Misol.
Ishlab chiqaruvchi korxona 100% oldindan to‘lov shartlarida 18 576 ming
so‘mga avtomobilni realizatsiya qildi, shu jumladan aktsiz solig‘i - 3 480 ming so‘m,
QQS - 3 096 ming so‘mni tashkil qildi. Avtomobilning zavodda belgilangan qiymati - 12
000 ming so‘m.
Avtomobildan
foydalanish
vaqtida
uning
texnik
nosozliklari
aniqlandi.
Ixtisoslashtirilgan avtoservis tomonidan berilgan ekspertiza xulosalari bo‘yicha
avtomobilni ta’mirlab bo‘lmaydi. Xaridor, shartnomaning bunday holatlarda avtomobilni
qaytarish mumkinligi to‘g‘risidagi bandiga tayanib, uni xarid qilingandan so‘ng 20
kundan keyin qaytardi.
Avtomobil xaridor tomonidan qaytarilganda korxona foyda solig‘i
(SK, 131-modda),
QQS
(205-modda)
va aktsiz solig‘i
(233-modda)
bo‘yicha soliq solinadigan baza
tuzatilishi lozim.
Avtomobilning qaytarilishi va bilvosita soliqlarni tuzatish hisobda quyidagi yozuvlar
bilan aks ettiriladi:
75
Do'stlaringiz bilan baham: |