Mavzu: 2017-2021 yillarda qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik, favqulotda vaziyatlar xizmatlari tizimidagi isloxotlar Reja



Download 209,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.01.2022
Hajmi209,29 Kb.
#368647
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu fd1e62aa0304043a29afb6161bf7a317



Mavzu: 2017-2021 yillarda qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik, 

favqulotda vaziyatlar xizmatlari tizimidagi isloxotlar 

Reja: 

1.

 

Xarbiy, ichki ishlar ta'lim tizimini takomillashtirish, xarbiy va ichki ishlar 

xizmatchilarning ijtimoiy ximoyasini oshirish, Qurolli kuchlarni, davlat xavfsizligi 

xizmatini modernizatsiya kilish va qayta jixozlash. 

2.

 

Yangilanayotgan Uzbekistonda xarbiy ichki ishlar davlat xafsizligi va 

favkulotda vaziyatlar tizimidagi isloxotlar. 

 

Oʻzbekiston  respublikasi  qurolli  kuchlari

 —  Oʻzbekiston  Respublikasi  milliy 

manfaatlarini, suvereniteti,  hududiy  yaxlitligini  hamda  aholining  tinch  hayotini  himoya  qilish, 

urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va 

saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qoʻshilmalar va qismlarni oʻz ichiga oladi. 

Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa vazirligi tizimidagi qism va boʻlinmalar, Ichki ishlar 

vazirligining  ichki  va  qorovul  qoʻshinlari, Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi, Milliy  xavfsizlik 

xizmatining harbiylashtirilgan  qismlari, Chegara  qoʻshinlaridan tashkil  topgan.  1991-yil  31-

avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi 

sessiyasida  qabul  qilingan  «O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari 

to‘g‘risida»gi  Qonun  va  «O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  to‘g‘risida 

Bayonoti»da  ilgari  surilgan  tadbirlar  mamlakat  milliy  xavfsizligini  ta’minlash  va  davlatimiz 

mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir. 

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi  asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-

moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy 

gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova). 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan: 

XXVI bob. MUDOFAA VA XAVFSIZLIK 

125-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  O‘zbekiston  Respublikasining 

davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish 

uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi. 

126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada 

Qurolli Kuchlarga ega» 

O‘zbekiston  hukumati  mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  mamlakat  milliy 

xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentyabrdagi Farmoni bilan Mudofaa 

ishlari vazirligi tashkil etildi. 

1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat 

Xavfsizlik  Qo‘mitasi  (DXQ)  tugatilib,  uning  o‘rniga  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga 

bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi. 

1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi. 

1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa 

ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga mamlakat 

milliy  xavfsizligi  va  davlat  mudofaasini  tashkil  etishni  ta’minlashdek  g‘oyat  murakkab  va  ayni 

paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab 

chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi. 

Milliy  xavfsizlik  masalasining  davlat  siyosati  va  uning  uzoq  yillarga  mo‘ljallangan 

strategiyasi  mamlakat  Oliy  Majlisining  1995-yil  24-fevralda  bo‘lib  o‘tgan  birinchi  chaqiriq 

birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi. 

1995-yil  1-mayda  birinchi  Prezident  I.Karimov  Farmoni  bilan  O‘zbekiston 

Respublikasining Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi. 



Milliy  xavfsizlik  Kengashi  mamlakatimizda  milliy  xavfsizlikni  ta’minlash  masalalarini 

o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi 

hisoblanadi. 

1996-yil  24-aprelda  Oliy  Majlisning  beshinchi  sessiyasida  to‘rt  bo‘lim,  yigirma  sakkiz 

moddadan  iborat  bo‘lgan  «Milliy  xavfsizlik  to‘g‘risida»gi  Qonun  loyihasi  muhokama  qilindi. 

Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi 

vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay 

yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq 

to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi 

Qonunni qabul qildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  vujudga  kelishida  O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 

1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq 

to‘qqizinchi  sessiyasi  Qarori  bilan  respublika  hududida  joylashgan  sobiq  Ittifoq  Qurolli 

Kuchlarining  barcha  qismlari,  qo‘shilmalari,  harbiy  o‘quv  yurtlari,  muassasa  va  tashkilotlari 

O‘zbekiston  Respublikasi  tasarrufiga  olindi  va  ular  moddiy-texnika,  mablag‘  bilan 

ta’minlanadigan bo‘ldi. 

Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri 

amalga oshirildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1992-yil  3-iyulda  bo‘lib  o‘tgan  o‘ninchi 

sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va 

«Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, Shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni 

va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi. 

Davlatimizning  harbiy  sohadagi  tashqi  siyosatining  asosiy  yo‘nalishlari  1996-yil  26-

dekabrda  qabul  qilingan  «O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosati  faoliyatining  asosiy 

tamoyillari»  haqidagi  Qonunda  mujassamlangan.  Qonunda  «O‘zbekiston  hech  qanday  harbiy-

siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har 

qanday  halqaro  tashkilotlardan  chiqish  huquqini  o‘z  ixtiyorida  qoldiradi»  deb  qonuniy 

rasmiylashtirilgan.  Bu  Qonun  O‘zbekistonning tinchliksevarlik  siyosatini,  uning  dunyo 

hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari 

va  boshqa  harbiy  qismlardan  iborat.  U  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini, 

hududiy  yaxlitligini,  aholisining  tinch  hayot  kechirishini  va  xavfsizligini  ta’minlashga 

qaratilgandir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  davlatni  himoya  qilishda  butun  mudofaa 

tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi: 

Quriqlikdagi qo‘shinlar. 

Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari. 

Maxsus qo‘shinlar. 

Milliy gvardiya brigadasi. 

Chegara va ichki qo‘shinlar. 

Milliy xavfsizlik xizmati. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar. 

1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 

13-yanvar  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoniga  binoan  O‘zbekiston 

Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi. 

Qurolli  Kuchlarni  joylashtirish  (dislokatsiya)  O‘zbekiston  Respublikasi  hududlari, 

chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida 

ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ 

rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 

Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasining  93-moddasi  20-bandiga  muvofiq  Prezident  mamlakat  Qurolli  Kuchlarining 




Oliy  Bosh  qo‘mondoni  hisoblanadi,  Qurolli  Kuchlarning  oliy  qo‘mondonlarini  tayinlaydi  va 

vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. 

«Mudofaa  to‘g‘risida»gi  Qonunga  muvofiq  Prezident  mamlakat  mudofaa  qobiliyatini 

ta’minlash,  qurolli  tajovuz  bo‘lgan  hollarda  davlat  suvereniteti,  hududiy  yaxlitligi  va 

mustaqilligini  himoya  qilish  yuzasidan  zarur  chora-tadbirlar  qabul  qiladi,  Mudofaa  vazirini 

tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va 

buyruq beradi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-

yil  12-dekabr)  «Umumiy  harbiy  majburiyat  va  harbiy  xizmat  to‘g‘risida»  hamda  «O‘zbekiston 

Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur 

qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. 

Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi 

 

Mamlakatimiz  mudofaa  salohiyatini  mustahkamlashni  Oʼzbekistonni  rivojlantirish 

boʼyicha  Harakatlar  strategiyasining  ustuvor  yoʼnalishlaridan  biri  sifatida  belgilab  oldi. 

Strategiyaga  binoan  2017  yilda  boshqa  sohalar  qatorida  harbiy  qurilish  borasida  ham  keng 

koʼlamli oʼzgarishlar amalga oshirildi. Qisqa muddatda dastlabki aniq natijalarga erishdik va 

yangilanayotgan Qurolli Kuchlarimiz boʼyicha strategik yondashuvni ishlab chiqdi. 

• 

Birinchidan,  tashqi  siyosatimizning  moslashuvchanlik  va  ochiqlik  printsiplariga, 



eng asosiysi, qoʼshni davlatlar bilan doʼstona va amaliy munosabatlarni rivojlantirish, Vatanimiz 

suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdek biz uchun ustuvor boʼlgan tamoyillarga tayangan 

holda,  mamlakatimiz  Mudofaa  doktrinasi  sifat  jihatidan  yangilandi.  Bu  doktrinaning  maʼno-

mazmuni birinchi marta ochiqlik xususiyatiga ega boʼldi. Bu esa bizning mudofaa siyosatimizning 

ochiqligini namoyish etmoqda. Doktrinada Oʼzbekistonning mudofaa sohasidagi siyosati boʼyicha 

printsipial  yondashuvlar,  ularni  qoʼllash  asoslari,  Qurolli  Kuchlar  oldida  turgan  vazifalar, 

shuningdek,  milliy  armiyamiz  qurilishi  va  rivojlanishini  davom  ettirish  boʼyicha  istiqbolli 

yoʼnalishlar belgilab berildi. 

• 

Milliy  gvardiya  mamlakat  xavfsizligini  taʼminlash  tizimidagi  muhim  boʼgʼinga 



aylandi va Qurolli Kuchlar tarkibiy qismlari bilan yaqin hamkorlik oʼrnatdi. 

•      oxirgi 15-20 yil davomida jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash masalalariga notoʼgʼri 

yondashuv  tufayli  bu  muhim  masala  eʼtiborimizdan  chetda  qolib  keldi.  Jumladan,  Xavfsizlik 

kengashi ham bunga yetarlicha eʼtibor bermaganini ochiq aytish kerak. Bu tizimning aniq egasi 

boʼlmagan,  bu  masalalar  bilan  shugʼullanadigan  boʼlinmalar  goh  Ichki  ishlar  vazirligi,  goh 

Mudofaa vazirligi tasarrufida boʼlib kelgan. Shu sababli ushbu boʼlinmalar oʼz oʼrnini topolmadi. 

Jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash boʼyicha oʼquv mashqlari deyarli oʼtkazilmagan. Tezkor 

vazifalarni  bajarish  zarur  boʼlgan  paytda  turli  byurokratik  toʼsiqlarga  duch  kelingan.  Natijada 

tezkor qarorlar oʼz vaqtida qabul qilinmagan, vazifalar samarali bajarilmagan. 

• 

Holbuki,  butun  dunyoda  mamlakat  ichida  tartib-intizom  va  jamoat  xavfsizligini 



taʼminlash bilan armiya emas, Mudofaa vazirligi emas, balki alohida tuzilmalar shugʼullanadi. 

• 

Maʼlumki, bugungi kunda biz «Xavfsiz shahar – xavfsiz mamlakat» kontseptsiyasi 



asosida yurtimizda jamoat tartibini taʼminlashga qaratilgan katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. 

Shu munosabat bilan mana shu yangi tuzilma, yaʼni, 



Milliy gvardiya tashkil etildi



Endi bundan 



buyon  har  bir  shahar  va  viloyatda  xavfsiz  hudud  loyihasini  amalga  oshirish,  jamoat  tartibini 

saqlash  uchun  Ichki  ishlar  vazirligi  bilan  birga  Milliy  gvardiya  masʼul  va  javobgar  etib 

belgilanadi. Bu vazifalarni bajarish uchun Milliy gvardiya joylardagi davlat hokimiyati idor

alari, 


jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. 

• 

Uchinchidan,  mamlakatimizdagi  barcha  turdosh  korxonalarni  birlashtirgan 



Mudofaa  sanoati  boʼyicha  davlat  qoʼmitasining  tashkil  qilinishi  milliy  mudofaa-sanoat 

kompleksini shakllantirish yoʼlidagi birinchi va muhim qadam boʼldi. 

• 

Shuni  ochiq  tan  olish  kerakki,  tegishli  ilmiy  va  sanoat  salohiyatiga  ega  boʼlgan 



holda, biz 25 yil davomida mamlakatning mudofaa-sanoat kompleksini tashkil qilishga umuman 


eʼtibor  qaratmadik.  Bu  esa,  tabiiyki,  Qurolli  Kuchlarni  harbiy  texnika  va  qurol-yarogʼlar  bilan 

taʼminlash darajasiga salbiy taʼsir koʼrsatdi. 

• 

Masalan,  radio  aloqa  uskunalarini  ishlab  chiqarish  boʼyicha  biz  amalga  oshirgan 



loyihani olaylik. Oʼzingiz guvoh boʼlganingizdek, uni hayotga joriy etish uchun bor-yoʼgʼi toʼqqiz 

oy yetarli boʼldi. Bu haqda jiddiy oʼylab koʼrish kerak. 

• 

Jahon tajribasidan maʼlumki, rivojlangan  mudofaa  sanoati innovatsion va yuqori 



texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. 

• 

Ishonchim  komilki,  iqtisodiyotning  toʼlaqonli  mudofaa  sektorini  shakllantirish 



boʼyicha  biz  boshlagan  ish  yaqin  kelajakda  milliy  armiyamizni  qurol-yarogʼ  va  harbiy  texnika 

bilan  taʼminlash  bilan  birga  qoʼshimcha  ish  oʼrinlari  yaratish,  mamlakatimiz  iqtisodiyotini 

diversifikatsiya qilish imkonini ham beradi. 

Toʼrtinchidan,  mamlakatimizning  mudofaa  qobiliyatini  mustahkamlashda  joylardagi 

davlat hokimiyati organlarining faolligini va rolini oshirish boʼyicha ishlar sifat jihatdan butunlay 

yangi bosqichga koʼtarildi.  

«Milliy  armiyamiz  –  bizning  iftixorimiz  va  gʼururimiz»  tamoyili  asosida  hududlarda 

mudofaa  sohasida  yagona  davlat  siyosatini  yuritish,  armiya  va  xalqning  yakdilligini  taʼminlash 

maqsadida harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi. yosh avlodimizda qatʼiy hayotiy pozitsiya va 

Vatanimiz taqdiri uchun yuksak masʼuliyat tuygʼusini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga 

ega.  Shuni  hisobga  olib,  mamlakatimizda  oʼrta  maktabdan  boshlab  oliy  oʼquv  yurtlarigacha 

qamrab oladigan uzluksiz harbiy taʼlim va vatanparvarlik tarbiyasi boʼyicha oʼziga xos noyob va 

yaxlit  tizim  yaratilmoqda.  Ushbu  tizim  mutlaqo  yangi  Qurolli  Kuchlar  akademiyasini 

shakllantirishni,  harbiy  bilim  yurtlari,  litsey  va  kollejlar  faoliyatini  takomillashtirishni, 

«Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseylari tashkil etish 

yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish boʼyicha amalga oshirilayotgan saʼy-

harakatlarimizning  mantiqiy  davomi  sifatida  Qurolli  Kuchlar  tizimida  Oʼzbekiston  yoshlar 

ittifoqining boshlangʼich tashkilotlari tashkil etildi va oʼz faoliyatini boshladi. Bu, oʼz navbatida, 

yosh  harbiy  xizmatchilarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash,  ularni  mamlakatimizda  amalga 

oshirilayotgan  islohotlar  jarayoniga  jalb  etish,  intellektual  va  ijodiy  salohiyatini  roʼyobga 

chiqarishga xizmat qilmoqda. 

Maʼlumki,  hozirgi  vaqtda  Oʼzbekiston  yoshlar  ittifoqi  tomonidan  mamlakatimizdagi 

harbiy tuzilmalar bilan birgalikda unib-oʼsib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida 

tarbiyalash boʼyicha ish olib borilmoqda va uning samarasini oshirish lozim. 

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining mintaqaviy tuzilmalarini tashkil 

etish orqali mazkur kengashning vazifalari qayta koʼrib chiqildi va kengaytirildi. Ushbu kengash 

va uning tuzilmalari bugungi kunda jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va harbiy 

qismlar oʼrtasida yaqin hamkorlikni taʼminlash boʼyicha ishonchli koʼprikka aylandi. Ular harbiy 

xizmatchilar  va  chaqiriqqacha  boʼlgan  yoshlar  oʼrtasida  yuksak  maʼnaviy-axloqiy  fazilatlarni 

shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan 

himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 

xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz sezilarli darajada faollashdi. Chet ellik 

sheriklarimiz  bilan  harbiy  va  harbiy-texnik  hamkorlikni  mustahkamlash  boʼyicha  13  ta  amaliy 

harakatlar rejasi yoki «yoʼl xaritasi» amalga oshirilmoqda. 

Bu  oʼrinda  shuni  taʼkidlash  kerakki,  harbiy  sohada  xalqaro  miqyosdagi  tadbirlar  soni 

koʼpayishiga  qaramasdan,  Mudofaa  vazirligi  qoʼshinlari  faoliyatiga  ilgʼor  xorijiy  tajribalarni 

amaliy jihatdan joriy etish darajasi pastligicha qolmoqda.  

mamlakatimizda  harbiy  xizmatchilarni,  ularning  oila  aʼzolari  va  faxriylarni  ijtimoiy 

himoyalashni kuchaytirish boʼyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. 

Hududlarda koʼp qavatli uylar bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilmoqda. Harbiy 

xizmatchilarni  uy-joy  bilan  taʼminlash  borasida,  jumladan,  uzoq  muddatli  imtiyozli  ipoteka 

kreditlari berilishini koʼzda tutadigan yangicha yondashuvlar joriy etilmoqda. 

Hozirgi kunga qadar mamlakatimiz hududlarida 28 ta ana shunday uy-joy foydalanishga 

topshirildi, 522 nafar harbiy xizmatchining oilasi zamonaviy, shinam kvartiralar bilan taʼminlandi. 





Download 209,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish