102
Ayriboshlash rivojining dastlabki bosqichi qiymatning oddiy
yoki tasodifiy shakli deb ataladi. Bunda, masalan, boltaning egasi
uni 1 qop donga almashtiradi. (1 bolta= 1 qop don).
Bu tenglikda bolta o‘z qiymatini 1 qop donda ifodalaydi. Don
esa bolta qiymatining ifodasidir, uning qiymatini ifodalash uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi
va ishlab chiqarishning o‘sishi natijasida ayri-
boshlash yanada rivojlandi. Tobora ko‘p turdagi
va
miqdordagi
mahsulotlar
ayriboshlash
jarayoniga jalb etilib boriladi.
Bunda hamma tovarlarga ayriboshlash
mumkin bo‘lgan tovarga zaruriyat tug‘iladi.
Dastlab bunday vazifani turli tovarlar bajarib, ishlab chiqarishning
rivojlanish jarayonida bu rol asta-sekin oltinga o‘tib borgan.
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valutaga,
ya’ni monemetall tizimiga o‘ta boshlaydilar. Bu hol Avstriyada
1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900-yilda
sodir bo‘ladi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida,
Germaniyada 1871-yilda, Gollandiyada 1877-yildayoq joriy etilgan
edi.
O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq, kumush va
mis tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt
etgandan keyin, 1507-yilda pul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha
Shayboniyxon (1501–1610) va Abdullaxon (1583–1598) zarb etgan
tangalar yetib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush)
zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtiriladi. 1695–
1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga
og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan
21
.
Qiymat shakllarining rivojlanishiga sabab bo‘lgan asosiy
omillar quyidagilar: Mehnat taqsimotining rivojlanishi va
chuqurlashuvi; ishlab chiqarishning o‘sishi; mahalliy va milliy
bozorlarning vujudga kelishi.
Umumiy ekvivalent rolini nodir metallarga, jumladan oltinga
yuklatilishiga sabab quyidagilar bilan izohlanadi:
Sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi;
21
Чжен В.А Пул ва молия бозорлари. Т.: 1996. 25-26-бетлар.
103
Zanglamasligi va uzoq muddat saqlanishi;
Bo‘linuvchanligi va uni yaxlit holga keltirish osonligi;
Tabiatda nisbatan kamyobligi;
Ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati
ancha yuqoriligi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin. Pulning
vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayriboshlashning
rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash
ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasidir. Oltin (yoki kumush) pul
umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.
Do'stlaringiz bilan baham: