bildirilgan, sonlarni ifodalashda ikkilik sanoq sistemasidan foydalanish va
foydalanilayotgan axborotlarni saqlash kabi g`oyalar hozirgi zamon hisoblash
1973-yildan boshlab EXM tarixining yangi saxifasi, personal kompyuterlar
saxifasi boshlandi. Shu yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan
birinchi personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973-yilda dunyoga tanikli
XEROX firma tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu
kompyuterda birinchi bulib fayllar va dasturlarni oynalar kurinishda ochish prinsipi
kullanilgan.
1977-yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy
kompyuterlar ommaviy ravishda chikarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar
plastmass korpus, klaviatura va displeyga ega bo`lgan.
1980-yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chikara
boshladi. Ushbu kompter ogirligi 11 kg, juda kichkina xajmga ega bo`lgan va narxi
atigi 1795 dollar bo`lgan.
1981-yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan
personal kompyuterlar seriyalab chikara boshlandi va butun dunyoga sotila
boshlandi. Shundan beri kompyuter x ayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni
qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga tanikli
buldi. Shuning uchun personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan
nomlanadi - IBM PC (personal computer).
Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u “hisoblovchi inson” demakdir. Garchand u
hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa
ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski
nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta
ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida
go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga
albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari
universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha
oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu
kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini
ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM
(hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz
soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning
amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli - analogli,
maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan
amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa
ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa
hozir
rivojlangan
mamlakatlarda
kompyuterlarning
besh
guruhi
keng
qo`llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi,
ma'lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga
bo`lish mumkin:
- super kompyuterlar (Super Computer);
- blok kompyuterlar (Manframe Computer);
- mini kompyuterlar (Minicomputer);
- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
- bloknot(noutbook) kompyuterlar.
Do'stlaringiz bilan baham: