davlat
va
shaxsga
koni foyda tarmoqlaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi “Yirik sanoat korxonalari
bilan kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani
kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni aholini ish bilan bandligini
ta’minlash borasida katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Kasanachilik mehnati turlari qatoriga
zamon talablariga mos – qayta ishlash va elektron sanoati, telekommunikatsiya, servis hamda
xizmat ko’rsatish tarmoqlari yumushlari ham kirib kelmoqda. 2007 yil boshidagi holatga ko’ra,
xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushi 42,1 foizni tashkil etdi. Prezident
Islom Karimov 2007 yil 12 fevralda ta’kidlaganidek, «Biz katta sarmoya talab qilmaydigan
kasanachilikni yo’lga qo’yish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan
turli xil dastgoh va uskunalarni qo’lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berdik. Natijada 60
ming odam, 60 ming oila qo’shimcha daromad manbaiga ega bo’ldi....”. “2007 yilning birinchi
yarmida qo’shimcha 96,1 ming kishi kasanachilikning turli shakllari bilan qamrab olindi. Bu
hisobot davridagi ish o’rinlari umumiy sonining 31 foizini tashkil qiladi. Korxona bilan
kasanachi o’rtasidagi kooperatsiya aloqasining o’rnatilishi natijasida: 1) Kasanachi oilalar
byudjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammo hal etildi. 2) Ish bilan band bo’lgan aholi
sonini qisqartirib, uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini berdi. 3) Kasanachi
faoliyati davri (agar u yakka tartibdagi kasanachi bo’lsa ham), ish staji hisoblanib, pensiya,
ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa olish huquqi bilan tahminlanadi. 4) Kasanachi o’z uyida huddi
oilaviy pudratdek vaqtdan unumli foydalanadigan bo’ldi. Bu kasanachiga ham foida (barqaror
daromad), korxonaga ham. 5) Kasanachi (ayniqsa, xotin-qizlar) uyda ham ishlab chiqarish bilan
shug’ullanishi, ham muhim davlat ahamiyatiga ega masalalardan biri – farzandlari tarbiyasi bilan
mashg’ul bo’lish imkoniga ega bo’ladi
23
.
Hozirgi paytda (2007 yil) respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo’jaligi faoliyat
ko’rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda
24
.
“O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish
vazifasi belgilandi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat
qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog’liqdir. Bu borada Prezident
I.A.Karimov “O’zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni
ta’kidlashni istardimki, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yo’li o’z mohiyat
22
Xalқ so’zi, 2016 yil 16 yanvar.
23
Jamiyat gazetasi, 2007 yil 24 avgust.
24 Karimov I.A. Yangilanish va barқaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil ҳarakat qilish, xalqimiz uchun
farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 4-b.
56
ehtiboriga ko’ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o’zgarishlarning asosiy
bog’lovchi bo’g’iniga aylandi”,
25
– deb ta’kidlaganlar.
Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida
uning iqtisodiy negizlarini mustahkamlashni tahminlaydi. Uning natijasida jamiyatdagi ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikni kafolotlovchi, iqtisodiy rivojlanishni tahminlovchi amalda o’rta mulkdorlar
sinfi shakllanadi.
Demokratik jamiyatga xos bo’lgan tadbirkorlikning rivojlantirilishi, iqtisodiyot tarkibiy
o’zgarishlarning birgalikda amalga oshirilishi tufayli O’zbekiston 1996 yildan boshlab iqtisodiy
o’sish yo’liga o’tdi. BMT Bolalar jamg’armasi (YuNISEF) buyurtmasiga ko’ra markaziy va
SHarqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlarida aholining ijtimoiy farovonligini tadqiq qilish
ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning amaldagi o’sishi 2002 yilda 1989
yilga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi. Ayni paytda Moldovada bu ko’rsatkich 38,4%,
Rossiyada 64,3%, Qozog’istonda 85,6% ni tashkil etgan
26
.
Mamlakatda iqtisodiy o’sishga erishganlik oqibatida aholini ijtimoiy himoya qilishga va
ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan xarajatlarning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 1997
yildagi 44,7 % dan 2003 yilda 46,1 % ga o’sgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga mahallalar berilayotgan bir oylik moddiy yordam
miqdori 1996-2002 yillarda 13,6 barobarga, bolali oilalarning bolalariga berilayotgan nafaqaning
o’rtacha oylik miqdori esa 20 barobardan ziyodga ko’paydi
27
. «Obod mahalla» yilida qabul
qilingan dastur asosida 1 milliard 200 million so’mlik xayriya yordami ko’rsatilgan. Ikki
yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat
tomonidan nafaqa tayinlandi. SHuningdek, 180 mingta kam tahminlangan oilaga qariyb 14
milliard so’m miqdorida yordam ko’rsatilgan
28
.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish
tizimi qayta ko’rib chiqildi. Valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari amalga
oshirildi va milliy valyutamiz – so’m 2003 yil 15 oktyabrdan joriy to’lovlar bo’yicha erkin
almashuvi amalga oshirila boshlandi.
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish jarayonlari mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat
qurishlishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan o’zaro bog’liqlikda amalga oshirilishi
oqibatida uning demokratik jamiyat qurishdagi rolini va ahamiyatini yanada kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |