ALT larda MB ni tashkil qilishga talablar.
ALTlarning MB sidan
foydalanish asosiy maqsad, amaliy dasturlar yaratish jarayonini osonlashtirish,
yangi qism tizimlarini tizimga birlashtirishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish,
ularni tez moslashtira olish imkoniyatini amalga oshirishdan iborat.
ALS larni MB ni yaratishda asosan quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
1)
MB da ma’lumotlarni ichki strukturalarini tasvirlash imkoniyati bo‘lishi
kerak. MB dan foydalanishda, uning elementlari o‘rtasidagi turli ko‘rinishdagi
bog‘lanishlarni mavjudligi, kerakli ma’lumotlarni oson qidirib topish va
ma’lumotlar bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishda uning ichki strukturasini
bilish muhim hisoblanadi.
2)
Ma’lumotlar bilan ishlaydigan vositalar yuqori unumdorlikka ega bo‘lishi
kerak. Foydalanuvchi yoki amaliy dasturning so‘roviga bo‘lgan reaksiya, aniq
chegaralanishi boshqa tizimlarga qaraganda juda muhim hisoblanadi. Tizimning
unumdorligi esa foydalanuvchilar terminallari soni va loyihalovchi QT larining
ADP lari soniga bog‘liqdir.
3)
MB dan foydalanish xotiradan juda ko‘p joy sarf qilishga olib kelmasligi
kerak. Xotiradan ketadigan sarfni kamaytirish uchun, MB ni tashkil qilishda, tashqi
xotiraga (TX) murojat qilishlar sonini minimallash metodlari tanlanadi.
398
4)
Mb da ortiqcha ma’lumotlarni iloji boricha minimallash kerak. Ortiqcha
ma’lumotlar qo‘shimcha xotira va qo‘shimcha qidirish vaqtini taqazo etadi.
5)
MB da ma’lumotlarni qidirishning turlicha yo‘llari bo‘lishi kerak. MB dan
axborot izlash moslanuvchan va tezkor bo‘lishi kerak.
6)
ALT larni MB dan ma’lumotlarni to‘liqligi doimo kafolatlanib
foydalanishni bilmasliklari tufayli MB buzilib qolmasligini, biron-bir ta’sirdan
ma’lumot buzilsa ham avtomatik holda tiklash tadbirlari amalga oshirilishi kerak.
7)
MB da ma’lumotlarni maxfiyligi va xavf-xatardan xolis bo‘lishligi
ta’minlanishi kerak. Ma’lumotlarga havf-xatar deganda, bu ma’lumotga ega
bo‘lish xuquqi bo‘lmagan shaxslarni tasodifiy yoki bilib turib unga ega
bo‘lishlaridan ximoyalash tushuniladi. Ma’lumot maxfiyligi deyilganda, bu
ma’lumotlarni foydalanuvchilarga qanday qilib va qancha miqdorda yuborishni
alohida shaxs yoki tashkilotni xal qilishi tushuniladi. Ma’lumotlarning
maxfiliyligini ta’minlash uchun, MBni tashkil qilishda texnik muammolarga
bog‘liq bo‘lmagan tadbirni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Masalan bunday maqsad
uchun dialogli kiritish qurilmalaridan foydalanish mumkin.
8)
MB, oldin tashkil qilingan ma’lumotlar va dastur bilan yangi tashkil
etilgan ma’lumotlar va dasturlar mos tushadigan qilib loyihalanishi kerak.
Ma’lumotlarni ozgina o‘zgarish, APD larini o‘zgarishiga olib kelmasligi kerak. Bu
talabni amalga oshirish uchun amaliy dasturlarda ma’lumotlarni mantiqiy
tasvirlanishi ularni fizik tasvirlashdan ajratib olish kerak bo‘ladi. Bu ko‘rinishda
tasvirlashdan boshqa ko‘rinishda tasvirlashga o‘tishni MBBT bajaradi. SHu orqali
ma’lumotni fizik bog‘liq emasligi ta’minlanadi.
9)
Tizimda MB ni unumdorligini oshirish uchun rekonstruksiya (sozlash)
qilish vositasi qatnashishi kerak. MB da sozlash vazifasini MB administratori
amalga oshiradi. Administrator (Dasturlovchi) ma’lumot to‘lqinligi saqlash uchun
kerakli o‘zgartirishlarni kiritadi.
10)
MB da ma’lumotlar aralashib ketgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni
aralashib ketishi deganda ularga bo‘lgan talabga qarab, ularni boshqarish, saqlash
jarayoni tushuniladi. Alohida ma’lumotlar aloxida turdagi xotiralarda saqlanadi.
399
Kam ishlatiladigan ma’lumotlar esa arzonroq xotira qurilmalarida aralash holda
saqlanadi.
11)
Ma’lumotlarni mantiqiy izohlash vositalari oddiy bo‘lishi kerak. Bu
talabni tashkil qilish uchun MB ALT larida ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida
mantiqiy izohlashdan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunday izohlashda HT ni
bilmaydigan foydalanuvchi ham MB dan foydalana oladi.
12)
MB bilan muloqat qiluvchi vosita juda oddiy bo‘lishi kerak.
Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar joylashgan fayllar va ularni adreslari haqidagi
ma’lumotlarni bilishlarining hojati yo‘q bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni chaqirish
uchun dastur tuzulishning ham hojati bo‘lmasligi kerak. Bu talabni qondirish
uchun qondirish uchun ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tili yaratiladi, bu esa
ma’lumotlar «menyu» sini yaratish imkoniyatini beradi.
Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarning asosiy xususiyati ularni
strukturalashtirilganligidadir.
Ma’lumotlarning umumiy strukturasi izoh MB konseptual modeli (sxema)
deb ataladi. MB sxemasida uning ba’zi cheklangan amaliy dasturlar guruhiga
xizmat ko‘rsatuvchi qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunday izohlar MB
qism sxemasi deyiladi.
Loyihalashni avtomatlashtirish uchun ma’lumotlar modelini tashkil qilish
kerak bo‘ladi. Ma’lumotlar modeli, bu ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, ularning
o‘zaro bog‘liqligini tasvirlaydi va ALT da echilishi kerak bo‘lgan barcha
masalalarni echishda foydalaniladi. Bunday model cheksiz, mavhum turli tuman
real obyektlarni turlicha saviyalariga javob beruvchi uchta darajaga ega. Birinchi
darajada shu turli-tuman obyektlardan, aniq masalalar doirasini echish uchun
kerakli bo‘lgan obyektlar ajratilib olinadi va ma’lumotlar mantiqiy (axborotli)
strukturasi tashkil qilinadi. Ikkinchi darajada bu struktura EHM xotirasida bevosita
tasvirlash mumkin bo‘lgan va dasturlar yordamida qayta ishlash mumkin bo‘lgan
ma’lumotlar fizik strukturasiga aylantiriladi. Uchinchi daraja esa ma’lumotlar
elementlarini mashina ichiga joylashtirishni tasvirlaydi.
400
Ma’lumotlar strukturasi – bu ma’lumotlar elementlari yoki guruhlarning bir-
birlari bilan bog‘lanishi qoidalari to‘plamidir. Ma’lumotlar strukturasi
loyihalovchini qiziqtiradigan ma’lumot elementlari haqida hech qanday ma’lumot
bermaydi. Loyihalovchilar ma’lumotlarni mantiqiy strukturalarini tasvirlash
imkoniyatlari haqida va ularni ALT larda ishlatilishi haqida tasavvurga ega
bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |