Оliy vа oʻrtа mахsus ta’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/77
Sana15.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#368583
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
Bog'liq
hayot faoliyati xafvsizligi va mehnat muhofazasi fanidan mustaqil ish bajar

D
D
k

 (6.8) 
Bu yerda D – yutilgan nurlanish dozasining quvvatini ifodalaydi; 
D0 – yutilgan dozaning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatini ifodalaydi. 
Statsionar  holatdagi  himoya  vositalarini,  devorlarni,  shift  va  pol  qismlarini 
qurish uchun gʻisht, beton, baribeton va barit shtukaturka asosidagi materiallardan 
(tarkibiga bariy sulfat - BaSO4 kiritilgan) foydalaniladi. Bu materiallar ishchilarni 
gamma- va rentgen nurlanishlarning ta’siridan ishonchli tarzda himoya qiladi.  
Siljuvchi  himoya  ekranlarini  yaratish  uchun  turli  xil  materiallardan 
foydalaniladi. 
Alfa-nurlanishlarning 
salbiy 
ta’sirlaridan 
himoyalashda 
qoʻllaniladigan  himoya  ekranlari  odatdagi  yoki  bir  necha  millimetr  qalinlikda 
boʻlgan  organiq  shisha  materiallardan  yasaladi.  Bu  turdagi  nurlanishdan  yetarli 
darajadagi  himoyalashda  havoning  qatlam  qalinligi  bir  necha  santimetr  boʻlishi 
yetarli  hisoblanadi.  Beta-nurlanishlardan  himoyalashda  ishlatiladigan  himoya 
ekranlari  aluminiy  yoki  plastmassa  (organiq  shisha)  materiallardan  ishlanadi. 
Gamma-  va  rentgen  nurlanishlardan  himoya  qilishda  qoʻrgʻoshin,  volfram 
aralashmalari ishlatiladi. Bunda himoya ekranlarida maxsus shaffof tuzilishga ega 
boʻlgan materiallardan, masalan qoʻrgʻoshinli shisha materiallardan foydalaniladi. 
Neytron  nurlanishi ta’siridan  himoya  qilishda  tarkibida  vodorod  (suv  va  parafin) 
mavjud  boʻlgan  materiallar  va  shuningdek  berilliy,  grafit,  bor  birikmalari  va 
boshqalardan  keng  miqyosda  foydalaniladi.  Neytron  nurlanishlaridan  koʻpincha 
hollarda beton materiallar ham yaxshi himoya qila oladi.  
Himoya  seyflari  gamma-nurlanish  manbalarini  saqlash  maqadlarida 
ishlatiladi. Bu koʻrinishdagi saqlash seyflari qoʻrgʻoshin va poʻlatdan tayyorlanadi.  
Radiaktiv  moddalar  bilan  ish  olib  borish  davomida  alfa-  va  beta-faollik 
namoyon  qiluvchi  moddalar  bilan  maxsus  himoya  bokslarida  ishlash  tavsiya 
qilinadi. Himoya konteynerlari va yigʻish idishlari ushbu materiallardan mahsulot 
ishlab chiqarish davomida radiaktiv chiqindilarni yigʻish maqsadlarida qoʻllaniladi, 


155 
 
bunda ular himoya ekranlari singari qoʻrgʻoshin, poʻlat va boshqa materiallardan 
ishlab chiqariladi.  
Ionlashtiruvchi  nurlanish  manbalari  mavjud  boʻlgan  materiallar  bilan 
ishlashda  havfli  soha  ogohlantiruvchi  yozuvlar  bilan  belgilanishi  talab  qilinadi. 
Havfli soha – bu ishchilarga havfli yoki zararli ishlab chiqarish omillarining (ushbu 
holatda  ionlashtiruvchi  nurlanish)  ta’sir  qilish  ehtimolligi  boʻlgan  sohani 
ifodalaydi.   Ishchilarda  ionlashtiruvchi  nurlanishlarning  ta’siri  darajasini  nazorat 
qilishda  qoʻllaniladigan  qurilmalarning  ishlash  prinsipi  nurlanishlarning  turli  xil 
moddalarda  yuzaga  keltiruvchi  ta’sir  xususiyatlariga  asoslanadi.  Radiaktivlikni 
qayd qilish va oʻlchashda asosiy qoʻllaniladigan usullar – gazlarning ionizatsiyasi, 
ssintillyatsion  va  fotokimyoviy  usullardan  tashkil  topgan.  Koʻpincha  holatlarda 
nurlanish ta’siriga uchragan muhitning ionlashish darajasini oʻlchashga asoslangan 
ionizatsion  usuldan  keng  foydalaniladi.  Ssintillyatsion  usullar  nurlanishning  bir 
qator  materiallarda  ionlashtiruvchi  nurlanishning  yutilishi  xususiyatiga 
asoslaniladi,  bunda  ushbu  energiya  yorugʻlik  nurlanishiga  aylanadi.  Ushbu 
koʻrinishdagi  materiallaga  misol  qilib,  rux  sulfidni  (ZnS)  olish  mumkin.    
Ssintillyatsion hisoblagichlar darchali fotoelektron trubkadan tashkil topgan boʻlib, 
rux sulfid bilan qoplanadi. Bu quvurning ichki qismida fotoelektron quvurda elektr 
toki impulslarining hosil boʻlishi natijasidagi nurlanish kuchsiz tarzdagi yorugʻlik 
nurlanishini  hosil  qiladi.  Bu  koʻrinishdagi  impulslar  kuchaytiriladi  va  sanab 
chiqiladi.  Fotokimyoviy  usulda  yoki  avtoradiografiya  usuli  radiaktiv 
namunalarning  kumush  galogenidlarlarga  ega  boʻlgan  fotoemulsiya  qatlamiga 
ta’siriga  asoslaniladi.  Radiaktivlik darajasi namuna ta’sirining tasmada  aks  etishi 
orqali baholanadi.  Ionlashtiruvchi  nurlanishlarni  aniqlashda  boshqa  bir  qator 
usullar  xam  mavjud,  masalan  kalorimetriya  usuli  –  bu  usul  nurlanishning  uni 
yutuvchi  modda bilan  ta’sirlashish davomida  ajralib  chiquvchi issiqlik  miqdorini 
oʻlchashga asoslaniladi.  Dozimetrik  nazorat  asboblari  ikkita  guruhga  boʻlinadi: 
dozaning miqdoriy qiymatini aniqlashda qoʻllaniladigan dozimetrlar va nurlanish 


156 
 
indikatorlari yoki radiometrlar, bu asboblar radiaktiv zararlanish darajasini tezkor 
ravishda qayd qilishga moʻljallangan.  
  Amaliyotda  dozimetrlardan  masalan,  DRGZ-04  va  DKS-04  markali 
asboblarni  koʻrsatish  mumkin.  Bunda  birinchi  asbob  0,03-3,0  MeV  energiya 
diapazoniga  ega  boʻlgan  gamma-  va  rentgen  nurlanishlarni  oʻlchashga 
moʻljallangan.  Asbobning  oʻlchov  shkalasi  mikrorentgen/sekund  (mkR/s) 
qiymatida koʻrsatiladi. Ikkinchi asbob 0,5-3,0 MeV energetik diapazondagi gamma 
va  beta-nurlanishlarni  oʻlchashda  qoʻllaniladi  (qattiq  va  issiq  neytronlar). 
Asbobning  shkala  koʻrsatkichi  millirentgen  soat  (mR/s)  oʻlchovida  belgilanadi. 
Ishlab chiqarish miqyosida maishiy dozimetrlardan foydalaniladi, bu koʻrinishdagi 
asboblar masalan, aholi ishlatilishi uchun  «Usta-1» (gamma-nurlanishni oʻlchash 
uchun  qoʻllaniladi),  ANRI-01  («Qayin»)  tipidagi  maishiy  dozimetr-radiometr 
kabilar qoʻllaniladi. 
  Ionlashtiruvchi  nurlanishlardan  shaxsiy  himoya  vositalariga  –  maxsus 
kiyimlar,  xalatlar,  kombenzonlar,  yarim  kombinzon  kiyimlar  va  oyoq  kiyimlari, 
qogʻoz-paxta materiallardan tayyorlangan kiyimlar kiritiladi.   Ishlab 
chiqarish 
inshootlarining sezilarli darajadagi ifloslanishi holatlarida maxsus kiyimlar ustidan 
qoʻshimcha  tarzda  plyonka  materiallardan  tayyorlangan  kiyimlar  ishlatiladi 
(yengliklar,  fartuk,  xalat  va  boshqalar),  shuningdek  plastik  materiallardan 
ishlangan  anjomlardan  foydalaniladi.  Yuqorida  tagʻkidlangani  kabi,  qoʻlni 
nurlanish  ta’siridan  himoya  qilishda  qoʻrgʻoshin  bilan  ishlov  berilgan 
qoʻlqoplardan foydalaniladi.  
  Sezilarli  darajadagi nurlanish  sharoitlarida  ishlash talab qilingan holatlarda 
esa  ishchilarni  nurlanishning  salbiy  ta’sirlaridan  himoya  qilishda  pnevmo 
kastyumlardan  (skafandr)  foydalaniladi,  bu  koʻrinishdagi  kiyimlar  plastmassa 
materiallar  va  orasiga  kislorod  apparati  yoki  maxsus  qurilmalardan  foydalanib 
havo  puflangan  holatda  ishlatiladi.  Skafandr  ichki  qismida  me’yoriy  harortni 
ta’minlash  maqsadida  havoning  sarfi  150-200  l/minutni  tashkil  qilishi  talab 
qilinadi.  Odamning koʻrish organi – koʻzni nurlanishning salbiy ta’siridan himoya 


157 
 
qilish  maqsadida  maxsus  ishlangan,  oynasi  qoʻshimcha  ishlov  berilgan 
koʻzoynaklardan  (volfram  fosfat  yoki  qoʻrgʻoshin  bilan  ishlangan)  foydalaniladi, 
alfa-  va  beta-nurlanishlar  sharoitida  ishlash  davomida  esa  koʻzoynaklar  organiq 
shishadan ishlangan toʻsiqlar yordamida himoyalanadi. 
Agarda,  havoning  tarkibida  radiaktiv  aerozollar  mavjud  boʻlsa,  u  holda 
odamning  nafas  olish  organlarini  ularning  salbiy  ta’sirlaridan  samarali  tarzda 
himoya qilishda respiratorlar va protivogazlardan foydalaniladi. 
 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish