5.
Kuzatib borish uchun qulay vositalar borligi (kuzatib borish deb DT ni
doim ishchan holda saqlab turishga va yangi modifikatsiyalarni kiritish jarayoniga
aytiladi);
6.
Puxtalik va to‘g‘rilik.
DT dagi maxsus xususiyatlar deb, yaratilayotgan vositaga bo‘lgan talablardan
tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Maxsus xususiyatlar ekspluatatsion va funksional
bo‘lishi mumkin. Ekspluatatsion maxsus xususiyatlar DT ning tezkorligi, sarf
qilingan xotira, puxtalik, kerakli texnik vositalar haqidagi ma’lumotlar kiradi.
Funksional maxsus xususiyatlar matematik va texnik xarakterga ega bo‘lishi
mumkin. Matematik va texnik xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Matematik maxsus
xususiyatlar hisoblash jarayonlarini aniqlaydi. ALT lar uchun texnik xarakterdagi,
ya’ni loyihalanilayotgan obyektni ishlash qobiliyatini, uning tezkorligini va
murakkabligini aniqlovchi maxsus xususiyatlar ham muhim hisoblanadi.
Yaratilgan
dastur,
matematik
xarakterdagi
maxsus
xususiyatlarni
qanoatlantiruvchi algoritmlarni xatosiz bajara olsa, bu dastur to‘g‘ri deyiladi. Agar
dastur texnik xarakterdagi maxsus xususiyatlarni qanoatlantirsa bu puxta deyiladi.
407
ALT ni dastur ta’minoti, ish jarayonida doimo yoki vaqti-vaqti bilan
ishlatiladigan dasturlar yig‘masidan iborat. DT ikki qismdan iborat: tizimli va
amaliy
Tizimli dasturlash – bu, EHM ishlash jarayonini ta’minlash uchun, EHM turli
tuzilmalari ishlashini tartibga soluvchi, EHM bilan foydalanuvchi orasidagi
muloqatni tashkil etuvchidir. U foydalanuvchiga yangi dasturlarni ishlab chiqish
uchun yordamni ta’minlash va boshqa funksiyalarni bajarish uchun zarur. Bu EHM
apparat vositalarini davom etuvchisidir. Ichki tizimli matematik ta’minotni
funksional ta’minlovchini, ishlatilishi bo‘yicha va ishlatiladigan uslublar bo‘yicha
ikki tizimga bo‘lish mumkin: operatsion va dasturlash tizimi.
Operatsion tizim – nosoz qismlar diagnostikasi, foydalanuvchi topshirig‘i
bo‘yicha masalalar echimini rejalashtirish, xotirada saqlash, protsessorlar, kanallar,
pereferiy qurilmalar kabi tizim zahiralarini taqsimlash kabi boshqaruv dasturlari
yig‘masidir. Operatsion tizim quyidagi masalalarni echish uchun mo‘ljallangan.
Operatsion tizim quyidagilarga mo‘ljallangan:
1)
bir masaladan ikkinchi masalaga avtomatik holda o‘tkazish imkoniyatini
oshirish, zahiralar tizimidagi bir necha masalalar bo‘yicha zaxiralarni samarali
taqsimlash, kirgizish, chiqarish operatsiyalarini bajarish;
2)
tizimni echimga ta’sirini kamaytirish (natijasini olish va ishlov berish
vaqtlari), bu esa inson bilan EHM orasidagi to‘g‘ridan- to‘g‘ri avtomatik aloqalarni
o‘rnatish va olingan natijalarga ishlov berishni boshqarishni cheklash bilan amalga
oshiriladi.
3)
dastur tuzuvchiga EHM ni ishlatishdagi yordam , bu esa ko‘p ishlatiladigan
dasturlarga oson kirish uchun til vositalari bilan muloqat qilish tizimi orqali
erishiladi.
4)
moslashuvchanlik - ishlatish doirasini kengaytirish yo‘nalishida tizimni
tartibli o‘sishi va moslashuvchanligini ta’minlaydi, bu esa operatsion tizimni
modulli tuzish va dasturlashni turli vositalar mavjudligi orqali ta’minlanadi.
Hozir foydalanuvchi dasturi operatsion tizimga murojaatni o‘z ichiga oladi.
Buning uchun esa operativ (tezkor) xotirada saqlashni xajmi zarur.
408
Dasturlash tizimi – bu dasturlarni yo‘lga qo‘yish va loyihalashni
avtomatlashtirishni taminlovchi vositalarning yig‘masi. Bu dasturlash tillari, biror
bir algoritmik tilda yozish translyatorlari, maxsus dastur texnik dasturlarni
avtomatik o‘tkazish,sintaktik xatolarni aniqlash va bosish uchun yordamchi
dasturlar, standart dasturlar kutubxonasidir. Ko‘p xollarda kutubxonaga -
redaktorlangan dasturlar, ko‘p ishlatiladigan son uslublari va algoritm dasturlari,
matritsadagi murojaat, tizimli chiziqli-differensial tenglamalar echimi, nochiziq
integral, differensial tenglamalarni sonli echimi, funksiyaning ekstremalini
aniqlash va boshqalar kiradi.
Tizimli dastur tuzish orqali hisob texnikasi vositalarini samarali ishlatish
bo‘yicha sharoit yaratishadi, lekin foydalanuvchi qo‘ygan masalalarini aynan echib
beradi. Bular yordamchi dasturlar, ya’ni aniq masalalarni echishga qaratilgan
dasturlardir.
Berilganlarni qayta ishlash asosini alohida dasturlar emas, balki amaliy
dasturlashni ishlatish va aniqlash uchun zarur hujjatlar bilan birgalikdagi dasturlar
majmuasidir.
Qayta ishlovchi dasturlar dasturli-amaliy dasturlashni EHMda ishlatish uchun
tayyorlashga xizmat qiladi va berilgan dasturlarni uzatish, ular tekshirish va
kiritishni o‘z ichiga oladi. Berilgan dasturlar algoritmik tillarning birida yozib
olinadi va loyiha dasturidan mashina tiliga o‘tkaziladi.
Operatsion tizim dasturlaridan farqli foydalanuvchi dasturlari amaliy yoki
muammoli dasturlar deb ataladi. Demak, operatsion tizimga nisbatan ALT ning
maxsus dasturlash ta’minotining hamma dasturlari amaliy hisoblanadi.
Operatsion tizim ikki gurux dasturlarini o‘z ichiga oladi:
1) qayta ishlovchi dasturlarni tayyorlovchi tizimni yoki tashqi dasturlash
ta’minotini o‘z ichiga oladi;
2) boshqaruvchi dasturlarni bajarish guruxini yoki ichki dasturlash ta’minotini
o‘z ichiga oladi.
409
Maxsus DT
DT ning strukturaviy sxemasi:
Haqiqiy modul
Kutubxona moduli
Ishchi dastur
.
7.8-rasm. DT ning struktura sxemasi
Mavjud operatsion tizim universal (har tomonlama), ya’ni turli masalalarni
yechishga qaratilgan hisoblanadi. Ko‘p ishlatiladigan masalalar - bu iqtisodiy
axborotga ishlov beruvchi masalalardir. Lekin bunday universallik tizimlarni aniq
belgilangan masalalarni echishdagi optimallik nuqtai- nazardan uzoqlashtiradi. Bu
ma’noda mavjud operatsion tizim ALT da ishlatish uchun optimal hisoblanmaydi.
ALT T ning umumiy dasturiy ta’minlashni yaratish uchun ikki xil amaliy
imkoniyati bor:
1. Universal OT (operatsion tizim) o‘rniga muammoni echishga qaratilgan
OTni tuzish;
2. Ierarxik satxdagi qurilgan universal OTni dasturli ta’minlashni, eng yuqori
satxda va keyingi satxlarda bo‘ysingan «kiritilgan» OTlarda ishlatish.
Умумий ДТ
Operatsion tizim
Boshqaruvchi tizimlar
Ishlov beruvchi dasturlar
Dasturli-amaliy dasturlash
.
Kompilyator dasturlar
Kutubxona moduli
410
Birinchiga yondashishda quyidagicha yondashish mumkin:
a) OT ishlashi uchun ketadigan xotira sarf-xarajatlarini va FIK ni oshirish;
b) OT taqdim etgan va masalalarni boshqarishdagi til vositalarida ko‘rsatilgan
xizmatlar turi va hajmini optimallashtirish;
d) loyihachilarga zarur bo‘lgan avtomatik ish joylariga mulьti yondashishni
amalga oshirish.
Lekin bunday yirik va universal bo‘lgan operatsion tizimni narxi juda kata.
Shuning uchun bunday paytda ikkinchi yondashuv qo‘llaniladi, bu xolda universal
OT da taqdim etilayotgan hamma xizmatlar va imkoniyatlar saqlanib qolinadi, bu
esa ALT da uchrab turadigan nostandart holatlarda qulaydir. ALT uchun taalluqli
bo‘lgan umumiy dasturlash ta’minoti talablari ALT monitor tizimini – «kiritilgan»
OT yaratishda qoniqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |