Bir bug‘u ovchilardan qochib uzumzorga yashirindi. Ovchilar uni ko‘rmay bog‘
yonidan o‘tib ketishdi. Shunda falokatdan qutuldim deb ko‘ngli taskin topgan
bug‘u tok barglarini yeya boshladi. Lekin ovchilardan biri shu payt tasodifan
orqasiga o‘girilib, bug‘uni ko‘rib qoldi va kamonidan o‘q otib uni yaraladi. Ajali
yetganini sezgan jonivor og‘ir bir nola chekib o‘ziga o‘zi dedi: “Eh qanday
sho‘rpeshonaman! Qilmishimga yarasha jazomni oldim: bu tok meni o‘limdan
qutqarib qolgan edi, men bo‘lsam uni nobud qildim”.
Do'stlaringiz bilan baham: