42.1-mashq.
Og‘zaki nutq xatoliklari ustida ishlash. Oldingi darsda
aniqlangan xatolarni tuzatish yo`llari haqida axborot bering.
42.1-topshiriq.
Xatolaringizni quyidagi turlarga ajrating hamda to`g`ri
variantini eslab qoling:
1) talaffuzga doir xato;
2) dialektal xato;
3) uslubiy (so`z qo`llsh bilan bog`liq) xato.
42.2-topshiriq.
Uch guruhga bo`lining. Bir guruhda orfoepik xato, ikkinchi
guruhda dialektal xato, uchinchi guruhda uslubiy xatolar ro`yxatini tuzing.
Xatoning yechimini toping va taqdimot o‘tkazishga tayyorlaning.
42.3-topshiriq.
“Tejamkorlik va isrofgarchilik” mavzusidagi so‘z va iboralar
bo‘yicha “Kim tejamkor?” bahsi.
Savol va topshiriqlar:
1.
Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz?
2.
Nega xalqimiz isrofgarchilikni qoralaydi?
3.
Ishbilarmon kishi shulardan qay biriga amal qilgani uchun shu darajaga
yetgan?
4.
Ehtiyoj va isrof chegarasini ko`rsating. Fikringizni misol bilan dalillang.
Do'stlaringiz bilan baham: |