V bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI
1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllari va ularning rivojlanishi.
2. Tovar va uning xususiyatlari.
3. Qiymatning turli xil nazariyalari.
4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllari va ularning rivojlanishi
Ijtimoiy xo‘jalik – insoniyat jamiyati taraqqiyotining alohida
uzoq davrlari davomida ishlab chiqarishning maqsadini ancha to‘liq
ifodalab qoladigan, barqaror umumiy belgilariga ega bo‘lgan va
rivojlanishida ma’lum bir qonuniyatlarga asoslangan xo‘jalik
yuritishning turlaridir.
Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab
chiqarish bo‘lgan, bunda mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z
iste’molini qondirish uchun, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun
mo‘ljallangan. Natural xo‘jalikning asosiy belgilari bu:
mehnat taqsimoti yetarlicha rivojlanmaganligi;
ishlab chiqarish biqiq xarakterga ega bo‘lib, ishlab chi-
qaruvchilarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysundirilganligi;
ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘zaro mos kelib, bevosita
xo‘jalik ichida bir-biri bilan bog‘langanligi;
mehnat tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo‘lganligi;
ishchi kuchining harakatchanligi cheklanganligi.
Iste’mol ko‘pincha ishlab chiqarishga mos kelgan, ularning bir-
biri bilan bog‘lanishi bevosita ushbu xo‘jalikning o‘zida ro‘y
bergan. Bunday xo‘jaliklar ibtidoiy jamoa tizimida hukm surgan.
Patriarxal dehqon xo‘jaligini va feodal pomestelari ham asosan
natural xo‘jalik bo‘lgan.
Hozirgi kunda ham yer yuzining ayrim qoloq hududlarida
(Urugvay, Gvineya) hamda shaxsiy yordamchi va tomorqa xo‘ja-
liklarda natural xo‘jalik belgilari saqlanib qolgan.
90
Natural ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotining
rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan. Bunday sharoitda
biqiq yoki o‘z ehtiyojlarini o‘zi qondiradigan ishlab chiqarish
tuzilmalari paydo bo‘lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina
ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan. Natural ishlab chiqarish shakli
barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida qat’iy cheklab
qo‘yadi, tashqi aloqalar uchun yo‘l ochilmaydi. Natural xo‘jalik
shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo‘jalik jamoalari
ming yillar davomida barqaror yashovchan bo‘lib qolganligining
«siri»ni ochib beradi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini
nihoyat cheklab qo‘yadi, hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan
kam xil bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysunadi. Shuning
uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga
o‘tadi.
Tovar ishlab chiqarish natural xo‘jalikning rivojlanishi
natijasida paydo bo‘lgan. Tovar xo‘jaligi ibtidoiy jamoa tizimi
ixtisoslashuvi davrida, bundan taxminan 7-8 ming yil oldin qaror
topa boshlagan.
Tovar xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar
buyum orqali, ular mahsullarini oldi-sotdi qilish orqali namoyon
bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi
shundaki, bunda tovar yoki xizmat o‘zining iste’moli uchun emas,
balki bozorga sotish uchun yaratiladi.
Natural xo‘jalikni siqib chiqarish va tovar ayriboshlashning
rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va
rivojlanishi asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayriboshlashga,
oldi-sotdiga o‘tish yo‘li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni
ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasida ayriboshlashni zarur qilib qo‘yadi. Ixtisoslashuv esa
mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak, tovar ayri-
boshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo‘lib boradi. Ayrim
turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli
xil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ayriboshlashni zarur qilib qo‘yadi.
Tovar ayriboshlashga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga
tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib qola boshlaydi.
91
Tovar xo‘jaligi vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-
iqtisodiy asoslari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat
taqsimotidir. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni
ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti tarixida
uchta bosqich ajratiladi:
1-dehqonchilikdan chorvachilik ajralgan, ular o‘rtasida doimiy
mahsulot ayriboshlash uchun shart - sharoit vujudga kelgan.
2-dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib tovar ishlab chiqa-
rish vujudga kela boshlagan.
3-ishlab chiqarishdan savdo-sotiq alohidalashgan, sudxo‘rlar
qatlami shakllana boshlagan.
Tovar ishlab chiqarish uchun mehnat taqsimoti zarur, lekin u
yetarlicha to‘liq shart-sharoit hisoblanmaydi. Buning uchun ikkinchi
shart – ishlab chiqaruvchilarning mulkdor sifatida iqtisodiy
alohidalashgan bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli
iqtisodiy jihatdan bir-biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi,
bunda ular o‘z mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy
alohidalik nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish zarurligi
va yaratilgan mahsulotlarni kimga va qayerga sotishni faqat ishlab
chiqaruvchining o‘zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat
tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo‘yadi va bozor vujudga
kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mahsulot tovarga, ya’ni
bozorda ayriboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga,
ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Hozirgi zamon tovar xo‘jaligida ko‘lami jihatdan mehnat
taqsimotining quyidagi turlari farqlangan:
– individual (shaxsning qandaydir kasb yoki ixtisoslikni
egallashi);
– korxonalar darajasida (mehnat jamoasida har xil ish turlari,
operatsiyalarning ajratilishi);
– tarmoq va ishlab chiqarish turlari ko‘lamida (masalan,
elektroenergetika, neft qazib olish, avtomobilsozlik va shu kabilar);
– mamlakat ko‘lamida (sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqalar);
– mamlakat ichida hududlar bo‘yicha (har xil iqtisodiy
hududlarda qandaydir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashish);
92
– xalqaro (alohida mamlakatlarning qandaydir tovarlarni ishlab
chiqarishga ixtisoslashuvi).
Mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga asos-
lanadi.
Ixtisoslashishning
predmetli
(qandaydir
buyum
tayyorlanadi), qismli (tayyor mahsulotning faqat biror qismi
yaratiladi) va texnologik (ishlov berishning muayyan aniq
operatsiyalari bajariladi) turlari mavjud bo‘ladi.
Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik prinsipi bo‘yicha,
ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish
layoqati bilan aniqlanadi. Tovar xo‘jaligida ishlab chiqarish
jarayonida o‘zaro aloqalarning kuchayishi natijasida ishlab chiqa-
ruvchilarning, birlashishlari, ya’ni mehnat kooperatsiyasi ro‘y
beradi. Кooperatsiya – bu kishilarning o‘zaro bog‘liq bir yoki bir
nechta mehnat jarayonida birlashishining tashkiliy shaklidir.
Ishlab chiqarishning, rivojlanishi sharoitida uning yiriklashish
tamoyillari kuzatiladi. Bu ishlab chiqarishning konsentratsiyasi
bo‘lib, u korxonalarda iqtisodiy resurslarning to‘planishi, ya’ni
resurs ko‘lamining mustahkamlanishini anglatadi. Tovar xo‘jaligida
ishlab
chiqarishning
konsentratsiyasi
ko‘pincha
uning
integratsiyasiga olib keladi. Bu bir korxona doirasida mahsulotni
tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar barcha siklning to‘planishidir.
Nihoyat, tovar xo‘jaligi vujudga kelishining muhim shart-
sharoitlaridan biri erkin ayriboshlash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy
mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik erkin
ayriboshlash va xo‘jalik subyektlari faoliyatining eng samarali
yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan erkin narxlarning shakllanishiga
yordam beradi.
Shunday qilib, tovar xo‘jaligining belgilari sifatida qo‘yidagilar
chiqadi: ijtimoiy mehnat taqsimotining mavjud bo‘lishi; ishlab
chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida bir-biridan alohidalashuvi;
mahsulotlarning bozor uchun erkin ayriboshlash maqsadida ishlab
chiqarilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |