O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi


partiyasini 

(masalan, 

qishloq 

xo‘jalik 

xomashyosini)  oldindan  past  narxlarda  sotib  olib  ularning  ortiqcha 

zaxirasini  vujudga  keltiradi.  Monopol  past  xarid  narxlari  yanada 

kamayishi  bilan  monopsoniya  foydasi  shunga  mos  ravishda  o‘sib 

boradi. 


Bir  vaqtda  monopolist  va  monopsonist  hisoblangan  korxona 

“narxlar  qaychisi”  yordamida  o‘z  daromadini  ko‘paytirib  boradi. 

Bunda  gap  monopol  yuqori  va  monopol  past  narxlar  to‘g‘risida 

ketadi.  Jumladan,  qayta  ishlash  sanoatidagi  ko‘plab  korxonalar 

o‘zlarining  tayyor  mahsulotlariga  sanoatning  qayta  ishlash 

tarmoqlari  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  narxlaridan  bir  necha 

barobar yuqori narxni o‘rnatadi. 

Monopolist  birlashmalar  bozordagi  hukmron  mavqeini  ushlab 

turish  uchun  raqobatning  mumkin  bo‘lgan  barcha  usullaridan 

foydalanadi. Bular: 

A)  xo‘jalik  –  autsayder  (monopolistik  birlashmaga  kirmagan 

korxonalar)  lar  bilan  iqtisodiy  aloqalarni  to‘liq  yoki  qisman  bekor 

qilish; 

B) demping – raqibini sindirish  maqsadida tovarlarini oldindan 

“pasaytirilgan” (xarajatlar darajasida) narxlarda sotish

D)  monopoliyaga  kirmagan  korxonalarga  tovarlar  sotishni 

cheklash  (masalan,  neftni  qayta  ishlash  zavodlariga  neft  yetkazib 

berishni kamaytirish); 

E)  narxni  tartibga  solish  –  monopolist  mahsulotlarining  kichik 

mulkdorlarga  sotiladigan  narxini  oshirib  va  bir  vaqtda  yirik 

korxonalar uchun uni pasaytiradi

F)  Qonunchilikda  tan  olinmagan  vositalar  yordamida  (yutib 

yuborish  va  qo‘shib  olish  maqsadida  buyurtma  asosida  jismoniy 

yo‘qotishgacha bo‘lgan) raqibini sindirish va sanoat josusligi. 




211 

Monopoliyaning  yana  bir  keng  tarqalgan  turi  qonuniy  (legal) 

monopoliya  hisoblanadi.  Ular  raqobat  yo‘lida  qonuniy  cheklashlar 

paydo  bo‘lishi  natijasida  qaror  topadi.  Masalan,  eksportni 

litsenziyalash,  mualliflik  huquqini  himoyalash,  tovar  belgilaridan 

foydalanish  va  patent  tizimlarining  mutlaq  huquqini  ta’minlashda 

davlat  ularga  tegishli  imtiyozlar  beradi.  Bunday  monopoliyalar 

huquqiy taqiqlashlardan himoyalanadi va yopiq hisoblanadi.  

Monopoliyaning  mavjud  bo‘lish  tarmoqqa  kirish  uchun 

to‘siqlarning  mavjud  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi.  Iqtisodiy,  texnik, 

huquqiy  yoki  boshqa  to‘siqlar  yangi  raqobatchilarning  tarmoqqa 

kirishiga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Tarmoqqa  kirish  uchun  to‘siqlar  har  xil 

ko‘rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 

a)  Ishlab  chiqarish  miqyosi  keltirib  chiqaradigan  to‘siqlar. 

Jumladan,  moliyaviy  to‘siqlar  ko‘p  holatlarda  shunchalik  katta 

bo‘ladiki,  bu  tarmoqqa  kirishni  taqiqlash  bilan  barobar.  Masalan, 

yirik  ishlab  chiqaruvchi  hisoblangan  avtomobil  sanoatiga  kirish, 

yangi  texnologiyaga  asoslangan  zarur  uskunalarni  sotib  olish  juda 

katta pul-kapitalini talab qiladi. 

b) Tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to‘siqlar. Buning 

mazmuni shundan iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud 

bo‘lmaydi,  uni  amalga  oshirish  mumkin  emas.  Ijtimoiy  foydala-

nishdagi  bunday  tarmoq  korxonalari  tabiiy  monopoliyalar  deyiladi. 

Tabiiy  monopoliyalarga  elektr,  gaz,  suv  ta’minoti  va  aloqa  kor-

xonalari misol bo‘la oladi. Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini 

tartibga solishda o‘z huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat 

mulkchiligiga  asoslangan  bo‘lsa,  bunday  ijtimoiy  foydalanishdagi 

korxonalar  tartibga  solinadigan  yoki  davlat  tomonidan  tuzilgan 

monopoliyalar deyiladi. 

d)  Patent  va  litsenziyalar  kabi  qonuniy  to‘siqlar.  Davlat  patent 

va  litsenziyalar  berib  tarmoqqa  kirish  uchun  qonuniy  to‘siqlar  ham 

yaratadi.  Patentlar  uning  egasiga  mahsulotini  to‘liq  nazorat  qilish 

huquqini  beradi.  Tarmoqqa  kirish  yoki  faoliyat  turi  bilan  shug‘ul-

lanish  davlat  tomonidan  litsenziya  berish  yo‘li  bilan  cheklanishi 

mumkin.  Masalan,  davlat  miqyosida  radio  va  televizion  eshitti-

rishlarga tegishli vazirlik (mahkama) litsenziya beradi.  




212 

e)  Xomashyoning  muhim  turlariga  xususiy  mulkchilik  mono-

poliyalar  tomonidan  potensial  raqobatchilar  uchun  samarali  to‘siq 

yaratish vositasi sifatida foydalanishi mumkin.  

f)  G‘irrom  raqobat.  Firmalar  o‘z  raqiblarining  tarmoqqa  kirib 

kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank 

va  resurslarni  yetkazib  beruvchilarni  material  va  kredit  berishdan 

voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin 

tushirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.  

Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning 

mavjud  bo‘lishi  va  hukmronlik  qilishidir.  Bu  oligopoliyaning  eng 

muhim  belgisidir.  Qaysi  tovarlar  va  xizmatlar  bozorida  nisbatan 

kam  sonli  ishlab  chiqaruvchilar  hukmronlik  qilsa,  shu  tarmoq 

oligopolistik tarmoq hisoblanadi.  

Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab 

chiqarishi  mumkin.  Кo‘pchilik  sanoat  mahsulotlari:  po‘lat,  mis, 

aluminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar – jismoniy ma’noda bir 

turdagi  mahsulotlar  hisoblanadi  va  oligopoliya  sharoitida  ishlab 

chiqariladi.  Iste’molchilik  tovarlari:  avtomobillar,  yuvuvchi  vosi-

talar,  sigaretlar,  maishiy  elektr  buyumlari  va  shu  kabilarni  ishlab 

chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi. 

Oligopoliya  sharoitida  korxonalar  o‘rtasidagi  raqobat  o‘zaro 

bog‘liq  bo‘ladi.  Oligopolistik  tarmoqda  hech  qaysi  firma  o‘zining 

narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi.  

Uncha  ko‘p  bo‘lmagan  firmalarning  umumiy  o‘zaro  bog‘liq-

likda  joylashishi  yashirincha  kelishishga  qulaylik  tug‘diradi. 

Yashirincha  kelishish  narxlarni  qayd  qilish,  bozorni  bo‘lish  yoki 

taqsimlash  va  boshqacha  yo‘llar  bilan  o‘zlari  o‘rtasidagi  raqobatni 

cheklashdan  iborat.  Yashirincha  kelishish  bir  qator  shakllarda 

bo‘lishi  mumkin. Uning eng oddiy shakli kartel bitimi  hisoblanadi. 

Кartel  bitimiga  kirgan  firmalar  narxlar  va  ishlab  chiqarish  hajmini 

kelishib  oladi.  Кelishilgan  narxni  ushlab  turish  mumkin  bo‘lishi 

uchun  ishlab  chiqarish  hajmi  tartibga  solinishi,  ya’ni  bozorlar 

bo‘lingan bo‘lishi zarur. 

Narxlarni belgilashdagi rahnamolik yashirincha kelishishda ham 

o‘z  o‘rnini  tutadigan  norasmiy  vosita  hisoblanadi.  Bunda 

tarmoqdagi  katta  yoki  ancha  samarali  firma  narxni  o‘zgartirishi, 

boshqa firmalar esa uning orqasidan ergashishi mumkin. 




213 

Oligopolistlar  narxsiz  raqobatga  asosiy  o‘rin  beradi,  Chunki 

birinchidan,  raqobatchilarga  reklama  va  mahsulotni  o‘zgartirish 

ancha  murakkab,  ikkinchidan,  oligopolistlar  kamdan-kam  holda 

narxsiz  raqobatni  moliyalashtirish  uchun  yetarli  moliyaviy  resurs-

larga ega bo‘ladi. 

Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy 

iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi.  

Shu sababli, erkin raqobatli bozorning xarakterli belgilari bilan, 

sof  monopoliya,  monopolistik  raqobat  va  oligopoliyaning  xusu-

siyatlari  o‘rtasidagi  farqlarni  ko‘rsatib  berish  foydali.  Bunday 

taqqoslashni  yengillashtirish  uchun  bozorning  keyingi  uchta 

modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki «nomukammal» 

raqobat degan umumiy nomdan foydalaniladi.  

Raqobatning qarab chiqilgan to‘rtta shaklidan tashqari, ko‘plab 

bozor 


tuzilmalari 

ham 


mavjud 

bo‘ladi. 

Jumladan, 

bular 


monopsoniya, duopoliya, ikki tomonlama monopoliya. 

Monopsoniya bozorda faqat bitta iste’molchi mavjud bo‘lganda 

vujudga  keladi.  Masalan,  qurol-aslaha  ishlab  chiqaruvchilar 

mahsulotining yagona iste’molchi – davlatdir. Duopoliya – bozorda 

faqat  ikkita  monopoliya  faoliyat  qilgan  sharoitda  kuzatiladi.  Ikki 

tomonlama  monopoliya  bozorda  monopolist  ishlab  chiqaruvchi  va 

monopolist iste’molchi to‘qnash kelganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  bizga  nisbatan  ancha  oldin 

boshlangan  mamlakatlarda  raqobat  munosabatlarini  rivojlantirish 

ancha  murakkab  va  uzoq  davrni  oladigan  jarayon  ekanligini 

ko‘rsatadi. 

Agar  g‘arb  mamlakatlari  iqtisodiyotida  raqobat  bozor  xo‘ja-

ligining  ajralmas  qismi  (xususiyati)  sifatida  tabiiy  paydo  bo‘lsa, 

o‘nlab  yillar  davomida  ma’muriy  buyruqbozlik  tartibi  hukmron 

bo‘lgan,  raqobatni  va  bozorning  boshqa  belgilarini  tan  olmagan 

mamlakatlarda  ko‘p  narsani  «joriy  qilish»  va  hatto  majburan  qabul 

qilishga  to‘g‘ri  keladi.  Shu  munosabat  bilan  iqtisodiyotimizning 

hozirgi  holatida  raqobat  munosabatlarini  rivojlantirishning  mavjud 

real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o‘ynaydi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish