Shishalar.
Shisha – bu qattiq amorf material bo‘lib, kremniy dioksidi va
asosiy oksidni eritish bilan tayyorlanadi. Garchi uning atomlari hech qachon
kristall strukturani tashkil qilmasada, shishada atomlararo masofalar etarlicha
kichik. Shishaning asosiy xususiyatlari shaffoflik, har xil rangga bo‘yash
mumkinligi, mustahkamlik va ftorvodorod kislotasidan tashqari aksariyat
kimyoviy reagentlarga barqarorlik bo‘lib hisoblanadi. Aksariyat shishalar silikat
asosida amalga oshiriladi va uchta asosiy tarkibiy qism – kremniy oksidi (SiO
2
),
ohaktosh (CaCO
3
) va natriy karbonatdan (NaCO
3
) tayyorlanadi. Nosilikat shishalar
– bu fosfat shishalar (kislotalarga bardoshli), issiqlik yutadigan shishalar (FeO dan
ishlangan) va alyuminiy, vanadiy, germaniy va boshqa metallarning oksidlariga
asoslangan tizimlardir. Bunday maxsus shishalarga o‘rta va uzoq IQ spektral
diapazonda shaffof bo‘lgan va optik qurilmalar tarkibida foydalaniladigan, AMTIR
sifatida ma’lum bo‘lgan mishyak uchsulfat (As
2
S
3
) misol bo‘la oladi.
Bor-silikat shishalar –
shishalarning eng qadimiy tipi bo‘lib hisoblanadi,
harorat o‘zgarishlariga juda barqaror. Bunday shishalarda SiO
2
molekulalarining
bir qismi bor oksidi bilan almashtiriladi. Bor-silikat shishalar past issiqlikdan
kengayish koeffitsiyentiga ega, bu ulardan optik oynalarni tayyorlash uchun
foydalanish (masalan, teleskoplar uchun) imkonini beradi.
Qo‘rg‘oshin-ishqorli shishalar
(yoki shunchaki qo‘rg‘oshinli) ularning
sindirish koeffitsiyentini oshiradigan qo‘rg‘oshin monooksididan (PhO) tashkil
topadi. Bunday shishalar yaxshi elektr izolyatorlar bo‘lib hisoblanadi. Datchiklarni
tayyorlashda ulardan optik darchalar va prizmalar, shuningdek yadro
nurlanishlaridan himoyalaydigan ekranlar tayyorlanadi. Boshqa shishalar
alyumosilikat shishalar asosida amalga oshiriladi, ularda Al
2
O
3
kremniy
oksidining, 96% li kremniy oksidi va erigan kremniy oksidining ba’zi bir
molekulalarini siqib chiqaradi.
Boshqa bir sinf – bu
yorug‘lik sezgir shishalardir
, ular uchta turda ishlab
chiqariladi. Fotoxromatik shishalar UB nurlanish ta’siriga tortilganda qorayadi,
nurlanish to‘xtaganda yoki shisha qiziganda esa oqaradi. Ba’zi bir fotoxromatik
kompozitsiyalar haftalab, hatto oylab qoraygan holda qolaveradi. Qolganlari
238
nurlanish manbai olingandan keyin bir necha minutdan keyin oqaradi. Fotosezgir
shishalar UB nurlanishga turlicha reaksiya ko‘rsatadi. Agar ular nurlatishdan keyin
qizdirishga tortilsa, qo‘ng‘ir rangga kiradi. Bu shisha strukturada ba’zi bir
bezaklarni yaratish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu qo‘ng‘ir shishalar
kislotalarda yaxshi eriydi, bu ularga eritib quyish texnologiyasi bo‘yicha ishlov
berish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |