O’zbekistonda
Parlament
taraqqiyotining
Yangi
bosqichlari.
O’zbekiston
Konstitutsiyasining II-moddasi bevosita davlat hokimiyati tizimining bo’linish printsiplari qonun
chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari 3 ta tarmog’i berilgan. Davlat hokimiyatining tashkil
etilishi qoidasiga ko’ra O’zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy Majlisning quyi
Qonunchilik palatasi amalga oshiradi.
Davlat hokimiyatining tashkil etilish printsiplaridan biri, biz boya aytganimizdek, Oliy
Majlis, ya’ni qonun chiqaruvchi hokimiyatdir. Bu hokimiyatni isloh qilish tug’risida 2002 yil 27
yanvarda referendum o’tkazib, unda ikki palatali parlamentni yuzaga keltirish masalasini
O’zbekiston fuqarolari qo’llab-quvvatlagan edilar.
2004 yil 26 dekabrda Oliy Majlisning quyi Qonunchilik palasiga va Mahalliy hokimiyat
organlariga (viloyat, tuman , shahar kengashlariga) saylovlar bo’lib o’tdi, qayta saylov esa 2005
yil 9 yanvarda utkazildi. O’zbekistonda 2005 yildan boshlab, uning davlat qurilishi siyosiy
hayotida yangi davr boshlandi. Ikki palatali parlament shakllantirildi. 2005 yil yanvarida Senat
ahzolari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ko’rsatildi va aniqlandi.
Umuman, O’zbekistonda saylov qonunchiligi, ya’ni parlament taroqqiyoti 4 bosqichni
bosib o’tdi: 1-bosqich Konstitutsiyamiz qabul qilungunga qadar davr bo’lib, bu davrda O’zR
Prezidenti
saylovi va Referendum to’g’risidagi qonunlar qabul qilindi. 2-bosqich
Konstitutsiyamiz qabul qilingandan to 1997 yilgacha davom etdi. Bu davrda “saylov tizimi”
shakllantirildi. 3-bosqich 1997 yildan – 2003 yillarni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda amaldagi
saylov qonunlariga ayrim o’zgartirishlar kiritildi. Markaziy saylov komissiyasi to’g’risidagi
qonunlar qabul qilindi. 4-bosqich 2003 yildan – 2005 yilgacha, bu davrda ikki palatali
parlamentni shakllantirish bilan bog’liq saylov qonunlariga o’zgartirishlar kiritildi va 2004 yil 26
dekabrdan Oliy Majlis qo’yi qonunchilik palatasiga saylov o’tkazildi.
Umuman parlament tomonidan qabul qilinadigan qonun ustuvorligi qo’yidagi uchala holat
bo’lgandagina to’liq o’z ifodasini topadi: 1) qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa narmativ
hujjatlar adolatga, inson huquqi va manfaatlariga
asoslangan bo’lishi shart; 2) bu qonunlar
barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq
bajarilishi zarur; 3) qonunlarga mos bo’lishi qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy
mexanizmlarini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |