406
5. Milliy hisoblar tizimida milliy boylikni hisoblashning
xususiyatlari
Milliy hisoblar tizimi (MHT) bo‘yicha milliy boylik barcha
majburiyatlar chiqarib tashlangan aktivlar qiymati summasi sifatida
aniqlanadi. Aktivlar miqdorlarga egalik qilish yoki foydalanish
natijasida
iqtisodiy
naf
keltiruvchi
mavjud
jamg‘arilgan
qiymatlardir. U monopoliyaviy va moliyaviy aktivlarga ajratiladi.
Moliyaviy aktivlar bu kreditorlarning debitorlarga moliyaviy
talablari sifatida chiqadi, uning vujudga kelishi debitorlarda tegishli
majburiyatlar paydo bo‘lganligini anglatadi.
Bu ma’lumotlar hisoblarning ikki turi: aktiv va passiv balansi
hamda aktivlar hisobida aks etadi. Aktivlar va passivlar balansida
aktivlar va majburiyatlarning barcha turlari ko‘rsatilib, ular asosida
milliy boylik aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: