Matnli, ovozli va grafik axborotlarni kodlash


Axborotlarni kodlashning usullari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana15.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#368822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
NIMATOVRIXSITILLA

Axborotlarni kodlashning usullari

 

Semyuel  Morze  1837-yilda  elektromagnit  telegraf  qurilmasini  ixtiro  qilgan  va 



1838-yilda  shu  qurilma  uchun  telegraf  kodini  ishlab  chiqqan.  Unda  turli  harf  va 

raqamlar  nuqta  va  tirelarning  maxsus  ketma-ketligi  ko'rinishida  ifodalangan,  ya'ni 

axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi), 

"qisqa  signal"  (nuqta  yordamida  ifodalanadi),  "signalsiz"  (bo'shliq,  pauza  bilan 




ifodalanadi).  Mazkur  kodlash  usuli  hozirgi  kunda  ham  qo'llanib  kelinmoqda.  Morze 

kodlash usulini notekis (o'zgaruvchan) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar 

bu  usuldagi  ikki  yoki  undan  ko'p  belgilar  yordamida  ifodalanadi.  Umuman,  kodlash 

usulida  ishtirok  etgan  belgilar soni  (hajmi)  bir xil  bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar 

soni (hajmi) bir xil bo'lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi. 

 

 

Mazkur  usul  yordamida  "elektron"  so'zini  yozsak,  u  quyidagi  ko'rinishga  ega 



bo'ladi. 

 

 



Bir  tomondan,  Morze  usulida  belgilarning  turli  boshqa  belgilar  bilan  hamda 

ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo'llanilishiga to'siqlik 

qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki belgi - nuqta va tiredan iboratligi uni texnik 

vositalarda  qo'llash  imkonini  beradi.  Morze  usuli  notekis  kodlash  usuliga,  quyidagi 

usullar tekis kodlash usuliga misol bo'ladi. 

Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli - bizga ma'lum bo'lgan alifbodagi 

harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan iborat: 

 

 



Bu  usuldan  foydalansak,  masalan,  "Bugun  havo  lssiq"  degan  axborot  quyidagi 

ko'rinishni oladi: 

02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16 



Bu  holda  tinish  belgilari  va  boshqa  kerakli  belgilarni  ham  maxsus  sonlar  bilan 

ifodalash  va  ularni  matnga  kiritish  mumkin.  Alifbodagi  harflar  ketma-ketligini 

tartiblashning anchagina usuli mavjud. Masalan, quyidagi tartibni olamiz: 

 

 

Bu  aralashtirilgan  alifbo  usuli  deyiladi.  Havo  issiqligi  to'g'risidagi  yuqoridagi 



matn bu holda quyidagi ko'rinishni oladi: 

03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21 

Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta 

kodlash juda murakkab. 

Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo’lgan ko’rinishda 

ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir ma’lumotning bir 

ko’rinishidan  saqlash,  uzatish,  qayta  ishlash  oson  bo’lgan  boshqa  ko’rinishga 

o’tkazishdir.  Odatda  kodlashda  har  bir  shakl  alohida  belgi  bilan  taqdim  etiladi. 

Kompyuter faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi mumkin. 

Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir, priborlarning ko’rsatkichlari va 

boshqalar)  kompyuterda  qayta  ishlanishi  uchun  raqamli  formada  tavsiflanishi  kerak. 

Masalan,  musiqiy  tovushni  raqamli  formaga  o’tkazish  uchun,  ma’lum  chastotadagi 

tovush  intensivligini  katta  bo’lmagan  vaqt  oralig’ida  o’lchab,  har  bir  o’lchash 

natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter dasturlari yordamida qabul 

qilingan  ma’lumotlarni  o’zgartirish  mumkin,  masalan  turli  xil  tovushlarni  bir-biriga 

bog’lash. 

Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin. Kompyuterga 

kirishda  har  bir  harf  ma’lum 

son  bilan  kodlanadi

,  chiqishda  tashqi  qurilmalar(ekran 

yoki  printer)  inson  idrok  etishi  uchun  bu  sonlardan  harflarning  tasvirini  hosil  qiladi. 



Harflar to’plami va sonlarning mos kelishi belgilarni kodlash deyiladi. Qoidaga ko’ra 

kompyuterda  barcha  sonlar  nol  va  bir  yordamida  ifodalanadi(insonlar  qanchalik 

o’rganib qolishgan bo’lsa ham , o’nlik sanoq sistemasidan emas). Boshqacha aytganda, 

kompyuterlar bu qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun 

odatda  ikkilik  hisoblash  tizimida  ishlaydi.  Kompyuterga  sonlarni  kiritish  va  ularni 

o’qish uchun chiqarishda inson o’nlik formada amalga oshishiga o’rganib qolgan bo’lsa 

ham, barcha zarur o’zgartirishlarni kompyuterdagi dasturlar bajaradi. 




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish