Ajratilgan bo`lakli gaplarni aniqlang. Ularni mos ohang bilan
o`qishni mashq qiling hamda tinish belgilarini qo`yib ko`chiring.
1.
Ahmad Tanbal bugun Axsida shoh saroyida. 2. Men faqat o‘zim chizgan
suratga o‘z ijodimga mehr qo‘yganmen xolos! Boshim omon bo‘lsa, bunday
suratni yana chizgaymen! 3. Mirzoning birinchi xotini Fotima Sulton, ikkinchi xotini
Qutlug‘ Nigor xonim, o‘n sakkiz yoshlik qizi Xonzoda begim va o‘n yashar o‘g‘li
Jahongir mirzo hammalari o‘sha tanobiy uyga yig‘ilgan edilar. 4. Xonimning xayoli
shu xatarli vaziyatda ota-onadan uzoqda Andijonda turgan yolg‘iz o‘g‘li Boburda
edi. Hazrat uni nega farzandlari qatori tilga olmadi? 5. Orqadagi mulozimlardan
ikkitasi rikobdor bilan jilovdor tez otdan tushdilar. (P.Qodirov)
Do'stlaringiz bilan baham: |