21.6-topshiriq.
Yuqorida berilgan ilmiy matnni jadval ko`rinishida ifodalang.
21.7-topshiriq.
Gap (maqol)lar tarkibidagi so‘z birikmalarini aniqlab, ularni
otli so‘z birikmasi hamda fe’lli so‘z birikmasiga ajratib yozing.
1.Bekorchining doim yordamchilari ko‘p. (Lev Tolstoy) 2.Begona mehnat bilan
yashaydigan kishi begona ong bilan yashashni boshlash bilan tugaydi, zero, o‘z
ongimiz o‘z mehnatimiz evaziga bunyod bo‘ladi. (Vasiliy Klyuchevckiy) 3. Birni
birov beradi, ko`pni – mehnat. (Maqol)
21.8-topshiriq.
Gaplarda tobe so‘zlar qaysi vosita yordamida hokim so`zga
bog`lanayotganini aniqlang.
Bekorchilik − bolalarning baxti va keksalarning baxtsizligi. (Viktor Gyugo)
2.Mehnatning meva tugishi – eng a’lo rohat. (Klapye Vovenarg) 3.Daryo suvini
bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar. (Maqol) 4.Ishlagan yerni yashnatar,
Ishlamagan qaqshatar. (Maqol)
Bilib oling:
So‘z birikmasidagi tobe so‘z vazifasiga ko‘ra uchga bo‘linadi:
1)
aniqlovchili birikma: qovunning ta’mi, qizil gul;
2)
to‘ldiruvchili birikma: gapidan uyalmoq;
3)
holli birikma: kam gapirmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |