Intellektual kimyoviy datchiklar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan
datchiklar.
Sezgir elementning elektr tavsiflariga ta’sir ko‘rsatish tipi bo‘yicha
to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan datchiklar
konduktometrik
(o‘zgaruvchi
parametr – sezgir elementning qarshiligi yoki impedansi),
amperometrik
(o‘zgaruvchi parametr – sezgir element orqali oqib o‘tadigan tok) va
potensiometrik
(o‘zgaruvchi parametr – elektrodlar juftligidagi kuchlanish)
datchiklarga bo‘linadi. Mos keluvchi elektron sxemalar yordamida o‘zgaruvchan
parametrlarni osongina bir shakldan boshqasiga aylantirish mumkin. Ularning
bazasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan datchiklarni amalga oshirish mumkin
bo‘lgan ko‘plab kimyoviy va fizikaviy reaksiyalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |