58-dars NAZORAT ISHI 58.1-topshiriq. Matnni diqqat bilan o`qing.
ZАG`CHA VA QARG`ALAR Bir Zаg‘cha o‘z qavmidagi boshqa zаg‘chalardan bo‘ydorroq, bo‘laliroq edi.
Shu bois u o‘z urug‘idan jirkanib, qarg‘alar jamoasi huzuriga bordi va ular bilan
birga yashamoqchi bo‘lganini aytdi. Ammo Zаg‘chaning turqi ham, ovozi ham
qarg‘alarga yot edi, shuning uchun bu qushga ro‘yxush bermay, cho‘qib-cho‘qib
haydab yuborishdi. Quvilgan Zаg‘cha o‘z urug‘lari oldiga qaytib keldi, lekin
zаg‘chalar bu takabbur qushdan nafratlanib, uni jamoalariga qo‘shmadilar.
O‘zga yurtni afzal ko‘rib, o‘z Vatanini tark etgan kishilar shu Zаg‘chaga
o‘xshaydilar: begona yurtda qadr-qimmat topmaydilar, o‘z Vatanlarida esa
odamlar ulardan yuz o‘giradilar.
(“Ezop masallari”)