Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi


Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/165
Sana15.01.2022
Hajmi2 Mb.
#368882
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   165
Bog'liq
soliq hisoboti

Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari: 

 
o‘z soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi; 

 
qonun  hujjatlariga  muvofiq  buxgalteriya  hisobini  yuritishi,  Moliyviy  va  soliq 
hisobotini tuzishi; 

 
davlat  soliq  xizmati  organlariga  va  boshqa  vakolatli  organlarga  imtiyozlar  olish 
huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi; 

 
soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar 
va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  hisoblab  chiqarish,  to‘lash  bilan  bog‘liq  hujjatlar  hamda 
ma’lumotlarni taqdim etishi; 

 
davlat  soliq  xizmati  organlarining  va  boshqa  vakolatli  organlarning  hamda  ular 
mansabdor  shaxslarining  qonuniy  talablarini  bajarishi,  shuningdek  mazkur  organlarning, 
ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart. 

 
Soliq agentlari yuqorida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari: 

 
soliq  to‘lovchilarga  to‘lanadigan  mablag‘lardan  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjetga va 
davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishi; 

 
soliq  to‘lovchilarga  to‘langan  daromadlarning,  ushlab  qolingan  hamda  byudjetga 
va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning 
hisobini  yuritishi,  shu  jumladan  har  bir  soliq  to‘lovchi  bo‘yicha  alohida-alohida  hisob 
yuritishi shart. 

 
Vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari Soliq kodeksi hamda boshqa qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Soliq  to‘lovlarini  to‘lash  majburiyati.  Soliq  to‘lovchining  muayyan  soliq  yoki 
boshqa  majburiy  to‘lovni  to‘lash,  shuningdek  Soliq  kodeksida  nazarda  tutilgan  holatlar 
bo‘lgan  taqdirda,  mavjud  soliq  qarzini  uzish  majburiyati  Soliq  to‘lovlarini  to‘lash 
majburiyati deb hisoblanadi. 
Soliq to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida etarlicha pul 
mablag‘lari  bo‘lgan  taqdirda,  tegishli soliq  yoki boshqa  majburiy to‘lovni to‘lash uchun 
bankka  to‘lov  topshiriqnomasi  taqdim  etilgan  paytdan  e’tiboran,  soliq  yoki  boshqa 
majburiy  to‘lov  naqd  pul  mablag‘lari  bilan  to‘langanda  esa  pul  summasi  bankka  yoki 
vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi. 
Soliq  to‘lovlari  summasini  o‘tkazish  uchun  to‘lov  topshiriqnomasi  soliq  to‘lovchi 
tomonidan  chaqirib  olingan  yoki  bank  tomonidan  soliq  to‘lovchiga  qaytarilgan  taqdirda, 
shuningdek agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu 


 
24 
soliq  to‘lovchining  hisobvarag‘iga  qo‘yilgan,  qonun  hujjatlariga  muvofiq  birinchi 
navbatda  bajarilishi  lozim  bo‘lgan,  bajarilmagan  talablar  mavjud  bo‘lsa  hamda  soliq 
to‘lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda etarlicha pul mablag‘lariga 
ega bo‘lmasa, Soliq to‘lovlari to‘langan deb hisoblanmaydi. 
Soliq  to‘lovlarini  to‘lash  majburiyati  soliq  kodeksining  10-bobida  belgilangan 
tartibda hisobga olish orqali ham bajarilishi mumkin. 
Soliq  agentining  ushlab  qolingan  summalarni  byudjetga  yoki  davlat  maqsadli 
jamg‘armalariga  o‘tkazishga  doir  majburiyati  yuqoridagilarga  muvofiq  bajarilgan  deb 
hisoblanadi. 
Soliq  to‘lovlarini  to‘lash  milliy  valyutada,  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 
hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi. 
Soliq  majburiyatining  soliq  to‘lovchi  tomonidan  bajarilmaganligi  yoki  Soliq 
kodeksida  belgilangan  tartib  buzilgan  holda  bajarilganligi  unga  nisbatan  soliq 
majburiyatining bajarilishini ta’minlash choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. 
Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan 
Soliq  kodeksida  belgilangan  tartibga  muvofiq  amalga  oshirilgan  hollarda  Soliq 
to‘lovlarini  to‘lash  majburiyati  davlat  soliq  organining  yozma  talabnomasi  olingan 
sanadan e’tiboran yuzaga keladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish