. Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlarni buxgalteriya hujjatlari va
hisob registrlarida o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirish.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
20
3. Taqsimlanadigan xarajatlarni xarajat obyektlari bo’yicha iqtisodiy asoslangan
holda taqsimlash.
4. Xarajatlarni xarajat obyektlari va xarajat moddalari bo’yicha to’g’ri hisobga olib
borish.
5. Ishlab chiqarish xarajatlari va olinadigan mahsulotlar ustidan doimiy nazoratni
olib borish.
6. Mahsulotlarni to’liq daromadga olinishi va saqlanishi ustidan nazorat olib
borish.
7. Har bir mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlashni ta’minlash.
2.2. Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlarini dastlabki, sintetik va analitik
hisobi hozirgi holati hamda ularni takomillashtirish
Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida
hisobga olish hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini ishonchliligi ko’p jihatdan
dastlabki hisobni tashkil etilishi va yuritilishiga bog’liq. Dastlabki hisob – bu
buxgalteriya hisobining xususiyatlaridan biri bo’lib, hujjatlar asosida ish yuritilishi
bilan bevosita bog’liq. Dastlabki hisob quyidagi uch elementdan iborat:
1. Dastlabki buxgalteriya hujjatlari.
2. Moddiy javobgar shaxsning kirim-chiqim daftari.
3. Moddiy javobgar shaxsning hisoboti.
Fermer xo’jaliklarida paxtachilik tarmog’idagi ishlab chiqarish xarajatlari va
mahsulot chiqishini hisobga olishda turli xil buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi.
Foydalaniladigan buxgalteriya hujjatlarini quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin:
1.Mehnat sarfini hisobga oluvchi hujjatlar.
2.Mehnat predmetlari sarfini hisobga oluvchi hujjatlar.
3.Mehnat vositalari sarfini hisobga oluvchi hujjatlar.
4.Mahsulot chiqishini hisobga oluvchi hujjatlar.
Fermer xo’jaliklarida dastlabki uch guruhga kiruvchi hujjatlarga paxtachilik
tarmog’idagi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi hujjatlarga kiradi. Bularga
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
21
«Ish vaqtini hisobga olish tabeli», «Mehnat va bajarilgan ishni hisobga olish
varaqasi», «Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblash hisob-kitobi», «Urug’ va ekish
materiallarini sarflash dalolatnomasi», «Mineral va organik o’g’itlar hamda
gerbisidlar va zaharli ximikatlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» va boshqa
hujjatlar kirib, ular ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda rasmiylashtiriladi.
Mehnat sarfini hisobga olish hujjatlarida paxtachilikda muayyan ishlarni
bajarish uchun sarflangan mehnat va hisoblangan to’lov aks ettiriladi.
Mexanizasiyalashtirilgan ishlarda traktorchi mashinistning hisob varaqalari (67-a va
67-b shakllar), mexanizasiyalashtirilmagan ishlarda mehnat hisobi va bajarilgan
ishlar varaqalari (66- va 66-a shakllari) qo’llanadi. Shuningdek, ishbay ishlarda
ishlangan vaqtni hisobga olish uchun – ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl)
qo’llanadi.
Mehnat predmetlari sarfi hisobga olinadigan hujjatlarda paxtachilikda
sarflangan turli moddiy qiymatlar: urug’, o’g’it, zaharli ximikatlar, gerbisidlar,
ehtiyot qismlar va hokazolarni qayd etadi. Ekishga sarflangan urug’ va ekish
materiallari urug’ va ekish materillarini sarflash dalolatnomasi (119-shakl), o’g’it,
zaharli ximikat va gerbisidlar sarfi – ma’danli, organik va bakterial o’g’itlar zaharli
ximikatlar va gerbisidlarni ishlatish to’g’risida dalolatnoma (118-shakl), mayda
inventar va buyumlar – ishlab chiqarish va xo’jalik inventari va buyumlarni hisobdan
chiqarish dalolatnomasi (126-shakl) bilan rasmiylashtiriladi va xokazo. Dastlabki
hujjatlar ko’rsatkichlari oy oxirida moddiy qiymatlar harakati haqidagi hisobotlarda
(121-shakl) umumlashtiriladi, shundan so’ng bo’linmalarning ishlab chiqarish
hisobotlariga moddiy qiymatlar sarfi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi.
Mehnat vositalari sarfini hisobga olish hujjatlari Paxtachilikda foydalanilgan
mehnat vositalari bo’yicha xarajatlar, xususan hisoblangan amortizasiya ajratmalari
aks ettiriladi. Bunga amortizasiyani hisoblash va taqsimlash bo’yicha turli hisob-
kitoblar: yil boshidagi holatiga ko’ra asosiy vositalar bo’yicha amortizasiya
ajratmalar hisob-kitobi (52-shakl) kelib tushgan va chiqib ketgan asosiy vositalar
bo’yicha amortizasiya ajratmalari hisob-kitobi (60-shakl), bir oylik amortizasiya
ajratmalarini hisoblash vedomosti (62-shakl), dehqonchilik tarmog’idagi asosiy
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
22
vositalari bo’yicha hisoblangan amortizasiyasi taqsimlash vedomosti (63-shakl). Bu
guruh bilan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash bo’yicha hujjatlar uzviy bog’langan.
Bularga mashinalarni ta’mirlash uchun nuqsonlar (defektlar) vedomosti (130-shakl),
joriy ta’mirlash xarajatlarini taqsimlash vedomosti taalluqlidir.
Mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo’yicha hujjatlar: don, texnik ekinlar,
sabzavot, meva, ozuqa kabi dehqonchilik tarmogi mahsulotlarini kirim qilish qayd
etiladi. Bularga: don ekinlari bo’yicha – don va boshqa mahsulotlarni daladan
jo’natish vedomosti (77-shakl), mahsulotni daladan olib chiqish yo’llanmasi (77-a-
shakl), donni talonli hisobga olish usulida talonlar (77-b,77-v,77-g-shakl), don va
boshqa mahsulotlarni qabul qilish reyestri (78-shakl), donni tarozibon tomonidan
qabul qilish reyestri (78-a-shakl), don va boshqa mahsulotlar harakati vedomosti
(80-shakl) kiradi. Paxtachilikda xarajatlarni hisobga olish bo’yicha ham, mahsulotlar
chiqishini hisobga olish bo’yicha ham ko’p miqdordagi xilma-xil hujjatlardan
foydalaniladi. Har bir guruh hujjatlaridagi ma’lumotlar ularga ishlov berilganda
ma’lum belgilariga ko’ra hujjatlarning harakatlanishi va ishlatilish tavsifiga ko’ra bir
tizimga solinadi. Mehnat sarflari hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari ish
haqi hisoblash va to’lash uchun har bir xodim hamda xodimlar toifasi bo’yicha ish
haqi fondidan foydalanishni nazorat qilish maqsadida umumlashtiriladi. Mehnat
predmetlarini hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari moddiy javobgar
shaxslar hamda moddiy qiymatlarning kelib tushishi va sarflanishi yo’nalishlari
bo’yicha bir tizimga solinadi. Mehnat vositalarining sarflanishi hisobga olinadigan
hujjatlarning ma’lumotlari bir turdagi asosiy vositalar guruhlari va turlari hamda
asosiy vositalardan foydalanish yo’nalishlari bo’yicha bir tizimga solinadi.
Mahsulotlar chiqishi hisobga olinadigan hujjatlar ma’lumotlari mahsulot turlari,
moddiy javobgar shaxslar, mahsulotning kelib tushish va sarflanish yo’nalishlari
bo’yicha bir tizimga solinadi.
O’simlikchilik ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga
oluvchi hujjatlar buxgalteriyada qayta ishlanib, «Ishlab chiqarish xarajatlari va
mahsulot chiqishini hisobga olish daftari»ga yozuvlar amalga oshiriladi. Daftarda har
bir ekin turiga alohida betlar ajratilgan bo’lib, xarajatlar va olingan mahsulotlar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
23
tegishli betlarga yoziladi. Ushbu daftar hisob registiri vazifasini bajarib,
o’simlikchilik tarmog’idagi har bir ekin turi bo’yicha xarajatlar va mahsulot
chiqishini alohida hisobga olishni ta’minlaydi.
Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobi
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida
ochilgan analitik schyotda hisobga olib boriladi. Bu schyot balansga nisbatan aktiv
schyot bo’lib, debetida paxtachilik tarmog’iga qilingan xarajatlari, kreditida esa
paxtachilik tarmog’idan olingan mahsulotlar hisobga olib boriladi. Paxtachilik
tarmog’idan olingan mahsulotlar yil davomida reja tannarxida hisobga olinib, yil
oxirida haqiqiy tannarxga tuzatiladi.
Fermer xo’jaliklarida paxtachilik tarmog’ining xarajatlari ham «Mahsulot (ish,
xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.Mahsulot(ish,xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar.
2.Asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari.
3.Moliyaviy faoliyat xarajatlari.
4.Favqulodda zararlar.
Xarajatlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi xarajat elementlari
deyiladi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar quyidagi xarajat elementlariga
bo’linadi:
1.Moddiy xarajatlar.
2.Mehnat haqi xarajatlari.
3.Ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar.
4.Asosiy va nomoddiy aktivlar eskirishi(amortizasiyasi).
5.Boshqa xarajatlar.
Xarajatlarni turlariga ko’ra guruhlanishi xarajat moddalari deyiladi.
Xarajatlarni xarajat moddalari bo’yicha hisobga olinishi boshqaruv hisobiga kirib,
xo’jalik yurituvchi subektlar ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
xarajat moddalari sonini o’zlari mustaqil belgilaydilar. Fermer xo’jaliklarida
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
24
Paxtachilik tarmog’idagi xarajatlar quyidagi 9 ta xarajat moddasi bo’yicha hisobga
olinadi:
1.Mehnat haqi ajratmalari bilan birga.
2.O’g’itlar.
3.Asosiy vositalar amortizasiyasi.
4.Urug’lik xarajatlari.
5.Ish va xizmatlar.
6.Yoqilg’i va moylash materiallari.
7.Sug’urta to’lovlari.
8.Umumishlab chiqarish xarajatlari.
9.Boshqa xarajatlar.
1.«Mehnat haqi ajratmalari bilan birga» xarajat moddasida bevosita
paxtachilikning texnologik jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga hisoblangan
asosiy va qo’shimcha mehnat haqi to’lovlari hamda hisoblangan mehnat haqiga
nisbatan ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar hisobga olib boriladi.
A) Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti –
Paxtachilik tarmog’i ishlovchilariga mehnat haqi hisoblanganda.
B) Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.
Kredit 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar» schyoti –Hisoblangan
mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy maqsadlar uchun ajratma hisoblanganda.
2. «O’g’itlar» xarajat moddasida paxta ekini uchun sarflangan mineral va
organik o’g’itlar sarfi hisobga olib boriladi.
Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.
Kredit 1090-«Boshqa materiallar» schyoti – Sarflangan mineral va organik
o’g’itlar qiymatiga.
3. «Asosiy vositalar amortizasiyasi» xarajat moddasida paxtachilik tarmog’ida
foydalanilgan asosiy vositalarga hisoblangan amartizasiya xarajatlari hisobga olib
boriladi.
Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
25
Kredit 0200 «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti –
Paxtachilik tarmog’ida foydalanilgan asosiy vositalarga eskirish (amortizasiya)
hisoblanganda.
4. «Urug’lik va ko’chat materiallari» xarajat moddasida ekish uchun sarflangan
urug’lik xarajati hisobga olib boriladi.
Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 1090- «Boshqa materiallar» schyoti – Sarflangan urug’lik qiymatiga.
5.«Ish va xizmatlar» xarajat moddasida paxtachilik tarmog’iga yordamchi
ishlab chiqarishlar ko’rsatgan xizmati va chet tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish va
xizmatlar xarajati hisobga olib boriladi.
A) Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 2310- «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyoti – Paxtachilik
tarmog’ida xo’jalikni o’z yordamchi ishlab chiqarishlari ko’rsatgan xizmat
summasiga.
B) Debet 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.
Kredit 6010- «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar» - Paxtachilik tarmog’ida chet tashkilotlarning ko’rsatgan xizmati
summasiga.
6. «Yoqilg’i va moylash materiallari» xarajat moddasida Paxtachilik
tarmog’iga sarflangan turli xildagi yoqilg’i va moylash materiallari xarajati hisobga
olib boriladi.
Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti..
Kredit 1030- «Yoqilg’ilar» schyoti – Sarflangan yoqilg’i va moylash
materiallari qiymatiga.
7. «Sug’urta to’lovlari» xarajat moddasida paxta hosilini turli tabiiy ofatlardan
sug’urtalash xarajatlari hisobga olib boriladi.
Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 6510- «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyoti –Hisoblangan sug’urta
to’lovlari summasiga.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
26
8.«Umumishlab chiqarish xarajatlari» xarajat moddasida Paxtachilik
tarmog’iga tegishli umumiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olib boriladi.
Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 2510- «Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari» schyoti –taqsimlangan
umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini Paxtachilik tarmog’iga tegishli qismiga.
9.«Boshqa xarajatlar» xarajat moddasida yuqoridagi moddalarda hisobga
olinmagan paxtachilik tarmog’ining boshqa to’g’ri xarajatlari hisobga olib boriladi.
Bunda xarajatlarning turlari bo’yicha tegishli buxgalteriya provodkalari tuziladi.
Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan mahsulotlar yil davomida reja tannarxida
baholanib daromadga olinadi. Yil oxirida qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni
haqiqiy miqdori aniqlangandan so’ng haqiqiy tannarx hisoblanib reja tannarxi haqiqiy
tannarxga tuzatiladi.
Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan mahsulotni daromadga olishda quyidagi
buxgalteriya provodka tuziladi:
1.Debet 2810 – «Ombordagi tayyor mahsulot» schyoti.
Kredit 2010–«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – don daromadga olinganda.
Sotilgan paxtaning yil oxirida kalkulyasiya farqiga (Agar haqiqiy tannarx reja
tannarxidan katta bo’lsa, farq summasiga «qo’shimcha yozuv» usulida, agar haqiqiy
tannarx reja tannarxidan kichik bo’lsa, farq summasiga «qizil storno» usulida)
quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi.
Debet 9110–«Sotilgan mahsulotlar tannarxi» schyoti.
Kredit 2010–«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Paxtachilik tarmog’iga qilingan xarajatlarni buxgalteriya schyotlarida aks
ettirilishini 1-chizmada ko’rishimiz mumkin.
Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan paxta xom ashyosi yil davomida reja
tannarxida baholab kirim qilinadi. Yil oxirida qilingan xarajatlar va olingan
mahsulotlarni haqiqiy miqdori aniqlangandan so’ng haqiqiy tannarx hisoblanib, reja
tannarxi haqiqiy tannarxga tuzatiladi.
Jomboy tumani «Yulduz» fermer xo’jaligida olingan hosil harakatini aks
ettirish bo’yicha tuzilgan buxgalteriya provodkalari va xo’jalikning moliyaviy
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
27
hisobotlarida faqat davlatga sotilgan 484 sentner paxtadan 14780 ming so’m daromad
olinganligi aks ettirilib, bunga quyidagicha buxgalteriya provodkalari tuzilgan:
1.Davlatga sotilgan paxtaning qiymatiga
Debet – 4010 «Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar»
Kredit – 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»-
14780 ming so’m
Do'stlaringiz bilan baham: |